O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI YO’NALISHI
105-GURUH TALABASI
Abdug’apporov Shaxriyorning
Informatika va axborot texnologiyalari kursidan
KURS ISHI
Mavzu:
Axborot, uning turlari va fan uchun ahamiyati, xususiyatlari
Qabul qildi:
Sh.Jo’rayev
Namangan-2015
Mavzu:
Axborot, uning turlari va fan uchun ahamiyati, xususiyatlari
Reja:
I.
Kirish
II.
Asosiy qism:
1. Informatika to`g`risida ma`lumotlar;
2. Axborot tushunchasi;
3. Axborotning hossalari;
4.
Axbоrоtning ifоdalanish shakllari va uning turlari;
5. Axborot texnologiyalari tushunchasi va ularning turlari;
6. Axborotni kompyuterda tasvirlanishi;
III.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning
yaratilishiga sabab bo’lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil
to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarga yengib o’tish mobaynida yana yangi
ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin, hayot tajribalaridan ma`lumki, ko’pincha yangi
kashfiyot ma`lum bir muammoni xal qilish jarayonida vujudga keladi. Biz so’zsiz
kompyuterning XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz.
Davr talabiga ko’ra bugungi kunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib
ketdi. Ma`lumotlarni boshqarish, ayniqsa, xozirgi kunda muxim axamiyat kasb
etmoqda. Ma`lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun sayin ortib
bormoqda. Katta xajmdagi ma`lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to’gri
kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o’zgarishlar uning bir qismi
bo`lgan informatika soxasiga xam uz ta`sirini ko’rsatmokda. Bu ta`sir shunchalik
kuchliki, axborot texnologiyalarida bo’layotgan o’zgarishlar yillar ichida emas,
balki oylar ichida o’zgarib va boyib bormokda. Axborot texnologiyalarida juda
katta yutuk va o’zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki
kompyuter texnologiyalarining paydo bo’lishi bu soxadagi xizmat qilish uslubini
tubdan o’zgartirdi.
Tasavvur kilib ko’ring, yakin-yakinlargacha biror maslani kompyuterda
yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter
xotirasiga kiritishni, uning xatolariyu natijani taxlil qilishni talab kilar edi. Bu ishni
fakat mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo bu soxada mutaxassis
bo’lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko`payishi jamiyat oldida
ma`lum kiyinchiliklarni tug’dirdi. Windowsni yoki bu asosida ko’rilgan
informatsion texnologiyani yana xam tushunib olish uchun quyidagiga
e`tiboringizni qaratmokchimisiz. Supermarketda barcha ta`minot masalasini uning
direktori xal qilsa, servisda xam xuddi shu xol ro’y beradi. Yangi axborot
texnologiyasining direktori Windowsdir. Agar sizga matn muharriri kerak bulsa,
Windows sizni u bilan ta`minlaydi, siz hisob-kitob qilmoqchimisiz? marxamat,
Windows sizga elektron jadvalni taklif etadi. Ayniqsa, bu tizimda,
Inernet,
elektron pochta (E-mail)
kabi imkoniyatlarining mavjudligi, Windowsning roli
beqiyosligidan dalolat beradi. Bu sistemaning tarkibida xizmat qilishning yuzlab
turlari mavjudki, ularni o’rganish va foydalanish jamiyatning har bir a`zosi,
ayniqsa, talabalar uchun juda muximdir. Kompyuter faqatgina DOS buyruqlarni
tushunadi. DOS bilan kompyuter orasidagi interfeys matnli bo’lib, barcha
bo`yruqlar qo`lda-klaviaturada kiritiladi. Axborot texnologiyasi – bu aniq texnik
dasturlar vositasining majmui bo’lib, ular yordamida biz ma`lumotlarni qayta
ishlash bilan bog`liq bo`lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni qayta ishlash bilan
bog`liq bo`lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni xal etamiz. Xususan,
axborotning eng asosiy turlaridan biri-iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy
ma`lumotdan farkli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan,
tashkilotlar bilan, korxonalar va boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish
jarayonlari bilan bog`liqligidadir.
Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya`ni inson
faoliyatining barcha soxalarida axborotni kompyuter va telekommunikasiya
yordamida
qayta ishlash
,
saqlash, uzatish
bilan bog`liq bo`lgan yagona soxadir.
Informatika fan nomi lotin tilidan axborotlarni tushuntirish va taxlil qilish
ma`noni bildiradi, bu fan axborotlarni jamlash va qayta ishlash usullarini,
axborotlash jarayonini qonuniyatlarini o’rganadi. Informatika atamasi XX asrning
60 yillarida paydo bulib ishlata boshlandi. Informatikani yuzaga kelish va
rivojlanishida xisoblash texnika va boshqa texnik vositalarning o’rni beqiyos,
chunki axborotlar bevosita xisoblash texnikasi ko’magida qayta ishlanadi va bu fan
uzining xususiy, yangi, nostandart uslub va usullariga egadir. Demak,
|