• Ossuriya
  • Misrliklar
  • Britaniya
  • Mavzu: qog’oz va karton bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi reja




    Download 6,7 Mb.
    bet1/6
    Sana09.06.2024
    Hajmi6,7 Mb.
    #261934
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    8-ma\'ruza. Qog\'oz va karton bilan ishlash darslarini tash et met


    QOG’OZ VA KARTONDAN AMALIY ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

    MAVZU: QOG’OZ VA KARTON BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI Reja:


    REJA
    1.Qog’oz va karton haqida ma’lumot. Qog’ozning turmushdagi ahamiyati.
    2.Qog’oz va karton turlari va xususiyatlari, qog’oz va kartonga ishlov berish usullari
    3.Qog’oz va karton bilan ishlash texnologiyasi
    4.Texnika xavfsizlik qoidalari
    Qadimda qog’oz paydo bo’lmasdan avval yozuvlar paydo bo’lgan. Dastlabki kitoblar ya’ni yozuvlar toshlar, qoyalar bo’lgan. Yozuvnning ilk sistemasi pitografiya bo’lgan “Piktos” grekcha so’z bo’lib, rasm, rasm chizaman demakdir. Ibtidoiy odamlar o’z yashash sharoitlarini qoyalarga, toshlarga yozib qoldirganlar. Keyinchalik loylardan foydalanishgan, loylarni xumdonlarda pishirib, yassi g’ishtchalarda sopol kitoblar paydo bo’lgan. Ossuriya (Garbiy Osiyo) podshosi Ashurbanipal sopol kitoblar kutubxonasini tashkil qilgan va bu bizgacha yetib kelgan. Qadimgi Hindistonda yozuvlar palma daraxt barglariga bitilgan. Qadimiy greklar mum kitoblarni ixtiro qilishgan, bu yaxshi tekislangan taxtacha o'rtasidan kvadrat o'yilgan bo'lib, u sariq yoki qora mum bilan to'ldirilgan. Yozuvda esa po'lat cho'pdan foydalanilgan. Bir uchi bilan o'tkir po'lat cho'pda yozishgan bo'lsa, ikkinchi dumaloq uchi bilan yozilgan narsani o'chirishgan. Bir-biri bilan biriktirilgan taxtachalardan kitoblar yasalgan, kitob, jadval yoki sahifalarning qulayligi shundaki, ulardan uzoq muddat unumli foydalanish, yozuvni o'chirish va qayta yozish oson bo'lgan.
    Misrliklar yozish materiallarini Nildan olganlar. Nil vodiysi botqoqliklarida qamishga o'xshash o'simliklar ko’p bo'lib, qadimgi Rim xalqi ularni papirus deb ataganlar. Silliq, poyasi bargsiz bu o'simlikning bo'yi 4 metrga yetgan. Yozuv quroli uchun poya barglardan tozalanib, uning o'rtasidagi yumshoq g'ovak o'zak olinadi. Undan uzun yupqa kesma qog'ozlar qirqilib tik holda taxlanadi, so'ngra ho'l barg yopishtirilib, taxtakachlanadi, qurigach sirti pemza bilan sayqallanadi. Papirus sinuvchan bo'lib, uni tiklash mumkin emasdi, shuning uchun misrliklar ularni bir-biriga yelimlab o'raganlar. Bulardan qilingan kitob hozirgi kunda Britaniya muzeyi kutubxonasida saqlanadi. Bir necha ming yillar davomida papirus yagona yozuv materiali bo'lib kelgan, undan asosan misrliklar, greklar, rimliklar foydalanib kelganlar. Papirus o'ramlari silindrsimon qutilarga solinib, kutubxonalar tokchalarida saqlangan.

    Download 6,7 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 6,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: qog’oz va karton bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi reja

    Download 6,7 Mb.