|
Pergament kitob taxminan eramizning
|
bet | 2/6 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 6,7 Mb. | | #261934 |
Bog'liq 8-ma\'ruza. Qog\'oz va karton bilan ishlash darslarini tash et metPergament kitob taxminan eramizning III asrida Kichik Osiyodagi qadimiy shahar Pergameda paydo bo'lgan. U hayvonlar terisidan tayyorlangan, bu anchagina murakkab va ko'p mehnat bilan bajarilgan. Teri maxsus eritmada namlangan, cho'zilgan, quritilgan, keyin qirilgan, sayqal berilgan va tekislangan. Bir kitob uchun butun bir poda mol so'yilgan. Teri kitob papirusga nisbatan bir necha afzalliklarga ega bo'lib, uning ikkala tomonida bemalol yozish mumkin, bundan tashqari oldingi yozilgan tekstni o'chirib, yangisini yozish mumkin bo'lgan. Pergamentdan hozirgi kunda ham ayrim kitoblar tayyorlanadi. Bir necha daftardan iborat kitobni rimliklar kodeks deb atashgan. Tayyorlash jarayonining murakkabligi, materalining qimmatligi uchun pergament unchalik keng tarqalmagan.
XIX asrda Saksoniyalik to'quvchi Keller birinchi bo'lib qog'oz tayyorlashda eng arzon xomashyo — yog'ochni maydalash usulini topdi. Yog'ochni maydalashda u doimo ho'llab turiladigan charxdan foydalandi. 1844 yilda u yog'och massasini maydalaydigan mashina — defibrerni qurdi. Yog'ochdan qilingan qog'ozning lattadan qilingan qog'ozga nisbatan pishiqligi kamroq bo'lib, yorug'lik ta'sirida xiralashardi. Sellyuloza: Yog'ochdan sellyulozani ajratib olishga faqat 1857 yilda ingliz kimyogari F. Xautan muvaffaq bo'ldi. U yog'och massasiga qaynoq kaustik soda eritmasi bilan ishlov berdi. Qog'oz massasi yog'och, sellyuloza va to'ldirgichlar (bo'r, bo'yoq moddalari, yelim) dan iboratdir. Sellyuloza qanchalik ko'p bo'lsa, qog'ozning sifati shunchalik yuqori bo'ladi.
Qogozning paydo bo’lishi Qog‘ozni xitoyliklar kashf etishgan. Bu tasodif emas. Birinchidan, Qog’oz ixtiro qilgunicha Xitoyliklar bambuk taxtachalari yoki shoyi matolarga yozishgan. Lekin, shoyi doim qimmat bo’lgan, bambuk esa arzon, noqulay va o‘ir mahsulot hisoblangan. Xitoyda Qadim zamonlarda amaldorlardan doimiy hisobot talab etuvchi murakkab rasmiyatchilik tizimi bilan dong taratgan. Shu tufayli, bu yerda doimo, ixcham va arzon yozuv vositasi bo‘lib, materialga talab yuqori bo‘lgan.
|
| |