• Tayanch so’z va iboralar: maktabgacha ta’lim, boshqaruv, taraqqiyot, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Metodika kabinet”.
  • Mavzu: Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish mazmuni. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish. Reja




    Download 17.09 Kb.
    bet1/5
    Sana24.01.2024
    Hajmi17.09 Kb.
    #144639
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish maz-fayllar.org
    CTRL Tugmachalar, algoritm1, tabiiy-gazlarni-vodorod-sul-fididan-tozalash-usullarining-tasnifi, 9WB3injodk- HIP2a-xNrB9YSpthgMFf (1) (1), Shukurova Gulzoda, Burxonova Husniobod, mashinali1

    Mavzu: Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish mazmuni. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish. Reja


    1. Mavzu: Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish mazmuni. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish.


    Reja:

    1. Maktabgacha ta’limga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari


    2. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti


    3.Metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy shakllari
    4.Maktabgacha ta’lim taraqqiyotida boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari.
    Tayanch so’z va iboralar: maktabgacha ta’lim, boshqaruv, taraqqiyot, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Metodika kabinet”.
    Maktabgacha ta’limga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari
    Respublikada maktabgacha ta’limga uslubiy raxhbarlik O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi qoshida tashkil etilgan Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti orqali amalga oshiriladi.
    Metodika kabineti Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja asosida ish yuritadi. Uning tashkiliy tuzilishi quyidagicha:
    Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman metodika kabineti faoliyatini nazorat qiladi hamda ularga uslubiy yordam beradi.
    Uning asosiy vazifalari; xalq ta’limi bulimlari qoshidagi metodika kabinetlari faoliyatini nazorat qilish, tarbiyachilar va xalq ta’limi xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish, ilgor ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirishdan iborat. Har qaysi soqani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarining ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. SHu bois ularning har birini tavsiflash, moxiyatini ifodalashga ehtiyoj tug’iladi.
    Tamoyil - biror-bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
    Boshsarish usuli — boshqaruv sub’ektining (bizning xolatimizda bu - xalq ta’limi boshqaruvi idoralari, muassasa raxbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan xolda boshqaruv ob’ektiga (bizning xolatimizda bu - maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyalanuvchilar va h.k) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmui.
    Boshsarishning psixologik uslublari - bu shaxsning mustaxkam psixologik xislatlari - diktat, idrok tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui. Bu tushunchalar o’zaro bir-birlari bilan o’zviy bog’liq bo’lib, bularning barchasi kishilar urtasidagi munosabatlarda ko’zatiladi.
    Bugungi kunda jamiyat xayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqia. Boshqarish usulining eng muxim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo’ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo’lmaydi.
    Albatta, raxbar shaxs muayyan sohani, korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, yetarli malaka va bilim, raxbarlik salohiyati, ko’plab ma’naviy-axloqiy xislat va fazilatlar sohibi bo’lishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarish ham bundan istisno emas.
    Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va ko’nikmalarni o’zaro uyg’un holda qo’llash ta’lim-tarbiya bilan bog’liq masalalarni talab darajasida xal etish, bu jarayonda foydalaniladigan usul va uslublarni o’zluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. SHu ma’noda, kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning raqbarlik saloxiyati va ma’naviyatini yuksaltirish g’oyat muhim aqamiyat kasb etadi. Masalaning ana shu jihatiga e’tibor qaratib, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Buyuk maqsad yo’lidan ogishmaylik» asarida: «Kadrlar tanlashda — vatanparvarlik xalqiarvarlik tuyg’usi bugun juda katta ahamiyatga egadir», deb ta’kidlaydi.

    Download 17.09 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 17.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish mazmuni. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish. Reja

    Download 17.09 Kb.