• 1. Yuk avtomobillarini tanlashga qoyiladigan asosiy talablar
  • 2. Universal(bortli) avtomobil va samosval (ozi agdaruvchi yoki ozi ortuvchi) avtomobillardan foydalanish.
  • Nazorat savollari
  • Mavzu: yuk avtomobili transporti vositalarini tanlash va hisoblash




    Download 30.43 Kb.
    Sana07.02.2024
    Hajmi30.43 Kb.
    #152822
    Bog'liq
    7-1
    Киселев И.Н.(Узб)11, hojji ДАЛОЛАТНОМА, OIBDO-ish-rejasi-2, Transport, Rsa shifrlash algoritmi, 1411.5343, assafspu, Journal manager, 26-4jesa-oguz-ozsoy, GR4, IJMET 10 05 028, Педагогик амалиёт НАМУНА (1), zilola ochiq darssss, 1. Mavzu. Rekursiv jarayonlarni tashkil etish O’zbekiston respub, Yo‘l harakati qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar-fayllar.org, грамматика-ИДЕИ 1-вар.

    7-Amaliy mashg'ulot


    MAVZU: YUK AVTOMOBILI TRANSPORTI VOSITALARINI
    TANLASH VA HISOBLASH


    Mashg'ulotning maqsadi: Yuk avtomobillarini tanlashga qo'yiladigan asosiy talablarni o'rganish.

    Avtomobil transporti saroyidagi avtomobillar ayni iqtisodiy hudud talablariga to'laroq moslangan bo'lishlari zarur. Hajmi ko'p va maxsuslashtirilgan yuklarni tashish uchun mo'ljallanilgan avtomobillarni tanlashga alohida ahamiyat berilishi lozim. Transport vositalari turlarini tanlash deyilganda, avtomobil transporti saroylarini yuk va yo'lovchilar tashish xarakteriga ko'proq moslangan avtomobil (avtobus), yarim tirkama tanloviga aytiladi. Transport vositalarini tanlashda ularni yuqori samara bilan ishlashlari uchun zarur texnik ekspluatasion va iqtisodiy tomonlariga e'tiborni qaratish lozim. Ayniqsa yuklarni tashishda ular miqdori va sifatlarini kamaytirmasdan, tashish tannarxi iloji boricha arzon bo'lishiga e'tiborni kuchaytirish lozim.




    1. Yuk avtomobillarini tanlashga qo'yiladigan asosiy talablar
    Avtomobil transporti vositasini tanlashda undan eng samarali foydalanishni nazarda tutish hamda quyidagilarni hisobga olish lozim:
    - tanlanayotgan yuk avtomobilining tashiluvchi yuk turi va uning upakovkasi (o'rab joylashtirilganligi) mosligini;
    - yuk oqimi yoki yuk partiyasi miqdori (hajmi), xarakteri, tarkibi va tashish masofasini;
    - har xil, ayniqsa alohida sharoitni talab etuvchi yuklarni tashishda avtomobillarni ishlatish yo'l va iqlim sharoitlarini;
    - ortish va tushirish operasiyalari bajarish usularini. Mexanizasiyalashtirilgan usullarni qo'llashda avtomobillarning yuk ko'tarish qobiliyatini ortish va tushirish vositalari turi va quvvatiga mosligini;
    -yuk oboroti tarkibini hisobga olgan holda ayni tashishning kelajakdagi rivojlanishini;
    -yuklarni tashib berish muddatiga ko'ra bajarilishini;
    -amalda bor aniq sharoitlarda transport vositasining unumdorligini;
    -har xil turdagi transport vositalarining qo'llanishdagi tashish tannarxini.
    2. Universal(bortli) avtomobil va samosval (o'zi ag'daruvchi yoki o'zi ortuvchi) avtomobillardan foydalanish.
    Samosval avtomobilini ishlatishda yukni tushirish jarayoni mexanizasiyalashadi, o'zi ortqich avtomobillar (samapogruzchiklar) qo'llanilishida esa yuklarni ortish va tushirish ishlarini mexanizasiyalash hisobiga, bunday operasiyada ishlovchilar mehnati engillashtiriladi.
    Samosval va o'zi ortuvchi avtomobillardan foydalanishda uning ortish va tushirish operasiyalarida turish vaktlarining keskin qisqarishi va tashish jarayonining o'zida esa ko'proq bo'lishi hisobiga ular unumdorliklari anchaga oshadi.
    Samosval yoki o'zi ortg'ich avtomobillarining qo'llanilishi o'rnatilgan ortg'ich yoki samasval mexanizmlarining ayni bazadagi avtomobilga nisbatan yuk ko'tarish qobiliyatining kamayishi hisobiga ular unumdorligini kamaytiradi. Demak, avtomobilning ortish va tushirish operasiyasida turish vaqtining kamayishi hisobiga uning unumdorligi oshsa, yuk ko'tarish qobiliyatini bir muncha kamayishi esa ularning unumdorligini kamaytiradi. Shuning uchun ham samosval yoki o'zi ortuvchi avtomobillarni qaerda ishlatish maqsadga muvofiqligini aniq bilish lozim.
    Yuqorida aytilganlarga ko'ra, universal bortli avtomobil va samasval avtomobillarini ishlatishning shunday tashish masofasi borki, unda ular unumdorliklari o'zaro teng bo'ladi. Bunday masofani teng baholi masofa deb ataladi. Demak, universal bortli avtomobil va samasval yoki o'zi ortuvchi avtomobillarni o'rtasidagi tanlovni yuqorida keltirilgan teng baholi masofani aniqlashga qaratiladi.
    Teng baholi masofani aniqlashda transport vositalarining bir soatli unumdorligidan foydalanamiz.
    Universal bortli avtomobillarda "b" indeksini va samosval avtomobillarda esa "s" indeksini ishlatamiz.
    Demak, universal bortli avtomobil uchun

    Bortli yuk avtomobili uchun:


    Samosval avtomobilining ish unumi:





    Nazorat savollari:
    1. Transport bilan ta'minlanganlik ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?
    2. Alohida mamlakatlar va hududlarning bog'lanish yo'llari bilan ta'minlanishidagi farlar?
    3. Transportda boshqarish tushunchasiga nimalar kiradi?
    4. Har xil transport turlarining o'zaro harakatlar sohalari tushunchasini izohlang?
    5. Transportni rivojlantirishning strategik maqsadi nima?
    6. Transportda boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari nimada?
    7. Transport Vazirligining asosiy vazifalari nimalardan iborat.
    8. Texnik va texnologik sohalarni tushuntirib bering?
    Download 30.43 Kb.




    Download 30.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: yuk avtomobili transporti vositalarini tanlash va hisoblash

    Download 30.43 Kb.