• REJA
  • Xulosa
  • Muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi




    Download 1.89 Mb.
    bet1/2
    Sana06.05.2023
    Hajmi1.89 Mb.
    #57184
      1   2
    Bog'liq
    1683350512 (1)
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    FIZIKA KAFEDRASI
    Mustaqil ish
    MAVZU:Avtotebranishlar va ularning yuzaga kelishi
    Bajardi: 413-22 guruh talabasi :Uzakov A’zam
    Tekshirdi: Karimov Xasan Narzullaevich
    TOSHKENT 2023

    REJA:


    1.Kirish
    2.Asosiy qism a. Majburiy tebranishlar b. Avtotebranishlar 4. Xulosa
    Xulosalar
      • Majburiy tebranishlar majbur etuvchi kuch chastotasiga teng chastotali garmonik tebranishlardan iborat ekan;
      • Majburiy tebranishlarning x0 amplitudasi majbur etuvchikuchning F0 amplitudasiga to‘g‘ri proporsionaldir;
      • Majburiy tebranishlarning x0 amplitudasi majbur etuvchikuchning ω chastotasi bilan sistemaning ω0 xususiy tebranishlarichastotasi orasidagi munosabatga bog‘liq bo‘ladi;

      • Berilgan tebranuvchi (aniq ω0 xususiy chastotaga ega bo‘l-gan) sistema uchun x siljish F0sinωt majbur etuvchi kuchgaproporsional bo‘ladi.

    TEBRANISHLAR — muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan xarakatlar. Mas., soat mayatnigining tebranishi, cholgʻu asboblari torlarining yoki kamerton oyoqchalarining tebranishi, radiopriyomnik konturidagi kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishning tebranishi va b. shunday takrorlanuvchanlik xossasiga egadir. Takrorlanayotgan jarayonning fizik tabiatiga qarab mexanik, elektromagnit, elektromexanik va b. T. ga ajraladi.
    Tebranishlar tabiatda va texnikada keng tarqalgan. Koʻpchilik hollarda ular salbiy taʼsir qiladi. Relslarning qoʻshilish joyidan utayotganda poyezdning gʻildiraklari beradigan turtkilar koʻprikning tebranishiga, suzish vintining aylanishi kema tanasining tebranishiga, samolyot qanotlarining tebranishi halokatga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda Tebranishlarni xavfli chegaragacha kutarilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli choratadbir koʻriladi. Shunga qaramasdan Tebranishlar texnikaning turli sohalarida muhim ahamiyatga ega. Mac, radiotexnika tebranma jarayonlarga asoslangan. Tebranayotgan tizimga koʻrsatilayotgan taʼsir xarakteriga koʻra, Tebranishlar erkin Tebranishlar, majburiy Tebranishlar, avto Tebranishlar va parametrik Tebranishlarga boʻlinadi. Muvozanat holatidan chiqarilgandan keyin oʻzicha tebranadigan tizimda yuz beradigan Tebranishlarga erkin Tebranishlar ; davriy ravishda oʻzgaruvchi tashqi kuch taʼsiri ostida boʻladigan Tebranishlarga majburiy Tebranishlar deb yuritiladi.
    Avtotebranishlar vaqtida majburiy Tebranishlar dagi kabi tebranuvchi tizimga tashki kuchlar taʼsir qiladi, biroq bunday taʼsir koʻrsatilishi zarur boʻlgan vaqt momentlarini tebranuvchi tizimning oʻzi belgilaydi, tashqi taʼsirni tizimning oʻzi boshqaradi. Mac, mayatnikli soatda mayatnik, koʻtarib qoʻyilgan toshning yoki buralgan prujinaning energiyasi hisobiga turtki olib turadi, bunda bu turtkilar mayatnik oʻrta holatdan oʻtayotgan momentlardagina beriladi. Parametrik Tebranishlar vaqtida tashqi taʼsir hisobiga tizimning biror parametri, mas., tebranayotgan sharcha osilib turgan ipning uzunligi davriy ravishda oʻzgarib turadi.
    Eng sodda tebranish garmonik Tebranishlar dir. Garmonik Tebranishlarda tebranuvchi kattalik vaqt boʻyicha sinus yoki kosinus qonuni boʻyicha oʻzgaradi. Bu turdagi tebranish quyidagi sabablarga koʻra juda muhimdir: tabiatda va texnikada uchraydigan Tebranishlar oʻz xarakteri boʻyicha garmonik Tebranishlarga juda yaqin; boshqacha koʻrinishdagi davriy Tebranishlarni ustmaust tushgan bir necha garmonik Tebranishlar sifatida tasavvur qilish mumkin. Tebranish jarayonlarining fizik mohiyati turlicha boʻlishiga qarmay, ulardagi Tebranishlarning oʻziga xos xususiyatlari bir xil qonuniyatga boʻysunadi. Garmonik Tebranishlarning oʻzaro qoʻshilishidan turli
    Tebranishlar, mas., bir xil chastota va turlicha fazalarga ega bulgan oʻzaro perpendikulyar ikkita garmonik Tebranishlar yigʻindisi fazalar ayirmasiga qarab tebranuvchi nuqtaning trayektoriyasi toʻgʻri chiziq, aylana yoki ellipedan iborat bulishi mumkin. Chastotalari turlicha va uzaro perpendikulyar bulgan ikkita garmonik Tebranishlar yigindisini ifodalovchi nuqta harakatining trayektoriyalari gʻoyat murakkab chiziklardan iborat. Bu chiziklar Lissaju figuralari deb yuritiladi. Garmonik Tebranishlardan iborat turlicha murakkab Tebranishlar mexanika, elektrotexnika, radiotexnika, optika va b. fan hamda texnika sohalarida koʻp uchraydi.
    Majburiy tebranishlar
    Erkin tebranishlardan amalda kamdan kam foydalaniladi. Istalgancha uzoq vaqt davom eta oladigan so‘nmas tebranishlar esa katta amaliy ahamiyatga ega. So‘nmas tebranishlarni hosil qilish uchun tebranuvchi sistema energiyasining kamayishini chetdan to‘ldirib turish lozim. Buning eng qulay usuli sistemaga davriy o‘zgarib turuvchi kuch bilan ta’sir etib turishdir. Davriy o‘zgarib turuvchi tashqi kuch ta’sirida bo‘ladigan tebranishlarni majburiy tebranishlar deb ataladi, bu kuchni majbur etuvchi kuch, tebranuvchi sistemani esa majburiy sistema deyiladi. Odatda, majbur etuvchi kuch sifatida vaqt bo‘yicha sinus yoki kosinus qonuni bilan o‘zgaradigan kuchdan foydalaniladi. Bunday kuchning ifodasi
    ko‘rinishda bo‘ladi, bu yerda: F0 — kuchning amplituda (maksimal) qiymati, ω — kuch tebranishlarining doiraviy chastotasi.
    Majburiy tebranishlar amplitudasini aniqlaylik. Majburiy tebranuvchi sistemalarga majbur etuvchi kuchdan tashqari, tebranishlarni yuzaga keltiruvchi kvazielastik kuchlar hamda muhitning qarshilik kuchi ta’sir ko‘rsatadi. Sistemaning harakat tenglamasini yozishda bu kuchlarni ham hisobga olish lozim. Agar tebranishlar amplitudasi yetarli darajada kichik bo‘lsa, qarshilik kuchini tezlikka proporsional, deb hisoblash mumkin. U holda, Nyutonning ikkinchi qonuniga ko‘ra, harakat tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
    bu yerda m, x, v va a — mos ravishda, tebranuvchi sistemaning massasi, siljishi, tezligi va tezlanishi, r — muhitning qarshilik koeffitsiyenti. Hisobni soddalashtirish maqsadida qarshilik kuchini juda kichik deb, uni nazarga olmasak, u holda
    bo‘ladi.
    Tezlanishning ifodasini va formulani nazarga olib, munosabatni quyidagicha yozamiz
    va bundan majburiy tebranishlardagi siljishni topish mumkin:
    Shunday qilib, formulalardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: 1) majburiy tebranishlar majbur etuvchi kuch chastotasiga teng chastotali garmonik tebranishlardan iborat ekan; 2) majburiy tebranishlarning x0 amplitudasi majbur etuvchi kuchning F0 amplitudasiga to‘g‘ri proporsionaldir; 3) majburiy tebranishlarning x0 amplitudasi majbur etuvchi kuchning ω chastotasi bilan sistemaning ω0 xususiy tebranishlari chastotasi orasidagi munosabatga bog‘liq bo‘ladi; 4) berilgan tebranuvchi (aniq ω0 xususiy chastotaga ega bo‘lgan) sistema uchun x siljish F0 sinωt majbur etuvchi kuchga proporsional bo‘ladi.
    Avtotebranishlar
    So‘nmas tebranishlarni hosil qilishda tebranish energiyasining isrofini doim to‘ldirib turish uchun tebranuvchi sistemaga tashqi davriy kuch ta’sir etib turishi kerak. So‘nmas tebranishlarni hosil qilishning bu usulidan tashqari, texnikada keng qo‘llaniladigan boshqa usuli ham mavjud. Agar erkin tebrana oladigan sistemaning ichida doimiy energiya manbayi bo‘lsa va bu energiya manbayi hisobidan sistemaning tebranish jarayonida yo‘qotib boradigan energiyasini qoplash uchun zarur energiyaning kelib turishini sistemaning o‘zi ta’minlab tura olsa, bunday sistemada so‘nmas tebranishlar vujudga keladi. Bu usul bilan hosil qilingan so‘nmas tebranishlarni avtotebr a n i s h l a r , sistemani esa a v t o t e b r a n u v c h i s i s t e m a deb ataladi
    Doimiy energiya manbalari tebranishlar davriga nisbatan juda qisqa vaqt oraliqlarida ishlatiladi. Shu bilan birga, bu energiya manbayidan kerakli paytlardagina sistemaning o‘zi avtomatik tarzda foydalanadi. Avtotebranuvchi sistemaga mayatnikli soat misol bo‘la oladi. Soatda ko‘tarilgan yukning potensial energiyasi doimiy energiya manbayi bo‘ladi va uni anker mexanizm yordamida ishga tushiriladi
    Yuqoriga ko‘tarilgan yuk qiya tishli xrapovikni aylantiradi. Mayatnikning gorizontal o‘qqa o‘rnatilgan yuqori uchiga ikki uchida ikkita chiqig‘i bo‘lgan yoysimon a b planka o‘rnatilgan. Bu plankani a n k e r deb ataladi. Anker yordamida mayatnik xrapovikning aylanishini va unga biriktirilgan soat strelkalarining yurishini boshqaradi.
    rasmda tasvirlangan vaziyatda xrapovikning tishi ankerning b chiqig‘iga tiralib, uni yuqoriga ko‘taradi va mayatnikni chapga itaradi. Mayatnik muvozanat vaziyatidan o‘tishi bilan b chiqiq xrapovikdan bo‘shaydi va a chiqiq xrapovik tishiga tiralib qoladi. Natijada mayatnik o‘ng (qarama-qarshi) tomonga itariladi. Demak, mayatnik bir tebranish davri davomida manbadan ikki marta energiya oladi va shu bilan energiyaning manbadan kelib turishini o‘zi boshqaradi.

    Xulosa


    Xulosa qilib aytganda, tashqi davriy kuch ta’sirida yuzaga keladigan majburiy tebranishlar bilan avtotebranishlar orasidagi farq shundan iboratki, agar majburiy tebranishlarning chastotasi tashqi kuch chastotasi bilan bir xil, tebranishlar amplitudasi ana shu kuch amplitudasiga bog‘liq bo‘lsa, avtotebranishlarning chastotasi va amplitudasi shu tebranuvchi sistemaning o‘z xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

    Download 1.89 Mb.
      1   2




    Download 1.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi

    Download 1.89 Mb.