Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli
buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish
yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir.
Ushbu maqolada, qanday
dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning
farqi. Hamda, Dasturlashni o'rganish yo'llari haqida ko'rib chiqamiz
Kompyuter dunyosida ko'plab
dasturlash
tillari
mavjud
bo'lib,
dasturlash va unga qiziquvchilar soni
ortib bormoqda.
Bir xil turdagi ishni
bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci
va boshqa tillarda yozish mumkin.
Pascal, Fortran va Kobol tillari
universal tillar hisoblanadi, Ci va
Assembler
tillari mashi tiliga ancha
yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta
darajali tillardir. Algoritmik til inson
tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi.
Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan
iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2
ta katta
guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali
dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda
ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi
dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan
ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli
dasturlash ishlari uchun
yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron
Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda,
faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida
EHM bajarishi kerak
bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun
tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari
bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi
sonlar vositasida
kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda
mashinaga moslashgan (yo'naltirilgan)
belgili kodlardagi tillar
hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari