|
Mustaqil ishi mavzu: Gipsosementpussolan bog‘lovchi moddalar
|
bet | 1/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 45,66 Kb. | | #145313 |
Bog'liq Gipsosementpussolan . Asqarov Obidjon 2 5226853673132364112, 6, 8 sinf testlar, TABIAT-BILAN-TANISHTIRISH-NAZARIYASI-VA-TEXNOLOGIYALARI, Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotl-fayllar.org, 1-Amaliy topshiriq (1), 1702402746, Ta\'mirlash ishlarida xavfsizlik, 4-top
ANDIJON IQISODIYOT VA QURILISH
INSTITUTI ARXITEKTURA VA QURILISH FAKUTETI GIDROTEXNIKA YO’NALISHI 14S-23 GURUHI TALABALARI
ASQAROV OBIDJONNING KIMYO FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Gipsosementpussolan bog‘lovchi moddalar
Reja:
Gipsosementli pussolan bog‘lovchi moddaning xom-ashyoviy tarkibi
Tamponaj sementlar
Shlak kulli sement
Tolali tamponaj sement
Tamponaj tuzumlarning xossalari
Gipsosementli pussolan bog‘lovchi moddaning xom-ashyoviy tarkibi
Gips sement - putssolon bog‘lovchi (GSPB) Bu bog‘lovchi yarim suvli gips (qurilish yoki yuqori mustahkam), portlandsement va u yoki boshqa nordon faol mineral (putssolon) qo’shimchani qo’shib olinadi. Ma’lumki, gips bog’lovchi moddalar portlandsement bilan qotishda muqobillik bilan xarakterlanadi. Ular suv bilan aralashganda oldin intensive qotishadi, ammo 1-3 oydan keyin shaklsizlanishlar paydo bo’ladi.va nafaqat mustahkamlik pasayadi xatto tuzum buziladi. Buni sababchisi kalsiy gidrosulfoalyuminatni portlandsementni tarkibidagi yuqori asosli kalsiy alyuminatdan va sulfat kalsiydan hosil bo’lgan uch sulfatli shaklidir.
A.V. Voljenskiy shogirdlari bilan gips bog’lovchilar gidravlik xossalarga ega bo’lishi uchun ilmiy izlanishlar o’tkazdi. Natijada gips bog’lovchilar va portlandsement aralshmasiga gidravlik qo’shimcha (faol kremnezemli) qo’shsa, unda uzoq vaqt havoli yoki suvli muhitda saqlanganda buzuvchi deformatsiyasini mustahkamligi o’sadi. Bog’lovchi qotishida putssolon qo’shimcha oldin suvli muhitda Sa(ON)2 ni konsentratsiyasini shunday darajaga kamaytiradi bunda yuqori asosli kalsiy gidroalyuminantlarni (4SaO* Al2O3*3N2O*3SaO* Al2O3*6 N2O) muqobil yashashi buziladi va ularni mustahkam past asosli birikmalarga o‘tishiga muxit yaratiladi. Bunda Sa(ON)2 va
SiO2 SSN(13) yoki S-S-N (1) ko‘rinishdagi gidrosilikatlar beradi Putssolon qo‘shimchalar sifatida odatda trepel, opoka, diotomit, faol vulqon
jinslar, kullar, 600-7000S da kuydirilgan gillar. Bu bog‘lovchi 75-50%yarim suvli
gips, 15-25% portlandsement, aktivligi 200 m2/g dan kam bo‘lmagan putssolon
qo‘shimcha (trepel, opoka, diatomit)dan tarkib topgan. Bu bog‘lovchini hamma
komponentlarini o‘lchab birgalikda qorishma aralashtirib tuyildi, bunda qoldig‘i
№ 008 elakda 10% qolguncha tuyiladi va quritiladi. Qurilish gipsi va 400 markali
portlandsement asosida tayyorlangan GSPBdan bog‘lovchi sarfi va beton
qorishmasini harakatchanligiga bog‘langan holda markasi 15-20 MPa gacha
oddiy betonlar olishi mumkin. Ularni yumshatish koeffitsienti 0,,6-0,8 ga teng,
mustahkamligi 2-3 soatdan so‘ng 30-40% ni tashkil etadi. YUqori mustahkamligi
GSPB asosidagi betonlar 2-3 soatdan keyin siqilishiga bo‘lgan mustahkamligiga
10-12 MpA ga 7-15 sutkadan keyin normal qotishida 30-40 Mpa ga teng. Qotishni
tezlashtirish uchun GSPB asosidagi buyumlarni 5-8 soat davomida 70-800S
haroratda bug‘latilishi mumkin va erishilgan mustahkamligi yakuniy
mustaxligidan 70-90% ga erishadi. Po‘lat armaturasini NaNO2 qo‘shimchalar
yoki maxsus qoplamlar bilan himoyalash mumkin. GSPB asosidagni betonlarni
sovuqqa chidamligi bog‘lovchi tarkibiga, sarfi, turi, betonlarni tarkibi va zichligiga
bog‘langan holda 20-50 siklni tashkil etadi GSPB asosidagi buyumlarni kam
qavatli binolar qurishida, 5-20% polimer qo‘shib pardoz ishlarda qo‘llaniladi.
Agar granullangan shlaklar bo‘lsa, unda gipsshlak sement bog‘lovchi
tayyorlash mumkin, uning tarkibi: yarim suvli gipsdan yoki angidritdan 40-60%,
nordon domna shlakdan 30-50%, 5-8% portlandsementdan iborat. Portlandsementni
asosiy roli shlakni bog‘lovchi xususiyatini ishqoriy faollashtiruvchi. YUqori asosli
domna shlak ishlatilganda Sa(ON)2 ni konsentratsiyasini xavfli chegaragachan
pasaytirish uchun putssolon (10-15%) qo‘shimcha qo‘shish zarurdir.1
|
| |