Mustaqil xo‘jalik yuritish sub’ekti




Download 259.29 Kb.
bet1/10
Sana21.10.2023
Hajmi259.29 Kb.
#89333
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi 60%
to\'garak jurnali, 16maktab beyjik, O, Презентация1, 11-sinf Informatika nazorat ishi, klaster, jurayeva-sevinch-falsafa-fani-amaliy-topshiriq, 6-labor. texnik mexanika (1), cdPQov0ZRVO8z9kTWAfSCUyU4dZ8Kykn7njqyV79, C shart operatori, 3-Ma\'uza, 1-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu Kirish. C dasturlash tili. , MS Excel 1, KOmp tarmoq

KIRISH
Biz jamiyatimizda ko‘p jixatdan murakkab, ko‘p masalalarda qarama-qarshi, ammo tarixan olib qaraganda muqarrar bo‘lgan islohotlar jarayoni sodir bo‘layotgan davrda yashayapmiz. Ilgarigi sovet tuzumida ko‘p yillar davomida bozor iqtisodi madaniyatining tanqisligi shakllantirilgan edi. Bugungi kunda, sotsialistik tuzumda mavjud bo‘lgan mafkuraviy, axloqiy, iqtisodiy va boshqa cheklovlar olib tashlanganligi, alohida olingan shaxslarga mustaqil xo‘jalik yuritish sub’ekti bo‘lish imkoniyati berilganligi, “iqtisodiyot rivojlanishining o‘zbek modeli” deb nomlangan maxsus iqtisodiy shakl yaratilishiga olib keldi.
Hozirgi xo‘jalik-iqtisodiy sharoitlarda muvaffaqiyatli ishlash uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanishni o‘rganish juda ham zarurdir. Ushbu bilimlarning eng muhim qismlaridan biri - ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ilmi va san’atini tushunib yetishdir. Biznes daromadli bo‘lishi, ya’ni foyda keltirishi uchun u doimiy yangiliklarni talab qiladi. Bu esa qurilish ishlab chiqarishining rahbariga asosiy talabni keltirib chiqaradi, ya’ni bugungi rahbar yuqoridan “tushirilgan” rejalarni bajarishda bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga ham amal qilishi, doimiy ravishda ijodiy izlanishda bo‘lishi, shuningdek muammolarni mustaqil ravishda aniqlab, ularni hal qila olishi kerak.
So‘nggi o‘n yilliklardagi ilmiy-texnik va axborot inqilobi boshqaruv ishlarining xarakterini tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Endi rahbardan nafaqat qaror qabul qilish, balki optimal qaror qabul qilish talab etiladi, ya’ni axborot to‘liq bo‘lmagan va axborot noaniq bo‘lgan sharoitlarda mumkin bo‘lganlarining ichidan iloji boricha eng yaxshi qarorni qabul qilish talab etiladi. Ushbu talab qondirilishi uchun matematik usullar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va boshqarish texnologiyalaridan kengroq foydalanish kerak bo‘ladi.
O‘tgan yillardagi tajribani yig‘ish va uni dunyoning shu sohadagi eng yangi yutuqlari bilan to‘ldirish yetarli emas, hatto ko‘p jihatdan befoyda ham bo‘lishi mumkin, chunki hozirgi “iqtisodiyot rivojlanishining o‘zbek modeli” mutlaqo o‘ziga xos bo‘lib, u hozirgi paytda qurilish sohasida shakllanib bo‘lgan munosabatlarni va rivojlanayotgan kelajakdagi ishlab chiqarish munosabatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Ushbu kurs ishida ko‘priklar va tonnellarni qurishning asosiy qoidalari va usullariga bag‘ishlangan.


Download 259.29 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 259.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil xo‘jalik yuritish sub’ekti

Download 259.29 Kb.