• Tayanch tushunchalar
  • 1-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: Kirish. C++ dasturlash tili. Reja




    Download 25.77 Kb.
    bet1/6
    Sana25.11.2023
    Hajmi25.77 Kb.
    #105274
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu Kirish. C dasturlash tili.
    to\'garak jurnali, 16maktab beyjik, O, Презентация1, 11-sinf Informatika nazorat ishi, klaster, jurayeva-sevinch-falsafa-fani-amaliy-topshiriq, 6-labor. texnik mexanika (1), cdPQov0ZRVO8z9kTWAfSCUyU4dZ8Kykn7njqyV79, Kurs ishi 60%, C shart operatori, 3-Ma\'uza, MS Excel 1, KOmp tarmoq



    1-Ma’ruza mashg’uloti.

    Mavzu: Kirish. C++ dasturlash tili.

    Reja:
    1. C++ tili sintaksisi va uning leksik asosi.


    2. C++ tili dasturining tuzilishi va shakli.


    3. Berilganlar turlari. C++ tilining tayanch turlari.


    4. O’zgaruvchilar va ifodalar.





    Tayanch tushunchalar: kompilyatsa, deriktiva, izoh, funksiya, leksema, sintaksis, identifikator, kalit so’zlar, o’zgaruvchilar.

    C++ tili va uning leksik asosi

    C++tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi
    C++tilida programma yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bо‘ladi. Dastlab, matn tahririda (odatda programmalash muhitining tahririda) programma matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» bо‘ladi, Keyingi bosqichda programma matn yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda programmada xatoliklar bо‘lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali obyekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig‘uvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl - programma hosil bо‘ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlang‘ich matn faylining nomi bilan bir xil bо‘ladi.
    Kompilyatsiya jarayonining о‘zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi bо‘yicha kо‘rsatilgan kutubxonalardan C++tilida yozilgan modullarni prog-ramma tarkibiga kiritadi. Shundan sо‘ng kengaytirilgan programma matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator о‘zi ham programma bо‘lib, uning uchun kiruvchi ma’lumot bо‘lib, C++tilida yozilgan programma matni hisoblanadi. Kompilyator programma matnini leksema (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaksik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. Probel ajratuvchisiga - probel belgisi (‘’), ‘\t’ - tabulyatsiya belgisi, ‘\n’- keyingi qatorga о‘tish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar hisoblanadi.
    Programma matni tushunarli bо‘lishi uchun izohlar ishlatiladi. Izohlar kompilyator tomonidan «о‘tkazib» yuboriladi va ular programma amal qilishiga hech qanday ta’sir qilmaydi.
    C++tilida izohlar ikki kо‘rinishda yozilishi mumkin. Birinchisida “/*” dan boshlanib, “*/” belgilar oralig‘ida joylashgan barcha belgilar ketma-ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi «satriy izoh» deb nomlanadi va u “//” belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma-ketligi bо‘ladi. Izohning birinchi kо‘rinishida yozilgan izohlar bir necha satr bо‘lishi va ulardan keyin C++ operatorlari davom etishi mumkin.
    Misol.


    Download 25.77 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 25.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: Kirish. C++ dasturlash tili. Reja

    Download 25.77 Kb.