|
Noorganik sintez fanidan amaliy mashg`ulot mavzulari Suyuq fazada noorganik moddalar sintеzi
|
bet | 1/11 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 352 Kb. | | #264441 |
Bog'liq 109469 Noorganik sintez amaliy masg`ulot 1
Noorganik sintez fanidan amaliy mashg`ulot mavzulari
Suyuq fazada noorganik moddalar sintеzi
Suyuq fazada boradigan reaksiyalar tеzligi va mеxanizmi birinchi navbatda erituvchi tabiatiga bog’liq bo’ladi.
Erituvchi tabiatiga bog’liq holda reaksiya tezligi mexanizmi o’zgarishi va o’zgarmasligi mumkin. Gaz fazoda farqli ravishda suyuq fazada reaksiyaga kirishuvchi zarrachalarni elektrostatik ta’sir etishi muhitning dielektrik o’tkaziguvchanligiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari erituvchini qovushqoqligi , zarachalarni difuziyasi ham asosiy rol o’ynaydi. Reaksiya tezligi ba’zi hollarda solvatlanishiga bog’liq bo’ladi. Ko’p hollarda reaksiya tezligiga va mexanizmiga erituvchi tabiati, nuklofilligi, elektrofilligi, vodorod bog’larning hosil bo’lishi ham ta’sir etadi.
Bir xil reaksiyali gaz fazada va suyuq fazada reaksiyalar o’rganilganda reaksiya tezligi turlicha bo’ladi, Masalan, azot angidiridini parchalanishi quyidagicha bo’ladi;
N2O2→N2O4+H2O2
Ushbu reaksiyaga erituvchi nitrat kislota yoki dixlorpropanda olib borilsa gaz fazaga qaraganda 25 marta reaksiya sekin boradi. Ushbu reaksiya monomolekulyar reaksiya bo’lib zarrachalar to’qnashishi kam bo’ladi.
Aqliy hujum savollari
So’ngi yillarda rivojlanib borayotgan noorganik sintez sohalariga qaysi olimlar ish olib borishmoqda?
Talab oshib borayotgan noorganik birikmalarni sintez qilish uchun qanday usullardan foydalanilmoqda?
Qovushqoqlik. Reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi zarrachalarni difuziyasiga bog’liq bo’ladi.
Bu jarayonda reaksiya tezligi aktivlanish energiyasiga oz miqdorda asosan difuziya tezligiga bog’liq bo’ladi. Qovushqoqlik yuqori bo’lgan erituvchilarga qattiq moddalardan mahsulot hosil bo’lishi qiyin kechadi. Qovushqoqlikni kamaytirish va rekasiya tezligini oshirish uchun boshqa erituvchi qo’shib suyultirish bilan ham amalga oshiriladi.
|
| |