|
O’quv jarayonida texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq qilish
|
bet | 1/67 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,67 Mb. | | #133346 |
Bog'liq AXBOROT
O’QUV JARAYONIDA TEXNOLOGIYALARNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA UNI TADBIQ QILISH
Reja:
1.Zamonaviy axborot texnologiyalari va o‘qitishning texnik vositalarini tanlash.
2.Ta’lim vositalari turlari va ularga tavsiflar.
3.Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash
4.Texnik vositalardan foydalanish.
O‘quv maqsadi: Talabalarda ta’lim vositalaridan foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish.
Aniq maqsadlar: Talabalar modulni o‘rganish natijasida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar:
ta’lim vositalarini turlari bo‘yicha ajrata oladi;
ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyatini tushuntirib bera oladi;
texnik vositalardan samarali foydalana oladi.
Kalit so‘zlar: axborot texnologiyasi, multimedia, Microsoft Power Point, slayd.
Ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim vositalari – o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchi vositalardir.
Ta’lim vositalarini foydalanilishi jihatidan quyidagi 3 qismga ajratish mumkin:
13.1-chizma. Ta’lim vositalarini tanlash
Ba’zi hollarda ta’lim oluvchi uchun mo‘ljallangan ta’lim vositasi ta’lim beruvchi uchun ham, dars o‘tkazish uchun ham talab etiladi. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to‘ldirishi kerak. Bundan tashqari ta’lim vositalarining xususiyatlariga ko‘ra 3 turga ajratish mumkin: bosma, texnik va real vositalar. quyidagi chizmada (3.2-chizma) ta’lim vositalarining turlari keltirilgan.
13.2-chizma. Ta’lim vositalarining turlari
Ta’lim vositalari olti turga bo‘linadi:matnli vositalar; tasvirli vositalar; audiovizual vositalar; yordamchi (jihoz) vositalar; modelli vositalar; haqiqiy vositalar.
MATNLI - Ma’lumot olish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun o‘quv dasturlari, maxsus adabiyot (darslik),ma’ruza matnlari.tarqatma materiallar, imtihon va nazorat varaqalari.
TASVIRLI - Umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun fotosuratlar, eskiz, chizma, sxemalar, tasvirlar, jadvallar, simvollar,plakatlar
AUDIOVIZUAL - Jarayonlar va ishlash mexanizmlari to‘g‘risida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga keltirish uchun videofilmlar, kompakt disklar, audiokassetalar, PowerPoint materiallari, elektron darsliklar
YORDAMCHI(JIHOZLI) - Tasvir va matnni yozish va saqlash uchun doskalar (bo‘r doska, oq doska, magnit doskasi), «Pinbord» doskasi, videoproyektor, videoproyektor ekrani, kodoskop, kompyuter, flipchart, audiomagnitafon, videomagnitafon, televizor
MODELLI - O‘rganilayotgan obektning modeli orqali u haqda tasavvur hosil qilish uchun modellar, maketlar, trenajyorlar, mulyajlar.
HAQIQIY - O‘rganilayotgan obektlar haqiqiy tasavvurni vujudga keltirish uchun asbob-uskunalar, stanoklar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, xom-ashyolar.
TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY AXBOROTTEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH
Axborot texnologiyasi - obekt, jarayon yoki hodisaning holati yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig‘ish, ishlov berish va uzatishning vosita va uslublarining jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Telekommunikatsiya-kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatishdir.
Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. hozirda kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan samarali foydalanishga qaratilgan axborot jamiyatining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Bu jamiyatda ko‘pchilik ishlovchilar axborot, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, ishlov berish va amalga oshirish bilan band bo‘ladilar. Axborot zahiralari-alohida hujjatlar, axborot tizimlari, ya’ni kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, shuningdek boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar to‘plamidir.
Hozirda “multimedia” degan so‘z kundalik faoliyatimizda juda ko‘p ishlatilmoqda. Ta’limda multimedia texnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, "Multimedia nima o‘zi?" degan savolga javob beraylik.
Multimedia - tasvirli ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo‘lgan vosita hisoblanadi. «Multimedia» so‘zi lotincha «media» so‘zidan olingan bo‘lib, «ma’lumot tashuvchi vosita» degan ma’noni anglatadi. Multimediali kompyuterlar so‘z, musiqa va boshqa ovozli ma’lumotlar, video ma’lumotlarni qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Multimedia tushunchasi hayotimizga 90-yillarning boshlarida kirib keldi. Ko‘pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediaga shunday ta’rif berish mumkin: Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir.
O‘quv materiallarini yaratish bo‘yicha hozirda Respublikamizda ma’lum bir ishlar qilinmoqda. Bunga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, o‘quv materiallari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yaratilmoqda.
Kompyuter yordamida o‘quv va didaktik materiallar deyarli professional darajada ishlab chiqilishi mumkin. Matnni qo‘lyozma shaklida tayyorlab olish kerak. Matn tayyor bo‘lgach, uni matnni qayta ishlovchi dastur, misol uchun Word dasturi orqali kompyuterga kiritish mumkin. Grafiklarni kiritish uchun Power Point taqdimot dasturidan foydalaniladi. Ikkala dastur birga matn va grafik kombinatsiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Microsoft Power Point — universal, imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Slayd — ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor taqdimotni kompyuter ekranida, videoproyektor yordamida katta ekranda namoyish qilish mumkin. Taqdimotni tashkil qilish — slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Taqdimot axborot texnologiyasining samaradorligi ko‘p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va x.k.larga bog‘liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
Power Point dasturi Microsoft firmasining Windows qobig‘i ostida yaratilgan bo‘lib, ushbu dastur prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo‘llash mumkin. Ayrim hollarda, bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin.
Power Point dasturida taqdimot materiallarini tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat
(3.3-chizma):
|
| |