|
O’quv jarayonida texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq qilish
|
bet | 3/67 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,67 Mb. | | #133346 |
Bog'liq AXBOROTVideoproyektorning qulayliklari: videoprektorni boshqa joyga siljitish mumkinligi; materiallarni kompyuter yordamida turli ko‘rinishda tayyorlash mumkinligi; materialdagi kamchiliklarni tezda tuzatish va takomillashtirib borish imkoniyatining mavjudligi; animatsiyalar orqali tasvirlarni “jonlashtirish” va harakatlantirish imkoniyati; materiallarning katta guruhga ko‘rinarli bo‘lishi; bir marta tayyorlab, ulardan bir necha bor foydalanish mumkinligi; rangli tasvirni qo‘llash mumkinligi; ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan «ko‘z aloqasi»ni doimo saqlab turishi mumkinligi.
Videoproyektorning kamchiliklari:videoproyektor boshqa vositalarga nisbatan qimmatroq; ta’lim beruvchidan kompyuter va videoproyektordan foydalanish ko‘nikmasining talab etilishi; fonni va ranglarni noto‘g‘ri tanlash oqibatida ko‘zning toliqishi; animatsiyadan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida berilayotgan mazmunning ikkinchi darajali bo‘lib qolishi va “shou” (tomosha)ga aylanib ketishiga olib kelishi; elektr energiyasining talab etilishi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har bir ta’lim vositasi talab darajasida ishlab chiqilib, o‘z o‘rnida va samarali foydalanilsa, ta’lim jarayonida mazmunni o‘zlashtirishga katta yordam beradi. Ta’lim jarayonidagi eng muhim vositalar yuqorida ta’rif berilgan texnik vositalar hisoblanadi. Bu vositalar dars jarayonini ko‘rgazmali qilishga, o‘quv materialining o‘zlashtirilishini yengillashtirishga va ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. “Yuz marta gapirgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan afzal” degan xalq iborasi bunga yaqqol misol bo‘ladi. Ko‘rgazmalilik, tushunarlilik va misol-namunalardan foydalanish kabi didaktik tamoyillar bu iboraga javob beradi. Chunki bu vositalardan foydalanishning mohiyati, ta’lim oluvchilarda bilimlarni ko‘rgazmali va imkon qadar real hayotga yaqin holda shakllantirishdan iboratdir.
1 – TOPSHIRIQ
Topshiriq ta’rifi: Ta’lim vositalaridan foydalanish afzalliklarini ko‘rsatib berish
Maqsad: Talabalarda ta’lim vositalarining afzalliklarini ko‘rsatib berish va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirish.
|
| |