O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari




Download 267.86 Kb.
bet1/24
Sana14.02.2024
Hajmi267.86 Kb.
#156459
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari
Ta’lim jarayonini texnologizatsiyalash, 5, Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bi-azkurs.org

O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

Reja


Kirish.
I.BOB. O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalarini jismonan barkamol va ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning roli.
1.1.Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dastlabki islohotlar.
1.2. Jismoniy tarbiya va sportning sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalari.
II.BOB. O‘rta maxsus kasb xunar kollejlarida jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining axamiyati.
2.1.Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining shakllari.
2.2.Jismoniy mashqlar jismoniy rivojlantirish tadbirlarining vositalari.
2.3.Tabiat omillari va gigiena talablari sog‘lomlashtirish tadbirlarining vositalari.
III.BOB. O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalarini tarbiyalashda sog‘lom turmush tarzining axamiyati.
3.1. Sog‘lom avlod tarbiyasida sog‘lom turmush tarsi.
3.2. Sog‘lom turmush tarzi - salomatlik kafolati.
Xulosa.
Ilovalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.





Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalq, har bir millat eng avvalo o‘zining barkamol avlodini kamol toptirish, sog‘lom farzandlarini tarbiyalash, ularning jismonan yetuk bo‘lib tarbiya olishi borasida qayg‘uradi. Respublikamizda barkamol, jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash ishlariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelayotgan ko‘plab murabbiy va sport ustalarining mehnatlari kattadir. Yurtimizda azal–azaldan jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan etibor yuqori daraja ekanligini ajdodlarimiz misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Harbiy yurishlarda jangchilarni jismoniy qoliyatlarini rivojlantirish maqsadida sportning turli usullaridan foydalanilgan.
Jahon miqyosida sodir bo‘layotgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar sharoitida ta’lim tizimini rivojlantirish uсhta asosiy tamoyilga asoslanishi ta’kidlangan: kasbiy mahoratni rivojlantirish, dinamiklik va kelajakka yo‘naltirilganlik. Zamonaviy davlatlar va jamiyatlar ko‘p tarmoqli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega yangi tipdagi kompetentli mutaxassislarga muhtoj. Сhunki bugungi kunda o‘ziga xos bilim va ko‘nikmalar, kasbiy malakalar, ijodiy va shaxsiy fazilatlar, tadbirkorlik, o‘zgaruvсhan ijtimoiy jarayonlarga tez moslasha oladigan, jismonan baquvvat va sog‘lom, ma’naviy yetuk mutaxassislarga mehnat bozorida talab yuqori. Zamonaviy mutaxassis kasbiy faoliyatning bir yo‘nalishi yoki sohasidan boshqasiga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy sivilizatsiya o‘zgarishlari sharoitida gumanistik ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish uchun ijtimoiy, madaniy va antropologik shartsharoitlarni yaratish strategiyasining asosi sifatida ta’limni insonparvarlashtirish va uni tadqiq qilishning ahamiyati yaqqol ko‘rinib turibdi.
Buyuk soxibqiron Amir Temurning “Kuch –adolatdadir” degan hikmati necha asrlar davomida xalqimiz hayotida keng o‘rin egallab kelmoqda. Ushbu insonparvarlik g‘oyasining asosida o‘zbek xalqiga xos do‘stlik, birodarlik, hamjixatlik, vatanparvarlik, odamiylik kabi fazilatlar mujassamdir. Zero mustaqilligimizni mustaxkamlash, uni himoya qilish, yurtimiz sha’ni-shavkatini yuksaltirish, insof va diyonat xukmron bo‘lgan erkin jamiyatni qurish kabi sayi-xarakatlarimiz adolat poydevori asosida qurilgandir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish– barcha demokratik yangilanish va iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir.
Shu aziz Vatan – barchamizniki. Uning istiqboli, farovon kelajagini o‘ylab yashash har birimiz uchun katta baxtdir”.
Hozirgi kunda olib borilayotgan ta’lim soxasidagi izchil isloxotlar yurtimizda ta’lim tizimini yangi rivolanish bosqichiga olib chiqmoqda. Mamlakatimizda ta’lim tizimi bilan birga uyg‘unlashgan holda sport soxasini ham rivojlantirishga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan etibor va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklari natijasida xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarimiz salmog‘i yildan-yilga yuksalib borayotganligini manuniyat bilan ta’kidlab, o‘z oldilariga Vatanimiz shon shuxratini yuksaltirishdek oliyjanob maqsadlarni qo‘ygan barcha sportchilarimiz kelgusida ham ulkan zafarlarni qo‘lga kiritishlarini xech kim inkor etmaydi. Buyuk bobokalonlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ulkan madaniy hamda ilmiy javohirlar, Vatan tuprog‘ini ko‘z qorchig‘idek asrab-avaylash kabi beqiyos qadriyatlar har bir yurakda murg‘aklikdanoq quyosh nurlari kabi porlaydi, qadamlarda shaxdamlik, orzu-intilishlarga qanot bag‘ishlaydi. Bugungi kunda sport butun dunyoda har qaysi millat, har qaysi xalqni jaxonga tanitishni uning o‘z salohiyatini namoyon etishi, g‘urur va iftixorini yuksaltirishning eng samarali va tasirchan vositasiga aylangan. Mamlakatimizda O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalarini tarbiyalash hamda bolalar sportini rivojlanishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning olib borayotgan to‘g‘ri siyosati va soxaga doir chiqarayotgan qonun hamda qarorlari o‘z samarasini bermoqda. Buning natijasida O‘zbekiston sportining kelajagini taminlash uning xalqaro maydondagi obro‘ etiborini yuksaltirishning bosh omili sifatida qaralayotgani bejiz emas. Yosh sportchilarimizning maxorati va tajribasi tobora oshib borayotgani muxlisu mutaxassislarimizni xushnud etmoqda. Bu sog‘lom avlod timsolida kelajagimizni, mamlakatimizni islox etish va yangilash bo‘yicha belgilab olgan yuksak maqsadlarga erishish yo‘lida tom manoda hal qiluvchi kuch, tayanch va suyanch bo‘lishga qodir yoshlar o‘sib kelmoqda.

Download 267.86 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 267.86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

Download 267.86 Kb.