• Tayanch atamalar Syogun
  • Gurunch qo’zg’olonlari
  • Tokugava Syogunati davridaYaponiya




    Download 278.81 Kb.
    bet2/19
    Sana08.04.2021
    Hajmi278.81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Tokugava Syogunati davridaYaponiya.

    Reja:

    1. Yangi zamon boshlarida Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va izolyatsion siyosat.

    2. Yaponiyanng ichki va tashqi siyosati.

    3. XVIII asrning oxiri – XIX asrning boshlarida Yaponiya.



    Tayanch atamalar

    Syogun - qo’mondon harbiylar tartibidagi boshqaruvchi

    Xarikari - o’z joniga qasd qilish

    Busida - Tokugava syugunati davridagi harbiylar ustavi

    Simabara voqealari - 1639 yilda Yaponiya hududidan ajnabiylarni haydab chiqarishga sabab bo’lgan izolyasion siyosatni boshlagan voqea

    Samuray - syogun armiyasidagi harbiy xizmatchi

    Gurunch qo’zg’olonlari - XVIII asrda Yaponiyada narx- navo va soliqlarning ko’payishiga qarshi qo’zg’olon
    Yaponiya dunyo siyosiy xaritasining uzoq Sharq regionida joylashgan "Quyosh mamlakati" deyiladi, tarixiy adabiyotlarda Yaponiyada feodal munosabatlar o’zining yuksak cho’qqisiga XIV-XVI asrda ko’tarilgan. Biroq feodal munosabatlar Sharq mamlakatlaridan farq qiladi. Xo’jalik asosini mayda dehqonchilik xo’jaligi ishlab chiharish tashkil qilgan. Yaponiya yangi zamon boshlaridagi umumiy ahvoli mamlakatni mayda knyazliklarga bog’lanib ketganligi bilan tavsiflanadi. Feodal davrda yuzaga kelgan Yaponiya shaharlari, Hindiston va Osiyoning boshqa shaharlari singari feodal hukmdorlarning qarorgohlari edi, lekin ular iqtisodiy ahamyatni juda barvaqt olg’a kiritdilar, ba`zilari esa "yerkin shahar" (sakai) maqomiga yerishdilar yoki byurgyer tipidagi o’z-o’zini boshqarishni tuzish uchun kurashdilar.

    O’rta asrdagi Yaponiya Osiyodagi qo’shni mamlakatlar - Xitoy va Koreya bilan madaniy va iqtisodiy aloqada bo’lib rivojlanadi. Madaniyatning ba`zi elementlarini, jumladan yozuvni, buddizm, konfutsizm singari diniy oqimlarni Yaponiya Xitoydan o’zlashtirgan. Yaponiyaliklar bilan Yevropaliklar XVI asrning 40 yillaridan boshlab qiziqadi. 1542 yilda Kyu Syu orolining Janubiy qirg’oqlarida ilk bor portugaliyaliklar paydo bo’ldi. Shu vaqtdan boshlab bir necha yil davomida Portugaliya kemalari tez-tez Yaponiyada bo’ldilar. Portugaliyaliklar Yaponiyaga qurol - yaroq etib, u yerdan oltin olish evaziga Yaponiya bilan savdo - sotiq munosabatlarini o’rgandilar. 1549 yildan boshlab Yaponiyada katolik missionyerlar o’z faoliyatlarini boshlab yubordilar. Missionyerlar va savdogarlar ba`zi bir yapon feodallariga tayanar edilar. Bular Yevropaliklar kelib turadigan port shaharlarida joylashgan rayonlarning hukmdorlari edi. Ular Yaponiyaning tashqi savdosi kengayishi evaziga juda katta daromad olar edilar. SHuningdek Yaponiya feodallari Yevropa qurolli olishishdan katta manfaatdor edilar. XVI asrning 80 yillarida Kyu Syu orolida 100 mingta xristian bor edi. XVII asrning boshlarida esa Yaponiyada ingliz va Gollandiya savdogarlari faollasha bordilar. Yevropaliklarning Yaponiyada paydo bo’lishi u yerda markazlashgan feodal davlat tuzish bilan bir vaqtda to’g’ri keladi. XVI asrning oxiri - XVII asrning boshlarida bu uchun iqtisodiy va siyosiy shart-sharoit yuzaga keldi. Oldingi yuz yilliklarda sekin-asta bo’lsada shaharlar rivojlandi, savdo-sotiq kengaydi va ishlab chiqarish kuchlari o’sib bordi. To’xtovsiz yuz byerayotgan dehqon qo’zg’olonlari feodallarni o’z kuchlarini birlashtirishga undardi. Markazlashtirish g’oyasining kuchaytirishga shuningdek Yevropa kolonizatorlarining xavfi ham sabab bo’ldi. Feodal Yaponiyada imperatorlik hokimiyat o’ziga xos mavqeda edi. Sinfiy jamiyatga o’tish davrida yuzaga kelgan, Mikado yoki Tenno unvonida bo’lgan Yaponiya imperatorlari dinastiyasi ko’shini yuz yilliklarda mavqeini saqlab qoldi. Sintoizm ("xudolar yo’li") nomli yapon dini quyosh xudosi Amatyerasuning avlodi bo’lgan Mikadolarning ilohiy kelib chiqishini e`tirof etardi. Lekin imperatorlar hukmdorligi nomigagina edi. Bu sharoitda feodal taraqqiyotni tugatish uchun kurash imperatorlik hokimiyatni mustahkamlash yo’lidan emas, ba`zi bir feodal guruhlarining mamlakatni nazorat qilish uchun kurash tusini oldi. XVII ayerning boshlarida Ie Ya Su Tokugava butun Yaponiyaning udel knyazlarini o’z hukmdorligiga bo’ysundirdi va "taysegun" - "buyuk sarkarda" "bosh qo’mondon" nomli myerosiy bo’lgan Syogun unvonini qabul qildi. Shu vaqtdan boshlab 250 yildan ortiqroq yil davomida Yaponiyani Tokugava Syogunati dinastiyasi boshqardi. Syogun mamlakatning cheklanmagan hukmdori edi. Ilohiy imperatorga turli xil marhamatlar ko’rsatdilar. Quyosh va oy o’z yo’llarida davom etganliklari kabi, imperator o’z yuragi daxlsizligini caqlab qolishi shart - deb ta`kidladilar. Tokugovachilar. Shuning uchun u osmondagidek, saroyda yashaydi. Syogun barcha davlat majburiyatlarini belgilaydi va hukumat ishlarini imperatorlar hal qilishiga muxtoj emas. To’rt dengiz o’rtasidagi yyer besaranjom bo’lsa, bu syogunning gunoxidir. Uchinchi syogun Iemitsu Tokugava (1823 - 1651) davrida yuzaga kelgan syogunat rejimi markazlashgan feodal davlat shaklida edi. Tokugava syogunati davrida feodal munosabatlar XVII asrda Yaponiya tyerritoriyasi asosan uch orolni o’z ichiga oladi. Bular Xansyu, Kyusyu, Sikonyu va shunga yakin bo’lgan boshqa orolchalar edi. Xokkaydo oroliga yurish qilgan Yaponiyaliklar orolning janubiy qirg’ogini egalladilar. XVII asrning boshida Yaponiya aholisi 17 millionni tashkil qilardi. Oxirida esa 25 million kishini tashkil qilardi. Tokugava Yaponiyasida yerning xo’jayinlari syogun, feodallar, xram va monastirlar edi. Yaponiya yerlarining yaroqli qismini Tokugava uylari ixtiyorida edi. Mamlakatning qolgan yerlariga udel knyazlari xo’jayin edi. Asosiy feodal sinflar Tokugava davrida bir necha razryadga bo’lingan edi. Kiotoning imperatorlik poytaxti saroy a`yonlari alohida guruhni-kugeni tashkil qilardi. Kuge a`zolari xo’jako’rsinga imtiyozli mavqega ega bo’lsalar xam, yer egasi emas ular imperator singari syogundan xizmat haqda olar edilar. Ko’pchilik harbiy dvoryanlik vakillari samuraylarni (xizmatchilarni) tashkil qilib, "buke" ya`ni harbiy uylarga qarashli edilar. Uning yuqori qismini dayme knyazlari tashkil qilardi. Tokugava davrida yyerlari 10 ming koku (1 ming 500 tonna gurunchga teng) daromad keltiradigan feodallar daymelar hisoblanardi. Daymening bir qismi - fuday dayme Syogunat tashkil topgunga qadar Tokugava uyining ittifoqchilari edi. Syogunat tashkil qilingandan so’ng ular syogunlarning ishonchli kishilari va tayanchlari bo’ldilar.

    Daymening boshqa qismini, ya`ni todzoma daymeni (begona daymelar) ilgari Tokugavaga qarshi kurashgan boy knyazlar tashkil qilardi. Syogunat o’rnatilgandan so’ng ular Tokugava hukumati nazoratiga o’tdilar. Lekin o’z knyazliklariki boshqarishda todzama daymenlari mustaqillikni saqlab qoldilar. Ko’pchilik samuraylarning yyerlari yo’q edi. Ko’pchilik samuraylar qashshoqlashib ketgan edi. Syogun, knyazlar va samuraylar ekspluatatsiyasi va katta soliqlar evaziga yashardilar. Tokugava syogunatining asosiy vazifasi dehqonlarni ezish edi. Bundan maqsad Tokugava rejimi dehqonlarning qarshiligini sindirishdan iborat edi. Yaponiya tarixchisi Eydziro Xondzening yozishicha, aholi qo’l va oyog’idan "bog’lab" qo’yishgan edi, ularga hamma narsa cheklangan, ular go’yo soliq to’lash uchun yashardilar. Hatto gurunch iste’mol qilish dehqonlarga ta’qiqlangan edi. Bu narsalar yapon dehqonchiligining halokatiga olib keldi. "Yapon shaharlari, hunarmandchilik va savdo" mamlakatning Tokugava rejimi tomonidan birlashtirilishi savdoning rivojlanishi va yapon shaharlarining o’sishiga turtki bo’ldi. Tokugava davrida Yaponiyada 200 dan ortiq shahar va shahar tipidagi posyolkalar bor edi. Edo, Osana, Kioto kabi yirik shaharlar 100 minglab aholiga ega edi. Yaponiya shaharlarining hunarmandchilik mahsulotlari bozori chaqqon edi. Hunarmandlar soliq to’lashga majbur edilar. Hunarmandlarni ezish hisobiga oldi-sotdi ishlarining roli oshdi. XVII asrda kapitalistik tipdagi ayrim manufakturalar paydo bo’ldi. Shaharlarda past tabaqa savdogarlarining ta`siri kuchli edi. Tokugava davridagi Yaponiya iqtisodiyotida savdo asosiy rol o’ynardi. Savdo shahardan tashhari qishloqlarni ham qamrab oldi. Yirik savdogarlar knyazlardan gurunchni sotib olar edilar. Dehqonlarning ekspluatatsiya qilinishi, feodal munosabatlarning inqirozi davrida Tokugova syogunati hukm surdi. Tokugova rejimining asosiy maqsadi eziluvchilar sinfini nazoratda ushlash edi. Aholi quyidagi 4 tabaqaga bo’lingan edi.

    1. Samuraylar.

    2. Dehqonlar.

    3. Hunarmandlar.

    4. Savdogarlar.

    Samuraylarning imtiyozli mavqei esga solinib turilardi. Tokugava qonunlaridan birida shunday deyilgan edi: Agar oddiy harbiylarga yoki boshqa saroy a`yonlariga hurmatsizlik, itoatsizlik qilsa, chopib tashlanadi. Mutloq feodal rejimini caqlab qolish maqsadida syogun hukumati obro’li 5 nafar knyaz oqsoqollari tomonidan boshqariladi. Oqsoqollar davrida "yosh boshliqlar kollegiyasi mavjud bo’lib ular ma’lum ministrliklarni boshqarar edi. " M E T S U K E " (“mustahkam ko’z”) nomli amaldorlar ham katta huquqga ega edi. Ular yuqori lavozimdagi shaxslarni yashirincha kuzatar edilar. Poytaxtdan tashqari joylarda mahalliy garnizon bopshliqlari bo’lmish hukumat vakillari boshqarar edi.

    Tokugava syogunati Yaponiyaga YYevropaliklarning kirib kelishi davrida yuzaga keldi. XVII asrning 30 - yillarida syogun Iemiku Tokugava xukumati Yaponiyani tashqi dunyodan izolyatsiya (o’rash) maqsadida bir qancha chora - tadbirlar qo’lladi. Yevropaliklarni mamlakatdan chiharib yuborish va xristianlikni ta`qiqlash to’g’risida farmonlar chiqardi. 1640 yilda Yaponiyada Portugaliyaning Asminya (Makao) missiyasi taqiqlashlarni qayta ko’rib chiqish haqida syogunatga murojaat qiladi, lekin missiya a`zolarining ko’pchiligi qatl qilinadi va tirik qollganlari bilan quyidagi mazmunda xat jo’natiladi. Portugaliyaliklar, bizni bu dunyoda yo’q deb o’ylamanglar. Yaponiya qirg’oqlariga kelgan kemalar yo’q qilinib, kema a`zolari o’ldiriladi. Yaponiyaliklarga esa mamlakatni tark etish esa o’lim bilan tugaydi. Bu ishlardan maqsad Yaponiyada Yevropaliklarning kirishiga yo’l qo’ymaslik va feodal tartibning saqlab qolinishi edi. Syogun va feodallar, agar Yevropa bilan aloqa qilinsa, ularning rejimlari barbod bo’lishidan qo’rqar edilar. "Yopiq mamlakat" siyosati asosan 1637 yilda Nagasaki yaqinidagi Simabarada ro’y bergan dehqonlar qo’zg’olonidan so’ng kuchaytirildi. Bu qo’zg’olon janubiy Yaponiyaga kirib kelgan katolik missionyerlar olib kelgan xristianlik bayrog’i ostida o’tdi. "Yopiq, mamlakat" so’ng Yevropa bilan savdo aloqasi tugadi.

    XVII va XIX asrning birinchi yarmida maorif va fan sohasida o’sish boshlandi. Samuray bolalari va knyaz bolalari o’qitiladigan hukumat maktablaridan tashhari, shaharlarda shaxsiy maktablar ham paydo bo’la boshladi. XVIII asrda bu maktablar soni 270 taga yetdi. Ular orasida texnik mutaxassislik va meditsinadan saboq beradigan o’quv yurtlari bor edi. Syogun poytaxtida amaldorlar tayyorlaydigan akademiya bor edi. 1762 yilda "Yevropacha bilimlarni" o’rganadigan o’quv yurti ochildi. By ikki o’quv yurti oliy maktablarning boshlanishi edi. Tokugava davrida matematika maktabini yaratgan Tokakadzu Seni (1642 - 1708) buyuk olim edi. XVII asr boshida Yaponiyada gazetalar nashr qilina boshlandi.

    Yaponiyaning Tokugava tomonidan markazlashtirilishi ishlab chiqarish kuchlarining o’sishiga olib keladi. XVII asr davomida ekin yyerlari kengaydi, qishloq xo’jalik texnikasi rivojlandi. Hunarmadchilik rivojlandi. Ichki savdo kengaydi. Shu asosda Yaponiyaning feodal iqtisodiyotida kapitalistik hayot tarzi yuzaga keldi. Ishlab chinarish kuchlari feodal iqtisodiyotning ichki qarama - qarshiligi evaziga o’sib bordi. Mutlaq feodal tartib o’rnatishlar XVIII asr o’rtasiga kelib iqtisodiy turg’unlikka olib keldi. Soliqlar bir necha yil oldin olindi. Bu esa dehqonlar qo’zg’oloniga olib keldi. Bu qo’zg’olonlar to’lqini XVIII asr - XIX asrning boshida butun Yaponiyani qamrab oldi.

    XVIII asr oxiridan boshlab dehqon qo’zg’olonlari bilan bir qatorda shaharlik qashshoqlarning feodadlarga qarshi chiqishlari yuz byerdi.

    1787 yilda Osaka aholisi gurunch narxining balandligi sababli qo’zg’olon ko’tardi. Keyin esa "Gurunch qo’zg’oloni" nomini olgan ommaviy chiqishlar Yaponiyaning boshqa shaharlarini ham qamrab oldi.




    Download 278.81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 278.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tokugava Syogunati davridaYaponiya

    Download 278.81 Kb.