• AVTOR : J.B.SALIEV RAHBAR : Q.G.KARIMOV MUNDARIJA
  • Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi




    Download 1.32 Mb.
    bet1/15
    Sana04.04.2017
    Hajmi1.32 Mb.
    #3178
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI
    MALAKAVIY BITIRUV ISHI
    MAVZU: Tabiiy gazni suniy holda siqib suyultirish jarayoni loyihalash. Kompressorni hisoblash.Quvvati 4.75 mlrd. m3

    GURUH : 23-09

    AVTOR : J.B.SALIEV

    RAHBAR : Q.G.KARIMOV

    MUNDARIJA









    Sahifa beti




    Kirish ………………………………………………………………

    3



    Texnik- iqtisodiy asoslar …………………………………...............

    7



    Xom-ashyo, moddalar va tayyor mahsulot tavsifi …………………

    9



    Texnalogik jarayon tavsifi ………………………………………....

    23



    Asosiy qurulmaning hisobi ………………………………………...

    36



    O’lchash asboblari va avtomatlashtirish …………………………...

    43



    Atrof – muhit muhofazasi ……………………………………........

    49



    Fuqaro muhofazasi ……………………………………...................

    55



    Mehnat muhofazasi ……………………………………..................

    62



    Iqtisodiyot bo’limi ……………………………………....................

    69



    Bitiruv ishining qisqacha mazmuni ………………………………..

    74



    Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………........

    77

    KIRISH

    O'zbekiston amalda Fors ko'rfazi,Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazidir.

    I.A.Karimov


    Kirish

    Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi. Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar- benzin, kerosin, dizel va qozonxona yoqilg’isi (mazut) olish uchun foydalaniladi.  Shuningdek, neftdan maxsus va surkov moylari ham ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonlari orqali olingan  maxsulotlar plastmassalar, sintetik kauchuk va smola, sun’iy tola, yuvish vositalari va shu kabi bir qator xalq xo’jaligi uchun zarur maxsulotlar ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida foydalaniladi.

    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab ishlab chiqarishning asosiy sohalaridan hisoblangan neft va gaz sanoatiga katta e’tibor qaratildi. Mamlakatimiz prezidenti  I.A. Karimovning 1992-yildagi neft va gaz sohasini rivojlantirish to’g’risidagi qaror va farmonlari sohada qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’lamini aniqlab berdilar. Respublika yoqilg’i-energetika mustaqilligiga erishish maqsadida mavjud ishlab turgan zavodlar qatoriga yangi zavodlar qurishga kirishildi. Yangi quriladigan zavodlar ishga tushishi bilan ichki bozordagi yoqilg’i maxsulotlariga bo’lgan talabni qondirish bilan birgalikda tashqi bozorga ham maxsulot eksport qilish ko’zda tutilgan edi.

    O’zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar neft va gazni qayta ishlash zavodlari Oltiariq (1904 yil), Farg’ona (1958 yil), va Muborak (1971 yil) gazni qayta ishlash zavodlari qatoriga 1997-yil 22-avgustda ishga tushurilgan Buxoro neft va gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan zavod va 2001 yilda Sho’rton gaz-kimyo majmuasi qo’shildi. Hozirgi kecha kunduzda Ustyurt platosida Janubiy Koreya respublikasi bilan hamkorlikda qurilishi boshlangan “Ustyurt gaz-kimyo majmuasi” 2016 yilda ishga tushirilishi ko’zda tutilmoqda. Umuman, O’zbekistondagi neft va gazni qayta ishlash sohasini vujudga kelishiga nazar solsak, XIX-asr oxirida Farg’ona vodiysida ochilgan dastlabki konlar asosida 1904 — 1906 yillarda O’zbekistonda birinchi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi asosan neftni birlamchi qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, hozirgi vaqtdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,5 mln. tonnani tashkil etadi.

           Maxsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida 1958 yilda Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodda neftni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Uning hozirgi vaqtdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 5,5 mln., tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan. Zavodda shuningdek, yiliga 500 ming tonna moy ishlab chiqarish quvvatiga ega qurilmalari mavjud. 1996 yil Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi chet el ilg’or texnologiyalari (Yaponiya) asosida qayta rekonstrukstiya qilindi. Hozirda zavodda neft maxsulotlarini 50 dan ortiq turi ishlab chiqariladi.

           Respublikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash sohasiga ham katta e’tibor berildi. 1971 yil dekabr oyida Muborak gazni qayta ishlash zavodi birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan xalq xo’jaligi uchun eng arzon yoqilg’i, tabiiy gaz etishtirib beradi. Muborak gazni qayta ishlash zavodining dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 tabiiy gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978-1980 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvati 10 mlrd.m3 ni tashkil etadi. 1984-yil to’rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3 ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi xom-ashyo manbalari asosan yuqori oltingugurtli ( 4,5- 5,0 %) O’rtabuloq. Dengizko’l-Havzak, Somontepa konlari va kam oltingugurtli ( 0,08-0,3 %) Kultak, Zevarda, Pamuk, Alan gaz konlaridir. Zavodning Download 1.32 Mb.

      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1.32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi

    Download 1.32 Mb.