• Autodesk
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 4.69 Mb.
    bet2/96
    Sana03.04.2021
    Hajmi4.69 Mb.
    #14042
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
    IV. Adabiyotlar ro`yxati.............................................................75

    Kirish.

    Mavzuning dorzarbligi - Jahon miqiyosida barcha rivojlangan mamlakatlarda fan va texnika, ishlab chiqarish vositalari va texnologik jarayonlar deyarli to’liq kompyuterlashtirilgan. Shuningdek, bumamlakatlarda ta`lim tizimining hamma o’quv fanlarinio’qitishda va barcha ishlab chiqarish korxonalarida yangi texnika va texnologiyalarni yaratishda loyixalash ishlarini aftomatlashtiruvchi o’ta katta imkoniyatlarga ega bo’lgan grafik dasturlar asosida kompyuterdan foydalanib kelinadi.

    Hozirgi zamon talablariga mos bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash uchun uzluksiz ta`lim tizimining barcha bo’g’nlarida, ya`ni maktab, kasb- hunar kollej va oily o’quv yurtlarida o’quv fanlarini kompyuterlashtirishga katta ahamiyat berishni xalq ta`limi va Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirliklari OO’YU pedagog olimlari zimmasiga yuklangan.

    Bu esa bugungi kunda pedagog kadrlardan bu sohada o’z bilimlarini chuqur egallashni va ularni yoshlarga, ayniqsa talabalarga o’rgatishni taqoza qiladi.

    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab oliy ta`lim tizimini isloh qilishga katta e`tibor bermoqda. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, har bir mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy mavqeini, uning intelektual boyligi, ya`ni nazariy bilim va amaliy malakaga ega bo’lgan kadrlar ta`minlab bermoqda. Intelektual boyligimizning kelajagimiz uchun asosiy omillardan ekanligini hisobga olgan holda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta`lim to’g’risida» qonun qabul qilindi. Milliy bosqichning ikkinchi sifat bosqichida «Ta`lim muassalarining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi. O’quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik tehnologiyalar bilan ta`minlanadi. Uzluksiz ta`lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi» deb belgilab qo’yilgan. Ushbu muammoning nihoyatda dolzarbligini hisobga olgan xolda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» to’g’risidagi Farmonlari e`lon qilindi.

    Ushbu farmonda maktablar, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarining ta`lim jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarni egallashga hamda ularni qo’llanishiga asoslangan ilg’or ta`lim tizimlarini kiritish belgilab qo’yilgan.

    Ma`lumki, kompyuter grafikasi 2000 yildan boshlab ikki turga, hisoblash- ko’rgazmali (illyustrativ) va muhandislik kompyuter grafikasiga bo’lingan. Respublikamizning ko’pchilik o’quv maskanlarida uning birinchi turi bilan shug’llanib kelinadi. Chizmachilik va muxandislik fanlarini o’qitishda chizma primitivlarni kompyuterda avtomatik loyixalash asosida bajarish, negadir nazardan chetda qolmoqda. Ko’pchilik o’quv maskanlarida muxandislik fanlarini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga katta e`tabor berilmayotgani ham achinarli xoldir.

    Shu sababli oliy o’quv yurtlarida talabalarning muxandislik kompyuter grafikasidan o’zlashtirishini va bilimlarini qoniqarli darajada deb bo’lmaydi. Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

    1. O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining texnik ta`minotini, ya`ni kompyuter bilan yetarli ta`minlanmaganligi;

    2. Muxandislik kompyuter grafikasidan o’quv adabiyotlarning kamligi;

    Shuning uchun ushbu qo’llanmani yuqorida qo’yilgan muammolarni yechish, axborot texnologiyasining grafik imkoniyatlarini barcha o’quv maskanlarida va malaka oshirish institutlarida chizmachilik va mutaxassislik fanlardan bajariladigan grafik ishlarga joriy yetishning ta`minoti sifatida baxolash mumkin.

    Jaxon tajribasiga ko’ra barcha loyixalash ishlarini o’quvchi va talabalar, ilmiy xodimlar va loyixachi- konstruktorlar hozirgi zamon grafik dasturlaridan biri bo’lgan Auto CAD dasturi asosida kompyuterda bajaradilar.

    Biz o’rganmoqchi bo’layotgan dastur Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan AutoCAD grafikaviy dasturidir. Autodesk firmasining juda ko’plab dastur mahsulotlari mavjud bo’lib (AutoCAD, ArchiCAD, AutoCAD Electrical, 3ds Max, Design Review…), butun dunyoda keng ommalashib ketgan, eng so’ngi texnologiyalarni o’zida mujassamlashtiradi. Firmaning dastur mahsulotlari ichida AutoCAD dasturi muhim o’rin tutadi. U asosiy bo’lib, qolgan dasturlar uning asosida yaratilgan hisoblanadi. Grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham soda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi. Shunisi e’tiborga loyiqki u bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali o’rin tutadi degan umiddamiz.



    “Kompyuter grafikasi” fani birinchi navbatda informatika fani bilan bog’liqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter grafikasini o’zlashtirib bo’lmaydi. Demak ta’lim tizimida avval informatika fani talabalar tomonidan o’zlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab o’rganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi. AutoCAD grafik dasturi chizma yaratish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham chizmachilik, geometriya, chizmachilik fanining nazariyasi hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq fanlarni bilishni talab etadi. Oddiy geometrik yasashlar (aylanani teng bo’lakarga bo’lish, aylana yoyi, urinma, vatar, burchak bissektrisalarni o’tkazish, perpendikulyarlik va parallellik xossalari…)ni bilish talab etiladi. Aks holda o’zimiz buyruqlar majmuasini noto’g’ri berib dasturdan biron bir amalni bajarishini talab etishimiz o’rinsiz. Qisqa qilib aytganda AutoCAD grafik dasturini o’rganishda dastlab informatika so’ng chimachilik va chizma geometriya fanlari o’zlashtirilgan bo’lishi lozim.

    Tadqiqot dorzarbligi shundan iboratki bugungi kunga kelib chizmachilik kursida har bir mavzular o`zining alohida o`rinlaridan birini egallaydi. Hozirda texnika taraqiyoti jadal rivojlangan bir paytda kompyuter grafik dastur orqali murakkab bo`lgan chizmalarni osongina chizish imkonini berdi. Mavzuni olishdan maqsad murakkab bo`lgan tutashmalarni Auto cad grafik dasturida bajara olish imkoniyatlarini ko`rsatish. Bu asosan bir necha murakkab bo`lgan tutashmalarni chizishda talaba va o`quvchilarning grafik dastur bo`yicha fazoviy tasavvurlarini oshirishni ta`minlaydi.



    Download 4.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




    Download 4.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 4.69 Mb.