• Mavzu: Turizm industriyasi Bajardi: MR-313 guruhtalabasi MAXMUDOV M. Ilmiyrahbar: Tursunova G.
  • Iqtisodiyot va servis




    Download 11.85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/17
    Sana07.11.2022
    Hajmi11.85 Mb.
    #29288
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    turizm industriyasi
    dastur, Millimetrovka, Alfred Adlerning psixologik qarashlari ppt


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
    SAMARQAND 
    IQTISODIYOT VA SERVIS 
    INSTITUTI
     
    «Iqtisodiyot vamenejment» fakulteti 
    «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi 
    “Marketing(Turizm)” yo’nalishi 
    Turizm asoslari fanidan 
     
    Mavzu:
    Turizm industriyasi 
     
    Bajardi: MR-313 guruhtalabasi 
    MAXMUDOV M. 
    Ilmiyrahbar: Tursunova G. 
    Samarqand – 2014 
     
    KURS ISHI 


    Reja: 
    Kirish. 
    Asosiy qism: 
    1.Turizmni industriyasi tushunchasi. 
    2. Mehmonxona va ovqatlantirish xizmatlari.
    3. Transport va ekskursiya xizmatlari. 
    4. O’zbekistonda turizm industriyasining rivojlanish holati. 
    5. Turpaket. 
    Xulosa. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    Kirish 
    Turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun 
    muhim ahamiyat kasb etishini va u yigirma birinchi asr jahon xo‘jaligining ustuvor 
    tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim. 
    O‘zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha 
    zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-
    iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham 
    xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. 
    Zamonaviy turistlik tashkilot va korxonalar bugungi kunda yangi axborot 
    tizimlari, kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi texnika bilan ta’minlangan 
    yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga ega. Mijoz sifatli xizmatlarni olishi zarur – 
    bu davr talabi bo‘lib qolmoqda. Ushbu muammoni amalga oshirishda mutaxassis 
    kadrlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
    Hozirgi davrda mamlakatni iqtisodiy modernizatsiyalash bosqichida turizm 
    va mehmondo‘stlik industriyasi sohasidagi yechimini kutib turgan masalalar 
    qatorida, turizm industriyasi mehnat bozorida ishlovchi xodimlarga qo‘yiladigan 
    malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb masala 
    bo‘lib turibdi.
    Hozirgi kunda turizmning jahon xo‘jaligidagi hissasi yil sayin oshib, u 
    muhim makroiqtisodiy tarmoqlar qatorida rivojlanmoqda. Mazkur soha dunyodagi 
    ko‘pgina davlatlarning daromad manbai sifatida ularning milliy iqtisodiyotida 
    asosiy o‘rin tutmoqda. Shu jihatdan O‘zbekistonda mazkur tarmoqqa etiborni 
    kuchaytirish muhim masalalardan biridir.
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng xo‘jalikning 
    barcha tarmoqlarida tub islohotlar olib bormoqda. Jumladan, turizmni 
    rivojlanishiga ham davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. 
    Prezidentimiz O‘zbekistonda “Yangi, istiqbolli yo‘nalishlar misol uchun, 
    turizm, mehmonxona xo‘jaligi, restoran biznesi, uy-joy qurish hamda ta’mirlash va 
    boshqa sohalarni rivojlantirish uchun beqiyos imkoniyatlar bor” deb ta’kidlab 
    o‘tganlar. Darhaqiqat, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish mustaqil 


    mamlakatimizning iqtisodiyotini mustahkamlash bilan bir qatorda uning jahon 
    hamjamiyatidagi o‘rnini oshiradi. G‘arb davlatlarida restoranlar xo‘jaliklarini 
    boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba yig‘ilgan. Restoran sanoati korxonalari 
    faoliyatida xorij tajribasini o‘rganish, shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish 
    sifatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Ammo O‘bekistondagi turizm sohasining 
    o‘ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotganligini etiborga olish lozim. 
    Bugungi kunda bizga jahon talablariga javob beruvchi turizm industriyasini 
    rivojlantirishning milliy modelini yaratish va unda mehmonxona va restoran 
    biznesini rolini oshirish bo‘yicha takliflar kiritilgan izlanishlar kerak. 
    Ushbu kursning dolzarbligi hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida 
    turizm sanoati sohasida eng yaxshi boshqaruv qarorlarini qabul qilish, 
    boshqaruvni takomillashtirish zaruriyati bilan bog‘lik. Mehmonxona xizmatlari 
    sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ko‘rib chiqish xizmat ko‘rsatish darajasi va 
    mehmonxona xizmatlarini ishlab chiqish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. 
    Bozor munosabatlarining rivojlanishi yangi vazifalarni yuzaga keltiradi, bu esa 
    boshqaruvni takomillashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Mehmonxonalar 
    boshqaruvchilarining doimiy ravishda xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarishni
    yaxshilash, uni kengaytirishga e’tiborni qaratish, binolarni rekonstruksiya qilish, 
    yangi texnologiyalarni kiritish va boshqalarni tushunishlari muhim ahamiyatga 
    ega. 

    Download 11.85 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 11.85 Mb.
    Pdf ko'rish