Iqtisodiyot va servis




Download 11.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana07.11.2022
Hajmi11.85 Mb.
#29288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
turizm industriyasi
dastur, Millimetrovka, Alfred Adlerning psixologik qarashlari ppt
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


3. Transport va ekskursiya xizmatlari 
Tashish tizimi turistlarni piyoda bir joydan boshqa bir ikkinchi joyga 
o‘tkazishni istisno qilganda, texnik taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi: 
· fillar, tuyalar, otlar, eshaklar, itlar kabi hayvonlardan; 
· er usti mexanik harakat vositalaridan (velosiped, avtomobil,
avtobus, temir yo‘ldan); 
· havoda harakatlanish vositalaridan (havo transportidan); 
· suv transportidan - qayiq, sollar, daryo va dengiz suv usti va osti 
kemalaridan foydalanish asosida turg‘un ravishda shakllanadi. 
Turistlarni bir joydan boshqa joyga olib boruvchilar ish bosqichlariga, 
ularning turistlik mahsulot tarkibidagi o‘rniga muvofiq ravishda asosiy va 
yordamchi tashuvchilarga bo‘linadi. 
Ish bosqichlariga ko‘ra ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin: 
· transfer, ko‘p hollarda avtobus, turistlarni jo‘natish, joyidagi asosiy 
tashuvchiga yetkazib berish, turistlarni aeroport terminalidan, vokzaldan 
mehmonxonaga eltish hamda xuddi shu operatsiyalarni turistlar
vatanlariga qaytayotganlarida bajarish; 
· turistlarni borishlari kerak bo‘lgan uzoq masofalarga eltish; 
· avtobus va temir yo‘l turlarida marshrut bo‘yicha olib yurish, bunda 
tashish bosqichi aslida turning zaruriy va asosiy elementi bo‘ladi, tashish 
vositalari esa, ko‘pincha tunash joylariga aylanadi, bunga dengiz 
sayohatiga doir marshrutlarni ham kiritish mumkin
· ekskursion marshrutlardagi tashish, masalan, shahar bo‘yicha, 
tematik bog‘lardagi va boshqa tashishlar; 
· shopping turlar uchun yuk tash. 
Joylashtirish - turizm industriyasining eng muhim elementlaridan biri 
hisoblanadi. 
Joylashtirish (tunash) bo‘lmasa turizm ham bulmaydi. Bu turistlarni qabul 
qilib olish va o‘z turistlik resurslarini ishlatishdan qat’iy nazar va katta daromad 


olishga tashna bo‘lgan har qanday turistlik region va markaz iqtisodiyotining 
talabidir. Mehmonxona industriyasi mexmondo‘stlik tizimi-ning mohiyatidir. U 
insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos bo‘lgan mexmonni 
hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish tantanalari kabi eng 
qadimgi an’analaridan kelib chiqadi. Shuni ta’kidlash kerakki, mutlaqo tranzit 
turistlar va ekskursion xizmat ko‘rsatish hisobiga yashaydigan turistlik markaz va 
joylar mavjud. Lekin bu holda yaxshi foyda olish uchun turistlik mahsulot tovarni 
tashkil qiluvchi xususiyatga ega bo‘lish kerak. 
Mehmondo‘stlikning (meqmon qabul qilish) industriyasi - bu mintaqa yoki 
turistlik markaz xo‘jaligining eng kuchli tizmidir va turizm iqtisodiyoti-ning 
muhim tarkibiy qismidir. 
Mehmon qabul qilish industriyasini kollektiv va individual joylashtirishning 
turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va 
yotoqxonalari, appartomentlar, turistlik xutorlar, shuningdek, turistlarni 
joylashtirishda ishtirok etvchi xususiy sektor vositalarini tashkil etadi. 



Download 11.85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 11.85 Mb.
Pdf ko'rish