Iqtisodiyot va servis




Download 11.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana07.11.2022
Hajmi11.85 Mb.
#29288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
turizm industriyasi
dastur, Millimetrovka, Alfred Adlerning psixologik qarashlari ppt
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1.Turizmni industriyasi tushunchasi 
Turizm industriyasi – bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, 
transport vositalari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, ko‘ngil ochish ob’ektlari va 
vositalari, bilim orttirish, davolash, sog‘lomlashtirish, sportga doir, diniy-
marosimchilik, ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm 
operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek, turistlik-
ekskursiya va gid-tarjimonlik xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotlar majmuidir. 
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida» gi Qonunda turistlik 
industriya tushunchasi quyidagi tarzda ta’riflanadi: Turistlik industriya - turistlik 
faoliyatning turistlarga xizmat ko‘rsatishini ta’minlovchi turli sub’ektlar 
(mehmonxonalar, turistlik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, 
umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, ekport muassasalari va 
boshqalar) majmui.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatning yoki turistlik markazning 
ijtimoiy tuzilishidan qat’iy nazar turizm sohasida turistlik faoliyatni amalga 
oshiruvchi bir qancha turli xildagi korxonalar, chunonchi: turizmni 
tashkillashtiruvchi turoperator va turistlik agentliklar mavjud. Bundan tashqari 
turistlarni tashuvchi, mehmonxonalar va joylashtirish tizimining boshqa 
korxonalari, umumiy ovqatlanish, attraksionlar va ko‘ngil ochar joylari, 
shuningdek, ular qatoriga bank sohasidagi muassasalar, sug‘urta xizmati va 
boshqalar kiradi. Turizmning maxsus turlarida davolash muassasalari, o‘qitish 
tizimi muassasalari hamda aniq turistlik mahsulotning maqsadlariga muvofiq 
keladigan sport va boshqa muassasalar ishtirok etishlari mumkin. Bu 
tashkilotlarning barchasi bir-birlarini uyg‘un ravishda to‘ldirishi va iste’molchi 
uchun zarur bo‘lgan hamda assortiment bo‘yicha yetarli darajadagi barcha 
xizmatlarni ko‘rsatadi. 
Turizm tashkilotchilariga turizm sohasidagi ikki xil korxona mansubdir: 
turoperatorlar va turistlik agentliklar. Bu korxonalar turizm xizmatining o‘zi bilan 
bevosita shug‘ullanmaydilar, balki faqat iste’molchi (turist) bilan bevosita xizmat 


ko‘rsatuvchining o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. O‘z navbatida 
ularning faoliyati - bu ham xizmat ko‘rsatishdir. Fransiyaning turistlik 
qonunchiligida bu korxonalarni ularning mohiyati va vazifasining harakteriga 
muvofiq ravishda turizm tashkilotchilari deb to‘g‘ri nomlaydilar. 



Download 11.85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 11.85 Mb.
Pdf ko'rish