• Otel-garni Mijozlarga cheklangan miqdordagi xizmatlarni: joylashuv va kontinental nonushtani taqdim etuvchi korxonalar. Pansion
  • Mehmonxona- hovli
  • Botel Mos ravishdagi jihozlangan kichik kema sifatida foydalanuvchi suvdagi uncha kata bo‘lmagan mehmonxona. Flotel
  • Iqtisodiyot va servis




    Download 11.85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/17
    Sana07.11.2022
    Hajmi11.85 Mb.
    #29288
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
    Bog'liq
    turizm industriyasi
    dastur, Millimetrovka, Alfred Adlerning psixologik qarashlari ppt
    «Tunash va 
    nonushta» 
    xilidagi 
    xususiy 
    mehmonxona 
    AQShda keng tarqalgan. Bu mehmonxona kichik (ba’zida 
    o‘rta) sig‘imli. Shahar atrofida yoki qishloq joylarda 
    joylashgan. Xizmat ko‘rsatishga, qoidaga ko‘ra, nonushta va 
    uy sharoitidagi yengil tamaddi kiradi. Mijozlari bo‘lib uy 
    sharoitiga intiladigan tijoratchilar va yo‘nalishdagi turistlar 
    hisoblanadi. 
    Otel-garni 
    Mijozlarga cheklangan miqdordagi xizmatlarni: joylashuv va 
    kontinental nonushtani taqdim etuvchi korxonalar. 
    Pansion 
    Xizmatlar darjasini cheklanganligi va oddiy standartli 
    korxonalardir. Otel-garnilardan farqli ravishda bu yerda 
    nonushta, tushlik va kechki ovqat (to‘liq pansion) taqdim 
    etiladi. Biroq ovqatlanish xizmati faqat mijozlargagina 
    ko‘rsatiladi. 
    Mehmonxona-
    hovli 
    Otellardan sig‘imi, xizmat ko‘rsatishi, sodda standartligi bilan 
    ajralib turuvchi korxona, uchrashuvlar va mehmonlar tashrifi 
    uchun qator jamoa xonalarini mavjud emasligi bilan ajralib 
    turadi. Mehmonxona-hovli tarkibi (strukturasi)da restoran yoki 
    barni mavjud bo‘lishi majburiydir.
    Rotel 
    Tunash uchun mo‘ljallangan kreslolar joylashtirilgan bir yoki 
    ikki o‘rinli vagonlardan tashkil topuvchi harakatlanadigan 
    mehmonxonadir. Xojatxona, oshxona, muzlatgich va keyinish 
    uchun mo‘ljallangan xonalar mavjud. 
    Botel 
    Mos ravishdagi jihozlangan kichik kema sifatida 
    foydalanuvchi suvdagi uncha kata bo‘lmagan mehmonxona. 
    Flotel 
    Ko‘p hollarda «suvdagi kurort» deb nomlanuvchi katta 
    mehmonxona. Turistlarga keng turdagi xizmatlarni taqdim 
    etuvchi shinam nomerlar: basseyn, suv chang‘ilari, baliq 
    ovlash uchun sharoit yaratadigan, suv ostida suzish, suv osti 
    ovi, trenajer zallari, konferensiya va kongresslar uchun zallar, 
    kutubxona, turli-tuman ta’minotlar (telefon, telefaks, teletayn, 
    televizor, va x.k). So‘nggi vaqtlarda turlarga o‘qituvchi 
    kongress-kruizlar, kongress-turlar, biznes-turlarni tashkil etish 
    uchun foydalaniladi. 
    Flaytel 
    Agromehmonxona yoki «uchuvchi otel». Favqulodda qimmat 
    va mehmonxonani kamyob turi hisoblanadi. Qo‘nish 
    maydonchasi va meteorologik xizmat aloqalari bilan 
    jihozlangan. 
     
    Ovqatlanish har qanday insonning tabiiy ehtiyojidir. Ovqatlanish, turizmda 
    odatdagi oddiy va zaruriy ehtiyojdan tashqari yana ko‘ngil ochish va mahalliy 
    madaniyatning, xususan, gastronomiyaning muhim tarkibiy qismini anglash 
    sifatida ham karaladi. Milliy taom xalq madaniyatining muhim qismi bo‘lib, o‘zida 


    aniq ajralib turuvchi xususiyatlarni mujassamlantiradi, bilish jarayonining elementi 
    va xuzur-halovat olishning vositasi hisoblanadi. 
    Umumiy ovqatlanish tizimi turistlik markaz yoki mintaqaga tashrif 
    buyuruvchilarning ehtiyojlarini qondiruvchi turli toifadagi restoranlar, barlar, kafe 
    hamda oshxonalar, tez ovqatlanish va o‘ziga-o‘zi xizmat qilish punktlaridan 
    tashkil topadi. Ovqatlanishning turi - ertalabki nonushta, yarim pansion, to‘liq 
    pansion doimo turistlik xizmatlari ko‘rsatish tarkibida belgilangan bo‘ladi.

    Download 11.85 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




    Download 11.85 Mb.
    Pdf ko'rish