• Ushbu yangilik o‘quvchilarga qanday qulayliklar yaratadi
  • O‘zbekistonda ta’limni raqamlashtirish yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?




    Download 223,33 Kb.
    bet1/4
    Sana19.05.2024
    Hajmi223,33 Kb.
    #244053
      1   2   3   4
    Bog'liq
    ta\'limni raqamlashtirish.


    O‘zbekistonda ta’limni raqamlashtirish yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha bir-qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, joriy yildan boshlab maktabning 9 va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yildi.


    Hukumatning tegishli qarori asosida mazkur elektron shahodatnomaning davlat namunasi hamda shahodatnomalarni berish tartibi tasdiqlandi.
    Ayni vaqtda elektron shahodatnoma platformasi (“e-shahodatnoma.uz”) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilindi.
    Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tilida shakllantiriladi.
    Ushbu yangilik o‘quvchilarga qanday qulayliklar yaratadi?
    Maktab bitiruvchilari endi o‘z shahodatnomasini yonida olib yurishi talab etilmaydi. Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.
    Shu bilan birga bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash uchun Adliya vazirligining Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari hamda Personallashtirish agentligiga integratsiya qilinadi.
    Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
    Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
    Attestat dublikatini olish muddati 7 kun qilib belgilandi. Bu o‘quvchi va ota-onalarning vaqtini tejash, ularni ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etishga katta yordam berishi aniq.
    Avval fuqaro attestat dublikatini olish uchun maktabga borishi, 3 ta hujjat taqdim etishi va 30 kungacha kutishiga to‘g‘ri kelgan. Bu vaqt va asabning behuda sarflanishiga sabab bo‘lgan.

    Bundan tashqari, xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostirifikatsiya) bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish ham davlat xizmatlari markazi yoki “my.gov.uz” elektron portali orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.


    Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyuldagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (“my.gov.uz”) orqali 5 ta turdagi davlat xizmati ko‘rsatib kelinmoqda. 
    Ma’lumot uchun 2023-yil davomida:

    • 35 571 nafar fuqaroga shahodatnoma dublikati berildi;

    • 9 307 nafar fuqaroning eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun arizalari qabul qilindi;

    • 684 nafar xorijiy davlatda umumiy o‘rta ta’lim olgan fuqaroning hujjatlari nostrifikatsiya qilindi;

    • 145 nafar chet el fuqorasining farzandlari maktabga qabul qilindi;

    • 11 416 nafar ota-ona farzandini bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalandi.

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.
    TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH KONTSEPSIYALARI MAZMUN VA MOHIYATI

    Download 223,33 Kb.
      1   2   3   4




    Download 223,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda ta’limni raqamlashtirish yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

    Download 223,33 Kb.