|
O’zbektelekom” ak buxoro filiali Topshird
|
bet | 1/2 | Sana | 31.07.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #268980 |
Bog'liq Mavlonov Behzod
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
020-20 guruh talabasi
Mavlonov Behzodning
O’QUV AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOT
“O’zbektelekom” AK Buxoro filiali
Topshird: ___________________________
Amaliyot rahbari: ____________________
Toshkent-2024
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism:
1. “O’zbektelekom” kompaniyasi haqida.
2. “O’zbektelekom” AK tarixi.
3. “O’zbektelekom” AK Buxoro filiali.
III. Amaliyot xulosasi
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Amaliyotning maqsad va topshiriqlari
- kasbiy fikrlashni rivojlantirish;
- tashkiliy va boshqaruv faoliyati bo'yicha ko'nikma va malakalarni egallash;
- bo'lajak mutaxassisni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash;
- mutaxassislik bo'yicha amaliy tajriba orttirish;
Amaliyotni o’tashdan maqsad talabalarning o’qish davomida to’plagan nazariy bilmlarini mustahkamlash va kasbiy malaka va usullarga ega bo’lishdir. Amaliyotni talaba o’zi o’qib o’rganayotgan, kelgusuda ishlashi mumkin bo’lgan korxonaning o’z sohasiga oid bo’limioda o’tashi maqsdadga muvofiqdir.
Talaba o’quv amaliyotini o’tashda korxona, tashkilot tizimi va ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish, iqtisodiy menejmentning asosiy vazifalarini o’rganadi. Shuningdek ishlab chiqarishning texnik jihatdan tayyorgarligini o’rganish, ko’rsatilayotgan xizmat turlari va ularning samaradorligi hamda tariflarning belgilanishini o’rganish, ishlab chiqarish va boshqaruvning taxlil qilinishi kabi vazifalarni talaba o’z o’quv amaliyoti davomida o’rganadi.
Men amaliyotimni O’zbektelekom AK kompaniyasining Buxoro filialining Tarmoqlar bilan ishlash bo’limida olib bordim. Yangi abonentlarni ulash, tarmoqlarni kabellarni o`tkazish, modem va routerlarni o`rnatishni o`rgandim.
Mutaxassislik profiliga muvofiq amaliyot o'quv jarayonining ajralmas qismi bo'lib, talabalar tomonidan umumiy kasbiy va maxsus fanlarni o'rganish jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish va tizimlashtirishga, shuningdek, kasbiy mahorat tizimini o'zlashtirishga qaratilgan. va qobiliyatlari, o'rganilayotgan mutaxassislik bo'yicha kasbiy faoliyatning dastlabki tajribasi.
“O’zbektelekom” kompaniyasi haqida.
Asosiy boshqaruv rahbarlari tarkibi:
Kompaniya direktori- Xasanov Nazirjon Nabijonovich;
Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari- Aripov Jaxongir Abduxakimovich
Moliya direktori v.v.b.- Toxtiyarov Akrom Nurmahamatovich;
Tijorat direktori v.v.b.- Zafarov ASlisher Abdudjaparovich.
“O’zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi o’z tarmog’i bilan O’zbekiston Respublikasi barcha hududlarini qamrab olgan katta telekommunikatsiyalar operatori hisoblanadi. Kompaniya davlat tizimlari va idoralariga telekommunikatsiya xizmatlari yetkazib beradi. Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari asosida qurilgan o’z tarmog’idan foydalanib kompaniya quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
· Qayd etilgan va Mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish;
· Xalqaro va shaharlararo aloqa;
· Ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish barcha xizmat turlarini taqdim etadi;
· Internetga ulanish;
· Videokonferensaloqa;
· CDMA – 450 standartida Mobil va statsionar aloqalar;
· Television va radio eshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil qiladi.
Jahon standartlari va bozor talablariga asosan yagona muvozanatlashtirilgan vaqt tizimini joriy etish yo’li bilan taktli tarmoq sinxronizatsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda, bu kompaniyaning barcha raqmli telekommunikatsiya tarmoqlari ishining sinxronlashuvini ta’minlashga, shuningdek, tarmoqlarni birlashtirish, tarmoq ishidagi uzilishlar kamayishiga imkon beradi
“O’zbektelekom” AK muntazam ravishda, xalqaro aloqa tashkilotlari bilan aloqada faoliyat yuritadi, xalqaro telekommunikatsiya loyihalarida ishtirok etadi, chet el operatorlari va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlik olib boradi. “O’zbektelekom” Kompaniyasi Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XSI), aloqa sohasida Mintaqaviy hamjamiyat (ASMH), “Intelsat” yo’ldoshli aloqa tashkiloti bilan faol hamkorlik qiladi va ASMH operatorlari ittifoqiga kiradi. Kompaniyaning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’i 2 milliondan ortiq raqamlar sig’imiga ega 2 mingdan ko’p ATSlardan tashkil topgan. Ularning 93,6 foizi raqamli hisoblanadi.
Mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini raqamlashtirish elektr aloqa tarmoqlari ishi sifatini ancha oshirishga imkon berdi. Tarmoq abonentlariga yangi xizmat turlarini taqdim etishni ta’minladi hamda foydalanuvchilar keng doirasiga Internet tarmog’iga yuqori tezlikda ulanishi tashkil etishga imkon berdi. Kompaniyaning transport tarmog’i tarmoqni ko’pbosqichli boshqarishni ta’minlovchi zamonaviy SDH tarmoq texnologiyalaridan foydalanish bilan optik tolali va radioreleli liniyalar asosida tashkil etilgan.
Kompaniya paketli kommunikatsiya Xalqaro markazi (PKXM) orqali respublikaning barcha provayderlariga internet global tarmog’iga ulanishni taqdim etadi. Internet tarmog’i va “ O’zbektelekom” AK ma’lumotlar uzatish tarmog’iga ulanish kompaniyaning filiallari tomonidan xDSL va RadioEthernet texnologiyalari hamda kommutatsiyali ulanishdan foydalanib, ajratilgan liniyalar bo’yicha amalga oshiriladi.”O’zbektelekom” AK ma’lumotlar uzatish tarmog’i tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar qatoriga internet tarmog’iga ulanish, VPN, videokonferensaloqa, korporativ tarmoqlarni ishlab chiqish va qurish hamda shu kabilar kiradi. .”O’zbektelekom” AK an’anaviy aloqa sohasida 20 dan ortiq xalqaro operatorlar bilan hamkorlik asosida ikkita kommutatsiya xalqaro markazlari orqali xalqaro telefon aloqasini ta’minlaydi. 2011-yildan UZTELESOMTM savdo belgisi “ O’zbektelekom” AKning Bosh brendi hisoblanadi. Bozorda kompaniyaning xizmatlari uchta – UZTELECOMTM, UZMOBILETM va UZONLINETM subbrendlari ostida ko’rsatiladi.
UZTELECOMTM bosh brendi va “Miliy operator” slogan ostida chakana savdo sektori uchun an’anaviy xizmatlar to’plamini hamda operatorlar uchun ichki va xalqaro bozorlarda xizmatlar barcha turlarini taqdim etadi. UZTELECOMTM korporativ sektor uchun telekommunikatsiya xizmatlar to’plamini ham o’z ichiga oladi: qayd etilgan telefoniya, simli va simsiz KPU ( keng polosali ulanish ), MU (ma’lumotlar uzatish ), VPN ( virtual xususiy tarmoqlar ), IP telefoniya, IPTV, virtual ofis ATS, VKA ( videokonferensaloqasi ), Mobil aloqa, mobil MU.
UZONLINETM savdo belgisi ostida chakana savdo sektori va kichik biznes uchun yangi avlod telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatiladi: IP texnologiyalariga asoslangan xizmatlar – Internet tarmog’iga ulanish, IP telefoniya, IPTV, IP-telefoniya to’lovlari va internet-xizmatlariga haq to’lash universal kartochkalar va boshqalar.
UZMOBILETM savdo belgisi ostida CDMA-450 standarti asosida Mobil va statsiyaar aloqa xizmatlari ko’rsatilmoqda. Kompaniya tarkibida 22 filiallar faoliyat olib boradi, ulardan – 14tasi mintaqaviy, 8tasi ixtisoslashgan va 3tasi sho’ba korxonalar hisoblanadi.
Kompaniya xizmatlarining yuqori sifati va ishonchliligi sifat menejmenti tizimiga muvofiq sertifikatlar bilan tasdiqlangan. 2013 yil 18-noyabrdan “O’zbektelekom” AK sertifikatlash auditioning natijalari asosida O’z DSt ISO 900:2009 ( ISO 9001:2008) talablariga muvofiqlik sertifikati bilan taqdirlangan. 2017 yil 12-yanvarda “ O’zbektelekom” AK qayta sertifikatlashtirish auditidan o’tkazildi va O’z DSt ISO 9001:2009 (ISO 9001:2008 ) talablariga muvofiqligi sertifikati bilan tasdiqlandi. 2018 yilda “O’zbektelekom” O’z DSt ISO 9001:2015 standartining yangi versiyasiga o’tish bilan sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o’tdi.
“O’zbektelekom” AK tarixi
1992-yil ilk bor “O’zbektelekom” davlat elektr aloqa korxonalari konserni tashkil etilgan. Keyinchalik esa 1995-1996 yillarda “Uzbektelecom International” AJ tashkil etiladi. 1997-yilda Aloqa vazirligi O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga aylantirildi. Shu bilan birgalikda “Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi. Kompaniya faoliyatini kengaytirish maqsadida esa bir necha aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyun 253 sonli “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish vazifalari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Mana shu hujjatga muvofiq AK “Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” asosida “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. “O’zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi qoshida “Intal Telekom” filiali tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabr 488 sonli “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorlash choralari to’g’risida”gi Qarori bilan “O’zNet” sho’ba korxonasi “O’zNet” ma’lumotlar uzatish idoralararo tarmoq barcha funksiyalari va vazifalari bilan “O’zNet” filiali sifatida “O’zbektelekom” AKga birlashtirildi. “O’zbektelekom” AK Kuzatuv kengashining 2003-yil 4-martdagi qarori bilan “O’zbektelekom” AK Injener-texnik markazi tashkil etildi. Bunda faoliyat yangi turini o’zlashtirish – CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmati ko’rsatilishi ko’zda tutilgan edi. Aynan shu maqsadlarda “Uzbektelekom Mobayl” filiali tashkil etildi, uning asosiy vazifasi O’zbekiston Respublikasi simsiz aloqa umumilliy tizimini rivojlantirish hisoblanadi. 2003-yildan boshlab Samarqand va Jizzax viloyatlari o’rtasida simsiz radioaloqa tizimi ishlay boshladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aloqa va axborot-kommunikatsion texnologiyalari masalalari bo’yicha Kompleksa Qo’mita majlisining 2004-yil 6-apreldan va “O’zbektelekom” AKning Kuzatuv kengashi 2004-yil 26-may 39 sonli qarori bilan “O’zbektelekom” AK “O’zNet” filiali “Intal Telekom” filialiga birlashtirildi. Yangi tashkil etilgan filial “UzNet” nomi bilan atala boshlangan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentabr 453 sonli qarorini ijro etish yo’lida 2004-yil oxiri va 2005-yil boshida “O’zbektelekom” AK va uning filiallari tomonidan ToshTTS VolP shlyuzini kengaytirish va TSHTT va O’ZNET filiallari asosida qo’shimcha ikki VolP uzellarini tashkil qilish bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. 2006-yilda IEEE 802.16-2004 standarti WiMax pilot loyihasini amalga oshirish boshlandi.
O’quv jarayonini takomillashtirish va “O’zbektelekom” AK mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida 2003-yilda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O’zAAA) va Buxoro axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bevosita ishtirokida “Injener-texnik markazi” (ITM) ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi. Respublikaning barcha viloyat markazlarini qamrab olgan videokonferensaloqa xizmati tatbiq etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-yanvar Qaroriga muvofiq, Xitoy rivojlanish banki (CDB) va Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda, lizing asosida “Ozbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish” investitsion loyihasi amalga oshirildi. Shu bilan birga, NGN “Keyingi avlod tarmog’i” texnologiyalari asosida Buxoro shahri telekommunikatsiya tarmog’ini modernizatsiyalash va kengaytirish amalga oshirildi.
“O’zbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya Markazi sig’imini 2010-yil davomida 2barobarga oshirildi va 2,5 Gbit/s gacha yetkazildi, provayderlar uchun internet-xizmatlari tariflari esa 1Mbit/s uchun 1510 AQSH dollaridan 849 AQSH dollarigacha yoki 44foizga pasaytirilgan. Yillar davomida rivojlanib, o’sib kelayotgan kompaniyaga yangi brend topish va joriy qilish maqsad qilib qo’yildi. 2011-yilda rebrending o’tkazilib, UZTELECOMTM brendi va “O’zbektelekom” AK subbrendlari – UZMOBILETM va UZONLINETM brendlarini keng miqyosda ilgari surish rejalari tuzildi.
1992-yilda viloyatlar aloqa boshqarmalari, davlat pochta va elektr aloqasi boʻlimlari tashkil etidi. „Oʻzbektelekom“ davlat elektr aloqa korxonalari konserni tashkil etildi. 1995-yilda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boshlandi. „Toshkent taksofoni“, „Sirdaryo telekom“ tashkil etilishi, „Buzton“, „Chircom“ qoʻshma korxonalari, „Uzbektelecom International“ AJ tashkil etildi. „Mahalliy telekom“ va „Xalqaro telekom“ aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi. „Toshkent shahar telefon tarmogʻi“, „Toshkent Telekom“, „Andijon Telekom“, „Namangan Telekom“ aksiyadorlik jamiyatlari va boshqalarning tashkil etildi. „Uztelecom“ aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. „Qoraqalpoq Telekom“, „Buxoro Telekom“, „Navoiy Telekom“, „Xorazm Telekom“, „Toshkent telefon-telegraf stansiyasi“ va „Shaharlararo aloqa korxonasi“ aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. „Oʻzbektelekom“ Aksiyadorlik kompaniyasi qoshida „Intel Telekom“ filiali tashkil etildi. Shirkat tarkibiga kiruvchi kompaniyalarni filiallar sifatida birlashtirildi. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabrdagi qarori bilan „OʻzNet“ shoʻba korxonasi „Uztelecom“ga birlashtirildi. „Uztelecom“ni xususiylashtirishga tayyorlash boshlandi.
Shirkat kuzatuv kengashining 2003-yil 4-martdagi qarori bilan „Uztelecom“ qoshidagi injener-texnik markazi tashkil etildi. CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmati koʻrsatilishi boshlandi. „Uzbektelekom-Mobayl“ filiali tashkil etildi. 2003-yildan Samarqand va Jizzax viloyatlari oʻrtasida simsiz radioaloqa tizimi ishlay boshladi.
2004-yil 6-apreldan „Uztelecom“ AK „OʻzNet“ filiali „Intel Telekom“ filialiga birlashtirildi. Yangi tashkil etilgan filial „UzNet“ nomi bilan ataldi. 2004-yil dekabr oyida „OʻzMobayl“ filiali CDMA 450 standartini qoʻllash bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida simsiz abonentlik radio ulanishi tarmogʻini kengaytirdi. Oʻzbekiston alova va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2004-yilda Oʻzbekistonning istalgan joyidan istalgan telefondan oldindan pul toʻlash kartochkasi boʻyicha xalqaro soʻzlashuvlarni amalga oshirishga imkon beruvchi servisli intellektual xizmatlar uchun 805 nogeografik ulanish kodlari kiritildi.
2005-yil boshida „Oʻzbektelekom“ AK va uning filiallari tomonidan ToshTTS VoIP shlyuzini kengaytirish va TShTT va OʻZNET filiallari asosida qoʻshimcha ikki VoIP uzellarini tashkil qilindi, bu oldindan pul toʻlash kartochkalari boʻyicha xalqaro telefon aloqalari hamda Internet tarmogʻiga ulanish xizmatlarini taqdim etishga imkon berdi. 2006-yilda IEEE 802.16–2004 standarti WiMax pilot loyihasini amalga oshirish boshlandi. Videokonferentsaloqa xizmati tatbiq etildi.
2007-yilda Xitoy rivojlanish banki (CDB) va Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda, lizing asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilindi. Toshkent shahri telekommunikatsiya tarmogʻini modernizatsiyalash va kengaytirish amalga oshirildi, videotelefoniya, maʼlumotlar uzatish va Internet tarmoqlariga ulanish xizmatlari tatbiq etildi. 2010-yilda xalqaro paketli kommutatsiya markazi sigʻimini 2 barobarga oshirildi va 2,5 Gbit/s gacha yetkazildi.
2011-yilda „Uzmobile“ va „Uzonline“ brendlari yaratildi.
Shaharlararo, xalqaro va zona ichi aloqa kanallarining umumiy uzunligi 276,2 mln. kanal/km ni tashkil etdi, ulardan 263,5 mln. kanal/km optik tolali aloqa liniyalaridir. 2012-yilda xalqaro paketli kommutatsiya markazi sigʻimini 4 barobarga oshirildi, internet tarmogʻidan foydalanish tariflarini 1 Mbit/s. uchun 529 AQSH dollaridan 422 AQSH dollarigacha pasaytirildi. FTTx, IP-telefoniya/videotelefoniya, IPTV va CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmatlariga oʻtdi.
2013-yilda 2257,4 km.dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi va shaharlararo, xalqaro, zona ichi va mahalliy aloqa kanallari umumiy uzunligi 381,3 mln. kanal/km, ulardan, tashkil etilganlari 368,2 mln. kanal/kmni tashkil etdi. Internetga keng polosali ulangan abonentlar soni 62 foizga, IP-TV foydalanuvchilari soni 4,3 barobar, mobil aloqasi xizmati foydalanuvchilari soni 72 foizga oʻsdi. 2014-yilda xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 15,5 Gbit /s.ni tashkil etdi. 2014-yil 1-dekabrda „Call-centre“ xizmatining 1084 yagona raqami kiritildi
2012-yilda 1576 km masofali optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish va qurish ishlari yakunlandi. Shaharlaro, xalqaro va zona ichi aloqa kanallarining umumiy uzunligi 276,2 mln kanal/km ni tashkil etdi, ulardan 263,5mln kanal/km optik tolali aloqa liniyalaridir. 2012-yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar Xalqaro paketli kommutatsiya markazi sig’imini 4barobarga oshirishga va uni 40Gbit/s gacha yetkazishga, provayderlar uchun internet tarmog’idan foydalanish tariflarini 1Mbit/s uchun 529 AQSH dollaridan 422 AQSH dollarigacha pasaytirishga imkon berdi. Viloyatlar, tumanlar markazlari va respublika shaharlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi 100 foizni, qishloq aholi punktlarini telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi – 95,7 foizni tashkil etdi. 2013-yilda 2257,4 km dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 2014-yil boshiga nisbatan 151,3 foizga o’sib, 15,5 Gbit/s ni tashkil etgan. Aynan shu yil mobaynida respublika bo’yicha 26ta zamonaviy kommutatsiya uskunalari foydalanishga topshirildi.
Kompaniya ketma-ket uchinchi marta “Aloqa” nominatsiyasida nufuzli «Yil brendi» mukofotini qo‘lga kiritdi. 2023 yil davomida UZTELECOM tomonidan respublika bo‘ylab 60 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari yotqizilib, umumiy uzunligi 227 ming kilometrdan ko‘proqqa kengaytirildi. UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab 6000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va yangiladi.
Berlin (Germaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan GCCM Europe 2023 marosimida UZTELECOM “MDH mamlakatlari 2023 yilgi mintaqaviy operatori” unvoniga sazovor bo‘ldi. 2023 yilning 1- va 2-choraklarida O‘zbekistondagi “Eng tezkor mobil tarmoq” deb topildi. Aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan qurilmalarning umumiy sig‘imi 4,8 milliondan ortiq portgacha oshirildi.
100% ijtimoiy soha obyektlari, 92% aholi punktlari internet tarmog‘idan foydalanishi taʼminladi.
Hamkor Apple Inc. bilan olib borilgan muvaffaqiyatli muzokaralar tufayli O‘zbekistonda birinchi marta, iOS 16.4 versiyasiga yangilangan Apple qurilmalari foydalanuvchilari 5G tarmog‘iga ulanish funksiyasiga ega bo‘ldi UZTELECOM Ookla® xalqaro kompaniyasining 2023 yilning 1-2-choragi bo‘yicha “Eng tezkor mobil tarmoq” nominatsiyasida oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi.
UZTELECOM Markaziy Osiyoda Tencent CDN-serverlarini PUBG Mobile o‘yini uchun lokalizatsiya qilish loyihasini amalga oshirgan birinchi kompaniya bo‘ldi “Toshkent” Respublika fond birjasida Kompaniya qimmatli qog‘ozlarini birlamchi joylashtirish bo‘yicha tadbirlar yakunlandi. Unda umumiy hajmi 5 542 046 dona bo‘lgan oddiy aksiyalarni auksionga qo‘yildi.
UZTELECOM mobil aloqa abonentlari uchun VoLTE texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy qilishni boshladi2022 yil iyun oyida Germaniyada bo‘lib o‘tgan tadbirda kompaniya “MDHdagi eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator” deb topildi. “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida 2022 yilda 44,13 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, aholi punktlarini internet bilan qamrab olish darajasini 86 foizga yetkazish imkonini berdi. 2022 yilda bazaviy stansiyalarning umumiy soni 20 420 taga yetdi, aholi punktlarini mobil aloqa xizmatlari bilan qamrab olish darajasi 91 foizni tashkil etdi.
2022 yil yakuniga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilarning umumiy soni *** million abonentni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga o‘sdi.
Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operator va provayderlar uchun tashqi internet kanalining 1 Mbit/s narxi 30 037,88 so‘mgacha pasaytirildi.
Buxoro shahrida Google kesh serveri ishga tushirildi. 2022 yil yakuni bo‘yicha kompaniya xodimlarining umumiy soni 17 747 nafarni tashkil etib, shundan ayollar 26 foizni (4 595 nafar), 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar esa 28 foizni (4 906 nafar) tashkil etdi. Toshkent metropoliteni UZTELECOM kompaniyasining mobil aloqa va mobil interneti bilan to‘liq taʼminlandi. 2021 yil – xalqaro axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga kirishning umumiy tezligi 1800 Gbit/s gacha oshirildi.
50 575 km optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Ushbu liniyalarning umumiy uzunligi 122,5 ming km ni tashkil etdi, optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olish darajasi aholi punktlarining 57 foizini tashkil etadi. Mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish uchun 2021 yilda 902 ta qo‘shimcha baza stansiyalari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 19 233 taga yetdi. O‘zbekiston bo‘ylab 3,4 million xonadonga keng polosali internetdan foydalanish imkoniyati taqdim etildi.
Aloqa kanallarining uzunligi, shu jumladan, shaharlararo, xalqaro va zonal optik tolali aloqa liniyalari 197,13 mln. kanal/km gacha oshdi.
Isteʼmolchilar ovoz berish natijalariga ko‘ra, UZTELECOM aloqa sohasida 2021 yil brendi sifatida tanlandi. 2021 yilda keng polosali internetdan foydalanuvchilar soni 40 foizga oshib, 1,4 million abonentga yetdi. Mobil aloqa xizmatidan foydalanuvchilarning umumiy soni *** million abonentni tashkil etdi.
Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operator va provayderlar uchun tashqi internet-kanalning 1 Mbit/s narxi 25 foizga, yaʼni 40 043,14 so‘mdan 30 045,00 so‘mgacha arzonlashtirildi.
2021 yil may oyida Uptime Institute UZTELECOM bulutli data-markazining loyihalash hujjatlarini tasniflash bo‘yicha Tier III darajali xalqaro sertifikatiga loyiq deb topdi.Bu UZTELECOM bulutli data-markazining ishonchlilik darajasi Uptime Institute tasniflash bo‘yicha xalqaro Tier III tizimiga mos kelishini, yaʼni data-markaz infratuzilmasi “N+1” formulasi bo‘yicha zaxiralanganligini, xatolarga bardoshlik koeffitsiyenti esa 99,982% ni tashkil qilishini anglatadi.
Respublika bo’ylab keng polosali ulanish portlari soni 2 barobardan ko’proqqa orttirilib 2,3 million donaga etkazildi.
Noyob hisob-kitob tizimiga ega bo‘lgan UNITS tariflarining innovatsion to‘plami joriy etildi! Mobil aloqa abonent bazasi 7 mln. donaga yetdi. UZTELECOM savdo belgisi - Iste’molchilar tanloviga ko‘ra Internet provayderlari orasida yil brendi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Birinchi marta UZTELECOM mobil aloqa tarmog’i bazasida MVNO (mobile virtual network operator – virtual mobil tarmoq operatori) operatori xizmatlari ishga tushirildi.
2023-yil UZTELECOM uchun o‘ziga xos yutuqlar va inkor etib bo‘lmaydigan o‘sish davri bo‘lib, O‘zbekiston telekommunikatsiyalari tarixida unutilmas iz qoldirdi. Sizni kompaniyaning barcha yutuqlarini birgalikda ko‘rib chiqishga taklif qilamiz.
2023-yil davomida UZTELECOM tomonidan respublika bo‘ylab 60 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari yotqizilib, umumiy uzunligi 227 ming kilometrdan ko‘proqqa kengaytirildi. Shu bilan birga, aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan qurilmalarning umumiy sig‘imi 4,8 milliondan ortiq portgacha oshirildi. Ushbu muhim qadamlar 100% ijtimoiy soha obyektlarini, 92% aholi punktlarini, jumladan, respublikamizning eng chekka hududlarini ham yuqori tezlikdagi internet tarmog‘idan foydalanishni ta’minladi.
Joriy yilda UZTELECOM internet provayderlarga o‘zining ilg’or infratuzilmasini taqdim etish dasturini (VISP) ishga tushirib, ular uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Bunday hamkorlik provayderlarni o‘z infratuzilmalariga sarmoya kiritish zaruratidan xalos qiladi va ularga UZTELECOMning ishonchli va zamonaviy texnik bazasiga tayangan holda o‘z abonentlariga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga e’tibor qaratish imkonini beradi.
2023-yil boshida kompaniya mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani boshladi. Loyiha doirasida biz O‘zbekiston bo‘ylab 6000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdik va yangiladik. Bu abonentlarimiz uchun mobil aloqaning maksimal barqarorligi va tezligini ta’minladi. Masalan, birgina Samarqand shahrida 1000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Ushbu loyihaning eng muhim yutuqlaridan biri sifatida Toshkent va Samarqand shaharlarida 5G tarmog‘ining keng qamrovi bilan ta’minlanganligini aytish mumkin. Mobil tarmoqning texnik imkoniyatlarini yangilash ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari, 2023-yil dekabr oyida UZTELECOM VoLTE texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy qilishni boshladi.
VoLTE yuqori aniqlik va tarmoq resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash orqali yanada sifatli ovozli qo‘ng‘iroq tajribasini yaratadi.
Hozirda respublika bo‘ylab ushbu texnologiyani rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda va tez orada har bir aholi VoLTE orqali ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.
Qayd etish joizki, modernizatsiya loyihasi faoliyatimizni yanada rivojlantirish, mobil aloqa tarmog‘i qamrovi darajasini kengaytirish va shu orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish imkonini berdi.
Kompaniya abonentlari bu yaxshilanishlarni ko‘rib, O‘zbekistondagi barcha kompaniyalar orasida ketma-ket uchinchi yil o‘z brendi tufayli yetakchilik mavqeini saqlab kelayotgan UZTELECOM brendiga ishonishadi. 2023-yilda “Yil brendi” tanlovida “Aloqa” yo‘nalishidagi g‘alaba buning yana bir tasdig‘i bo‘ldi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar UZTELECOM tomonidan ko‘rilgan choralar samaradorligini tasdiqlaydi. Kompaniya Ookla kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalariga ko‘ra 2023-yilning 1 va 2-choraklarida O‘zbekistondagi “Eng tezkor mobil tarmoq” deb topildi. 5G ta’minoti uchun nufuzli LEAD Awards mukofotiga sazovor bo‘lganligi ham munosib e’tirofdir. Berlin (Germaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan GCCM Europe 2023 marosimida UZTELECOM “MDH mamlakatlari 2023-yilgi mintaqaviy operatori” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Bu yil UZTELECOM jamoasining mashaqqatli mehnati va tinimsiz harakatlarining samarasi yuqori bo‘ldi. Biz nafaqat innovatsion texnologiyalarni taqdim etishga, balki abonentlarimiz uchun ajoyib tajriba yaratishga ham intildik. Buni BARAKALI MILLION aksiyamiz ham tasdiqlaydi, uning doirasida 170 dan ziyod abonentlarga quvonch ulashdik. Aksiyaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 000 000 000 so‘mni tashkil etdi. BARAKALI MILLION aksiyasi o‘z g‘oliblariningg eng ezgu orzularini ro‘yobga chiqardi. Shunday qilib, bosh sovrin – 200 000 000 so‘mni qo‘lga kiritgan birinchi g‘olibimiz ikki orzusini amalga oshirdi: ota-onasini ziyoratga jo‘natib, Nukusdan uy sotib oldi.
2014 yilda Internetga kirish tezligi kattalar uchun 15,5 Gbit/s gacha, bu o'tgan yilgi ko'rsatkichlar bilan 151,3 foizga ko'pdir. Internet-provayderlar uchun keng широкополосному доступу tariflar 1 Mbit/s uchun 276,27 dollarni tashkil etdi, bu 2014 yil boshidan beri 11,6 foizga kamaydi. 2014 yil davomida "Bizatau-Kungrad", "Guzar-Baysun", "DENAU — uzun — Sharqun", "Jaslik — Qoraqalpog'iston", "Maynak — qibla" uchastkalarida keng polosali Internet, HD — TV, Internet— televideniye zamonaviy standartlariga kirish uchun 2000 km optik tolali aloqa liniyalari qurildi Ustyurt, uzun Tojikiston chegarasi. Shuningdek, tarmoqqa keng polosali ulanish xizmatlarini ko'rsatish uchun 640 ming port o'rnatildi, bu 2013 yilga nisbatan 135,1 foizga yuqori. prezidentning 2014-yil 2-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog'ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga muvofiq, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun umumiy qiymati 117,6 million dollar bo'lgan loyihalarni amalga oshirish boshlandi.
“O’zbektelekom” AK Buxoro filiali
Filialning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Kompaniyaning ijro etuvchi apparati rahbarligi ostida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi jahon yutuqlarini inobatga olgan holda, yangi telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish orqali telekommunikatsiya vositalari va tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashda ishtirok etish
Aloqa:
200100, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, I.Mo’minov ko’ch., 2 а uy
Tel: (+998 65) 223-12-33
Faks: (+998 65) 223 - 12 - 33
buxtel@uztelecom.uz
Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish, turlarini kengaytirish va foyda olish maqsadida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash
Filialning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, ular faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish, ishlash jarayonida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
Uskunalar, tuzilmalar va telekommunikatsiya tizimlarining yuqori sifatli texnik ishlashi bo‘yicha majmuaviy ishlarni amalga oshirish
Amaldagi tuzilma “O’zbektelekom” AK aksiyadorlari umumiy yig’ilishining 2019-yil 16-yanvardagi 43-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. “O’zbektelekom” AK ijro organi transformatsiya davrida boshqarma va bo’limlarning tarkibini va sonini o’zgartirish huquqiga ega, shu bilan birga aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida tasdiqlashi lozim.
“O’zbektelekom” AK kompaniyasi quyidagi filiallarga ega:
· “Telekommunikatsiya va personalni boshqarish markazi”;
· “Bosh kommutatsiya markazi”;
· “O’zMobayl” filiali;
· “Axborot tizimlari” filiali;
· Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali;
· Andijon filiali;
· Buxoro filiali;
· Jizzax filiali;
· Qashqadaryo filiali;
· Navoiy filiali;
· Namangan filiali;
· Samarqand filiali;
· Sirdaryo filiali;
· Surxondaryo filiali;
· Farg’ona filiali;
· Xorazm filiali;
· Buxoro filiali;
· “Buxoro shahar telefon tarmog’i” filiali.
“O’zbektelekom” AK Buxoro filialit Buxoro viloyati hududidagi filiali hisoblanadi.
Filial tomonidan davlat boshqart=uv organlari, muassasalar, idoraklar, korxona va tashkilotlarga, shumningdek, shu hududda yashovchiaholiga telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatadi. “O’zbektelekom” AK mavjud litsenziyalari asosida, Buxoro viloyatidagi iste’molchilarga mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqa xizmatlarini hamda telegraf xizmatlarini, shu bilan bir qatordaaloqa tarmoqlari orqaliInternet servis provayderlari bilan hamkorlikda ma’lumot uzatish tarmog’I xizmatlarini ko’rsatadi. Filial tarkibida 13 ta tuman telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat olib boradi.
“Buxoro -Telekom” filialining mahalliy telekommunikatsiya tarmog’I jami 209 telefon stansiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy montaj sig’imi 162 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. 2007-yil yakunid aularning foydalanish sig’imi qariyib 132 ming raqamni yohud umumiy sig’imning 81.5%ini tashki9l etadi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan turli loyihalar natijasida raqamli telefon stansiyalarining umumiy montaj sig’imi 130ming raqamdan oshib ketdi. Ulardan foydalanish sig’imi 113.5ming raqamni (umumiy sig’imning 87.1%ini) tashkil etdi. Viloyatning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish vamodernizatsiya qilish borasida qator investitsiyalar jalb qilindi.
Kompaniyaning moliyaviy hisobotida ko’rsatilgan va aksiyadorlarning umumiy yeg’ilishida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi foyda va zararlar hisob varog’idagi ma’lumotlarning ishonchliligi mulkiy manfaatlari kompaniya yokiunung aksiyalari bilan bog’liq bo’lmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Kompaniyaning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yeg’ilishi o’tkaziladigan sanadan 10 kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tominidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
“O’zbektelekom” AK da ishchilar soni 15.2ming nafardan ortiq. Kompaniya byudjeti 2013-yilda 2,983,800,000 so’mni tashkil qilgan.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi harbir mamlakat uchun muhim va kerakli jarayondir. Shu sababdan ham barcha mamlakatlar iqtisodchilari bu borada izlanishlar olib borishadi. Chunki bir davlatga foydali bo’lgan iqtisodiyot yo’llari boshqa bir davlat uchun ham birdek foydali bo’la olmaydi. Lekin iqtisodchi olimlar turli xil yechimlarni topganlarki bular deyarli barcha davlatlar uchun ham samarli va mosdir. Bularga iqtisodiyotning asosiy kuchi bo’lmish ishlab chiqirishdagi (ishlab chiqarish bilan ishsizlik muammosi yechiladi, aholi ehtiyojlari qondiriladi, boshqa ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelishi bilan iste’molchilar uchun mahsulot narxlari tushadi va hokozolar) ixtisoslashishni misol qila olamiz. Buning natijasida samaradorlikka erishiladi. Shunday samarali iqtisodiy usullardan yana biri integratsiyadir. Iqtisodiy integratsiya kichik korxonalar tortib hattoki mamlakatlar o’rtasida ham vujudga keladi. Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy integratsiya xalqaro iqtisodiy integratsiya deyiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya turli darajada rivojlangan mamlakatlar uchun ham bir xilda foydali bo’la oladi.
Iqtisodiy integratsiya - turli korxona va tarmoqlarning , shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida birbiriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. Iqtisodiy integratsiyaviy ishlab chiqarish-texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiqlarni olib tashlashda namoyon boʻladi. Iqtisodiy integratsiya asosida mehnat taqsimoti yotadi.
Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida iqtisodiy integratsiya yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra iqtisodiy integratsiya tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik ishlab chiqarish majmualari paydo boʻladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertical iqtisodiy integratsiya yuz beradi.
Vertikal iqtisodiy integratsiyaga agrosanoat majmui misol boʻladi, u qishloq xo’jalik, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoqlar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo iqtisodiy integratsiya yuzaga keladi. Buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro iqtisodiy integratsiya eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya uzoq davom etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi. Hozirda xalqaro iqtisodiy integratsiya to’rt bosqichga bo’linadi.
Birinchi bosqichda turli mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda integratsiyalashuv yuz beradi.
Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda integratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy xududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subʼyektlari imtiyozlarga ega boʻladilar.
Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari bir biri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor kilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal dara-jaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957 yildan Yevropada shakllangan (Yevropa Ittifoqi).
Toʻrtinchi bosqichda Iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion alokalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifokiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 yillarda umumiy pul — yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saqlangan holda yagona, umumiy byudjet ham tuziladigan boʻldi.
21-asr boshlaridagi integratsiyaning eng yuqori shakli boʻlgan Iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini maʼlum darajada cheklaydi (milliy parlamentlar va hukumatlarning bir qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan).
Hozirgi davrda jahonning boshqa mintaqalarida ham integratsiya jarayonlari jadal bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, AQSH, Kanada va Meksikani birlashtirgan Shimoliy Amerika uyushmasi, Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN), Tinch okean region uyushmasi (ATES), Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida integratsion hamkorlik kuchayib bormoqda. 1991—2002 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy integratsiyasini chuqurlashtirish yoʻlida jiddiy ishlar amalga oshirildi: zaruriy huquqiy va tashkiliy shartsharoitlar yaratildi, davlatlararo kengash tuzildi, ijroiya qoʻmita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi.
Kompaniya vakillari Uztelecom tomonidan faol joriy etilayotgan yangi wttx texnologiyasi haqida batafsil ma'lumot berib, u optik tolali ulanishlar bilan taqqoslanadigan yuqori tezlikdagi simsiz internetga kirishni ta'minlayotganini ta'kidladi.
Sim Komat innovatsion xizmati tashrif buyuruvchilarning e'tiborini tortdi, bu esa yordam beradi mobil tarmoqqa tezkor ulanish hujjatlarni taqdim qilmasdan. Face ID yordamida shaxsni tasdiqlash texnologiyasi SIM-kartani sotib olishni ancha osonlashtiradi va mijozlarni keraksiz rasmiyatchilikdan xalos qiladi.
UZTELECOM kompaniyasining yangi "videokuzatuv va interkom" xizmati joriy etilishi ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, u mamlakat aholisining xavfsizligi va qulayligi darajasini oshirmoqda.
Shuningdek, kompaniya 5G-ga asoslangan tadbirkorlar uchun sanoat echimlarini taklif etadi. qishloq xo'jaligi loyihasi misolida UZTELECOM fermerlarga dalalar va o'simliklarning namligi, havo harorati va tuproq sifati kabi muhim ma'lumotlarni masofaviy sensorlar yordamida kuzatish imkoniyatini taqdim etadi. Bu hosildorlikni oshirishga, sug'orishni yanada samarali rejalashtirishga va hosil prognozlarini yaratishga yordam beradi.
Bundan tashqari, kompaniya TelecomTV xizmatini taqdim etdi, bu abonentlar uchun yangi interaktiv televizion imkoniyatlarni ochadi. Tadbir doirasida tashrif buyuruvchilar Telecom TV uy kinoteatri orqali ICTWeek va Smart TV chiptasini yutib olishlari mumkin.
XULOSA
Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. Davlatlararo iqtisodiy integratsiya xalqaro iqtisodiy integratsiya deyiladi va uning hozirda to’rt bosqichi bor. Iqtisodiy inytegratsiyadan ko’proq xalq manfaatdor bo’ladi, maxsulotlar va ularni sotib olib kelish hamda turli hildagi xizmatlardan foydalanish oson va arzon, ishchi kuchi bozori erkin bo’ladi.
Maxsulot ishlab chiqarishdagi biron bir soha yoki bosqichga ixtisoslashish o’sha soha yoki bosqichdagi mehnatning samarasini beradi. Ixtisoslashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga yordam beradi. Ixtisoslashish natijasida ishlab chiqarish samaradorligi, bir hil topshiriqni ko’p bajarganidan ishchining o’z ishi borasidagi malakasi ortadi. Xodimlar boshqa turdagi maxsulotga o’tishdagi vaqtni yoqotmaydilar, bir xil maxsulotni uzoq muddat ishlab chiqatrishning samarali usullarini joriy etish ta’minlanadi va rag’batlantiriladi. Ishlab chiqarishdagi ixtisoslashish mamlakatlararo ham bo’ladi.
|
| |