• HAMKORLIKDA O’QITISH TEXNOLOGIYALARI. HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING ASOSIY YO’NALISHLARI.
  • Hamkorlik ta’limi
  • Pragmatik aspektlari fanidan mustaqil ishi




    Download 136.77 Kb.
    bet1/3
    Sana04.12.2023
    Hajmi136.77 Kb.
    #111105
      1   2   3
    Bog'liq
    HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING KONSEPTUAL G’OYALARI
    Amaliy mashg’ulot (KIA) №4, Hisobot2, C#, Hudoyberdiyeva Muhayyo Halimovna, KIDS` ENGLISH 2. INGLIZ TILI DARSLIGI 2- SINF UCHUN. , AA, ReadMe UzLAp Office 2003, 1-MLSB, TITUL, 10-sinf algebra, (5-6-7-8-9-10) Informatika test javoblar, 1-uzb-dateline (6), JAHON BANKLARI BILAN HAMKORLIKDA ISHLASHNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI, SS






    SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULTETI PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI (FAOLIYAT TURLARI)


    PRAGMATIK ASPEKTLARI FANIDAN


    MUSTAQIL ISHI


    Mavzu: HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING KONSEPTUAL G’OYALARI


    Bajardi: Musurmonova G
    Tekshirdi: Jalolova P

    Qарши шаhри-2011 йил.





    1. 1


    REJA



    1. HAMKORLIKDA O’QITISH TEXNOLOGIYALARI.




    1. HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING ASOSIY YO’NALISHLARI.


    Hamkorlikda o‘qitish pedagogika fanida ancha yillardan buyon amalga oshirilmoqda. Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g’oyasi nimanidir birgalikda bajarish emas, balki birgalikda o’qishdir.
    Hamkorlik ta’limi pedagog va o‘quvchilarni ta’limiy faoliyat jarayonida birgalikda rivojlanishi, bir-birini chuqur tushuna olishi, birbirlariga nisbatan qalban yaqinlikni his qilishi, faoliyat bosqichlari va shu bosqichlarda erishilgan natijalarni hamkorlikda tahlil qilishdan iborat bo‘lib, ilg‘or, rivojlantiruvchi g‘oyalarni o‘zida aks ettirish bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
    O‘tgan asrning 70-yillarida J.Dyui hamkorlikda o‘qitishda natijalarni oldindan ko‘ra bilish, amaliy faoliyatni tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Ta’lim jarayonida kichik guruhlarda o‘qitishdan Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Isroil, Yaponiyada foydalanilgan. Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (Sh.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.Shatalov, Y.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o‘zaro munosabatlarni tashkil etishini ta’kidlab o‘tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalar A.Avloniy, G‘.G‘ulom, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va «XXI asr ta’limi konsepsiyasi» asosini tashkil etadi. Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv maktab ta’limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o‘rin tutadi. Maktabning maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iboratdir. Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori —R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori — R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori — SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.
    Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, koproq oquvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi. Mazkur g’oyalar bir-birini toldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi. Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta’lim muassasalarida keng qollanila boshlagan.

    Download 136.77 Kb.
      1   2   3




    Download 136.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pragmatik aspektlari fanidan mustaqil ishi

    Download 136.77 Kb.