• Qurilishda ishlab chiqarish kooperatsiyasi Reja
  • Psixologiya




    Download 49.24 Kb.
    bet1/2
    Sana04.12.2022
    Hajmi49.24 Kb.
    #33133
      1   2
    Bog'liq
    Tarmoq MT4
    I O M va loyiha mustaqil ish 5, nazorat savollari, qlK18lMUltiUwG7WFNyKd1OFho8Zh2tSZ89TgkEW, Aqlli shahar transporti, МАКТАБ, 6, hisobot magistr amaliyot, 1115942.pptx, Bayonnoma0, 7,8 mavzu, MUHAMMAD python, muqova, Tarbiya metodlari, esse

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

    MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
    PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
    IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
    TARMOQLAR IQTISODIYOTI” FANIDAN

    MUSTAQIL ISH




    Mavzu: Qurilishda ishlab chiqarish kooperatsiyasi

    Topshirdi: 140-20 guruh talabasi Suyunov A.


    Qabul qildi: Azimov Y.

    Jizzax 2022



    Qurilishda ishlab chiqarish kooperatsiyasi
    Reja:

    1. Qurilish ishlab chiqarishi kooperatsiyasi

    2. Qurilishda kombinatsiyalashtirish

    3. Qurilish ishlab chiqarishi konsentratsiyasi

    Ixtisoslashtirishni rivojlantirish va chuqurlashtirish bilan kooperatsiyalashtirish yanada yuqori darajada kengayadi va chuqurlasha boradi. Kooperatsiyalashtirish - bu ma’lum bir mahsulotlami birgalikda tayyorlardigan korxonalar va tashkilotlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biridir. Huquqiy davlat sharoitlarida kooperatsiyalashtirish o‘zaro aloqador tashkilotlar va korxonalar hamda tegishli ishlab chiqarish kollektivlari asl mohiyatini to‘liq aks ettiradi. Konsentratsiya, ixtisoslashtirish va kombinatsiyalashtirishning o‘sishi bilan bir qatorda kooperatsiyalashtirishning rivojlanishi ishlab chiqarishni umumlashtirish jarayonini kuchaytirish haqida guvohlik beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar o‘rtasidagi aloqalar raqobatli xarakterga ega boiadi. Bir tomondan ular manfaatlar umumiyligining chuqurlashuvini aks ettiradi, shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi foydani yanada oshirish maqsadida raqobatning o‘sishiga olib keladi.


    Ixtisoslashtirishning o‘sishi tashkilotlar va korxonalaming ishlab chiqarish aloqalari nafaqat kooperatsiyalashtirish shaklida kengaytirishni, balki moddiy-texnik ta’minot shaklida ham kengaytirishni oldinga suradi. Kooperatsiyalashtirish ma’lum maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar orasidagi ishlab chiqarish aloqalarini qamrab oladi. Ta’minot bo‘yicha aloqadorlik (ta’minlash bo‘yicha aloqalar) kooperatsiyalashtirish aloqalaridan farqli o‘laroq hamma ishlab chiqarish aloqalarini ya’ni barcha materiallar, konstruktsiyalar, jihozlar, yoqilg‘i, energiya va umuman iste’molchi foydalanadigan barcha narsalami yetkazib berishni qamrab oladi. Kooperatsiyalash — bu ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar aloqalarining ancha murakkab bo‘lgan shakli bo'lib, uni shakllantirish uchun birinchi navbatda ta’minot aloqalaridan ham muhimroq bo‘lgan yuqori darajadagi rejalashtirish va tashkil etish ancha zarur bo‘ladi.
    Qurilishda kooperatsiyalash deganda xo‘jalik jihatdan mustaqil bo‘lgan, investitsion jarayonlarda ishtirok etadigan tashkilotlar va korxonalar o‘rtasidagi tashkiliy jihatdan mustahkam bo‘lgan ishlab chiqarish aloqalari tushuniladi. Amaliyotda bunday aloqadorlik yoki bog‘liklik tashkilotlar va korxonalar tomonidan qurilish obyektlarini bevosita qurish bo‘yicha bajariladigan ishlarni birgalikda bajarish, shuningdek, jihozlar, materiallarni birgalikda yetkazib berish va birgalikda xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshirish bilan o‘zining ifodasini topadi. Qurilishda kooperatsiyaning zarur boMishi korxonalar yoki obyektlarni tiklash uchun turli ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘p sonliligi, qurilishda ishlab chiqarishning texnologik va tashkiliy jihatdan murakkabligi va umuman butun investitsion jarayon bilan izohlanadi. Shuning uchun obyektlarni qurishda ko‘p sonli tashkilotlar va korxonalar ishtirok etadi. Ko'p tashkilotlar - obyektlarni tiklashda ishtirok etuvchilarning bir vaqtning o‘zida qurilish maydonida ish bajarishi hamda ulaming texnologik va tashkiliy jihatdan puxta kelishuv asosida ish yuritishnini talab etadi. Shu sababli qurilishda ishlab chiqarishni kooperatsiyalash buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchi hamda boshqa tashkilotlar o'rtasida ishlab chiqarish-xo‘jalik hamkorligini yaratish asosida olib boriladi.
    Qurilishda tashkil etuvchanlik roli bosh pudratchiga tegishli bo‘lib, qurilish ishlab chiqarishida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarning ishlarini koordinatsiyalash bosh pudratchi tomonidan amalga oshiriladi. Bosh pudratchi subpudratchi tashkilotlarning xo'jalik faoliyatiga aralashmasdan turib, yillik va operativ rejalar, ishlarni ishlab chiqish grafigi, boshqarishning avtomatiksistemasi asosida tegishliqurilishva montaj ishlarining bajarilish muddatini va kerma-ketligini tartiblashtiradi. lshlaming kelishuvga muvofiq va o‘z muddatida bajarilishiga shuningdek, qurilish ishtirokchilari va jihozlar hamda materiallami yetkazib beruvchi tashkilotlar o‘rtasida shartlashilgan tartib - intizomni kuchaytirish, hamda o‘z vaqtida va sifatli bajarilgan ishlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish yuli bilan ham erishiladi. Quriiishda kooperatsiyaning darajasi qurilish jarayonining uzluksizligi va ritmikligi hamda qurilish - montaj ishlarini bajaruvchi tashkilotlaming mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatidan to‘liq foydalanishi, ularning moddiy-texnika bazasi va mehnat resurslari bilan baholanadi. Kooperatsiyaning eng yuqori darajasiga kombinatsiyalash jarayonini jadallashtirish va birlashmalami yaratish hisobiga erishiladi.
    Kombinatsiyalashtirish - bu bitta korxona doirasida turli ishlab chiqarishlarni texnologik va tashkiliy birlashtirishga asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish shaklidir. Kombinatsiyalashtirish ijtimoiy mehnatni oqilona tashkil etish va uni ilmiy-texnik jihatdan o!g‘a intiltirishning eng muhim shart-sharoiti deb hisoblanadi. Moddiy va mehnat zahiralaridan unumli foydalanish hamda ijtimoiy ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish kombinatsiyalashning maqsadini ifodalab beradi. Kombinatsiyalashning iqtisodiy samaradorligiga ishlab chiqarish va transport-maishiy xarajatlarga sarflanadigan joriy mablag‘lami kamaytirish orqali erishiladi.
    Texnologiyalami takomillashtirish, alohida bajariladigan oraliq operatsiyalarni tiklash, ixtisoslashgan ishlab chiqarishlar orqali birlashtiriladigan ishlab chiqarish tsiklini qisqartirish iqtisod qilishning manbalarini tashkil etadi. Kombinatsiyalash samaradorligi tegishli mahsulot turlarini ishlab chiqaradigan kombinatsiyalangan va kombinatsiyalashtirilmagan korxonalar faoliyati iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Har bir soha yoki tarmoqda amalga oshiriladigan kombinatsiyalash ishlab chiqarish jarayonlari xarakteri, xom-ashyo zahiralari, tarmoqning rivojlanganlik darajasi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar bilan shart - sharoitlanadigan tarmoqqa xos bo‘lgan jihatlarga ega bo‘ladi. Sanoatda bo‘lgani singari, qurilishda ham kombinatsiyalshtirish ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning boshqa shakllari — konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash bilan uyg‘unlikda rivojlanadi va turli tashkiliy shakllarga ega bo‘ladi.
    Qurilishda amalga oshiriladigan kombinatsiyalashning birinchi bosqichida kominatsiyalashtirishning shakli faqat noasosiy ishlab chiqarishga ya’ni masalan, qurilish uchun materiallami karyerli ta’minlovchi va konstruktsiyalar, detallar yarimfabrikatlar va shu kabilami ishlab chiqaruvchilami birlashtiradigan ishlab chiqarish korxonalari kombinatlariga tegishli edi. Biroq kombinatsiyalashning bunday shakli faqat tashkiliy xarakterga ega bo‘lib, u texnologik jihatdan o‘zaroaloqador bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish asosidagi korxonalarni birlashtirmaydi. Qora, rangli metallurgiya va ulaming faoliyati ta’siridagi sanoatning boshqa tarmoqlari uchun korxonalar qurilishini amalga oshiradigan qurilish kombinatlari mavjud boiib, bunday qurilish kombinatlari ham texnologik jihatdan o‘zaroaloqador (o‘zaro bogiangan) korxonalaming kombinatsiyalashgan ishlab chiqarish funksiyalarini to‘liq bajara olmadi, ular qurilishni boshqarishning strukturali bug‘inini namoyon etdi xolos.
    Qurilishda kombinatsiyalashning eng ilg‘or shakli sifatida 1959-yilda uy-joy qurilishida vujudga kelgan uy-joy qurilishi kombinatlari (UJQK) keng tarqaldi. UJQK ekspluatatsiyaga tayyor holda yakunlangan qurilish ma’sulotini yaratish bilan o‘zaro bog‘langan jarayonlarni bir lashtiradi va amalga oshiradi hamda zavod sharoitlarida qurilish konstruktsiyalari va buyumlarini komplekt tayyorlaydi, ularni qurilish maydonlariga yetkazib beradi hamda ushbu konstruktsiyalar va buyumlaming montajini kombinatlaming o‘zlari bajaradi, shuningdek, ular maxsus qurilish ishlari va alohida ishlarni ham o‘zlari amalga oshiradilar. Bir vaqtning o‘zida UJQK zarur bo‘lgan vaziyatlarda boshqa tashkilotlar va korxonalar bilan kooperatsiyalashuvni amalga oshirgan. UJQK tarkibiga ilgari xo‘jasizlik tufayli va tashkiliy jihatdan tashlab qo'yilgan tashkilotlar va korxonalami kiritish, obyektlar qurilishi ishtirokchilarini biriktirish, ishlarning yakuniy natijalari va obyektlarning sifatli tiklanishi uchun kombinat kollektivining manfaatlarini va mas’uliyatini oshiradi. Tashkiliy jihatdan ustunlikka ega ekanligi bilan UJQK faoliyati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yirik panelli uylar qurilishini olib boradigan pudratli tashkilotlarning anologik ko‘rsatkichlaridan ustun turadi. UJQK uchun yagona qurilish balansi xarakterli bo‘lib, unda kombinatning qurilish boiimlari sifatida - qurilish konstruktsiyalari, detallar, yarimfabrikatlar va materiallar ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki sexlar ham o‘z aksini topadi. Shunday strukturaga ega bo‘lgan UJQK ancha ratsionaldir, chunki bunday holatda kombinat yagona qurulish-sanoat korxonasi sifatida maydonga chiqadi va uning faoliyati ko‘p me’yorda foydalanishga tayyor bo'lgan obyektlar ko‘rinishidagi yakuniy natijalarga erishishga qaratilgan bo’ladi.
    Qurilish sohasida ishlab chiqarish konsentratsiyasi deganda mablag‘lar, predmetlar va mehnat resurslarining yirik ishlab chiqarish bo‘g‘inlarida bir nuqtaga jamlanish jarayonini tushunish taqozo etiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot konsentratsiyaning moddiy-texnik asosi bo‘lib maydonga chiqadi. Zamonaviy ishlab chiqarish butun jamiyat manfaatlari uchun konsentratsiya ustunliklaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi. Konsentratsiyaning ijtimoiy ahamiyati shundaki, ishlab chiqarishda texnik darajaning oshishi og'ir qo‘l mehnatini bartaraf etish uchun sharoit yaratadi, aqliy va jismoniy mehnat qiladigan xodimlar o‘rtasidagi farqni bartaraf qilish jarayonini tezlashtiradi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning shakli sifatida konsentratsiya katta iqtisodiy samaradorlikka ega bo'ladi. Yirik korxonalar ancha yuqori darajadagi mehnat unumdorligini, yaxshi sifat va past tannarxga ega bo‘!gan mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
    Konsentratsiya ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kombinatsiyalashuvi bilan uzviy bog’langandir. Ixtisoslashgan ishlab chiqarishning rivojlanishi bir jinsli ishlab chiqarish konsentratsiyasining ilg‘or shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Yirik korxonalarda amalga oshiriladigan ishlab chiqarishning kombinatsiyalashuvi ishlab chiqarishni ancha yuqori ilmiy-texnik darajada tashkil etish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning konsentratsiyasi amal qilayotgan korxonalarning koMamini ularni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish yoki texnik jihatdan qayta jihozlash evaziga oshirish; yangi yirik korxonalami yaratish va yangi ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Yangi yirik korxonalar va birlashmalaming yaratilishi markazlashgan ishlab chiqarish bazasida yiriklashgan ishlab chiqarish bo‘g‘in(yacheyka)larining paydo bo‘lishiga olib keladi. Shunday ekan, bundan korxonalar o‘lchamlarining kengaytirilishi markazlashtirishning natijasi ekanligi kelib chiqadi, ya’ni markazlashtirishni konsentratsiyani amalga oshirishning shakllaridan bin sifatida ko‘rib chiqish qabul qilingan. Konsentratsiyaning darajasi ko‘rsatkichlar tizimi bilan aniqlanadi, ulardan eng asosiysi bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi hisoblanadi. llmiy-texnik taraqqiyot sharoitlarida asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalarining hajmi, shu qatorda faol mo‘ljallashtirish, energiya qurilmalarining quvvati va shu kabi ko‘rsatkichlaming ahamiyati yanada kuchayadi.

    Download 49.24 Kb.
      1   2




    Download 49.24 Kb.