• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Tarqatma materiallarni tayyorlash




    Download 283.52 Kb.
    bet5/5
    Sana24.03.2017
    Hajmi283.52 Kb.
    1   2   3   4   5

    Tarqatma materiallarni tayyorlash


    va qo‘llash qoidalari:

    Ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma

    materiallar bermang.

    Sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir

    mashg‘ulot uchun ikkita tarqatma material

    zarur bo‘lsa, ularga kod-nom berib

    ularni ajratishni osonlashtiring.

    Matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak

    Bir betda 80 tadan ko‘p belgi

    ( harf, qavs, undov belgisi va h.k.) ishlatmang.

    Matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi kerak.

    Varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi kerak.
    atnlar – trening mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rishda, mashg‘ulot
    davomida, shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.


    2.3 “Aqliy hujum” metodi asosida “Metallarni bosim bilan ishlash” mavzusini o‘qitish texnologiyasi

    Noan’anaviy ta’lim metodlari yoki ta’lim markazida o‘quvchi bo‘lgan metodning afzalliklari shundan iboratki, unda o‘quvchilarni mustaqillikka, erkin fikrlashga va tashabbuskorlikka o‘rgatish bilan bir qatorda ilg‘or g‘oyalar berish va qo‘yilgan muammoni yechish ko‘nikmalarni shakllanishiga yordam beradi.“Aqliy hujum” metodi noan’anaviy metodlardan biri bo‘lib, u g‘oyalarni generatsiya qilish usuli, ya’ni o‘quvchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechish uchun shaxsiy g‘oyalarni ilgari suradilar va ularni umumlashtirib va tahlil qilib aniq takliflar ishlab chiqadilar.

    Kasb hunar kollejlarida “Metallar texnologiyasi” kursi o‘qitiladi. “Metallarni bosim bilan ishlash” mavzusini yangi o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha loyihalayotganda “aqliy hujum” metodidan foydalanishni keltiramiz.

    O‘quvchilarga metallarni bosim bilan ishlashning mohiyati, hamda bosim bilan ishlov berish turlari to‘g‘risida batafsil tushuncha berilgandan keyin ularning oldiga mahalliy shart – sharoitdan kelib chiqqan holda bosim ostida ishlov berish ishlarini takomillashtirish muammosi qo‘yiladi va u darsning asosiy maqsadi qilib belgilanadi.

    Shundan keyin o‘quvchilarga metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha g‘oyalar taklif etish to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi. O‘quvchilarga berayotgan g‘oyalarining aniq va tushunarli bo‘lishiga hamda uni real sharoitda qo‘llash mumkinligini asoslash zarurligi tushuntiriladi. O‘quvchilarning taklif etgan g‘oyalari qayd etib boriladi.

    O‘quvchilarning yuqorida taklif etgan va asoslab bergan g‘oyalari guruhlanadi va saralangandan keyin asosiy taklif sifatida tavsiya etiladi.

    Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilarning faoliyati baholanadi, ilg‘or g‘oyalar bilan chiqqan va uni amalga oshirish yo‘llarini taklif etgan o‘quvchilar alohida ko‘rsatib o‘tiladi.

    Huddi shunday usul bilan boshqa mavzularni ham loyihalash mumkin.

    Aqliy hujum” usulining texnologik xaritasi

    Ish bosqichlari va mazmuni

    Faoliyat

    O’qituvchi

    O’quvchi

    1-bosqich. Tayorlov.

    Mavzuni aniqlaydi, maqsadini, natijalarini, baholash mezonini shakllantiradi.




    II-bosqich.

    Kirish.

    Mavzuni maqsad, natija va baholash mezonini e’lon qiladi.Aqliy hujum usuli maqsadini amalga jshirish vositasi ekanligini tushuntiradi.

    Berilgan muammoni bayon qilib, boshlash to’g’risida buyruq beradi.






    III.- bosqich

    G’oyalarni kiritish

    G’oyalarni magnitafon yoki videolentaga, qog’oz varag’iga yoki doskaga yozib olishni tashkil qiladi.

    Muammoni yechish bo’yicha g’oya va takliflar haqida mulohaza yuritadilar.

    IV-bosqich.

    Tahlil.

    Taklif qilingan baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda ilgari surilgan g’oyalarni tahlil qilishni tashkil etadi.

    Bildirilgan g’oyalarni, takliflarni guruh (jamoa) bo’lib tahlil qiladilar. Eng qo’lay va maqsadga muvofiqlarni aniqlaydilar.

    V-bosqich.

    Yakun yasash,tahlil va baholash.

    O’quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.

    O’z-o’ziga baho berishlari mumkin.


    2.4. “Aqliy hujum” metodi asosida "Metallarni bosim bilan ishlash” mavzusini o‘qitish bo‘yicha dars ishlanmasi

    Darsning ta’ limiy maqsadi:

    Talabalarga “"Metallarni bosim bilan ishlash” turlari, foydalaniladigan asbob-uskunalar va jihozlari va usullarini o‘rgatish.

    Darsning tarbiyaviy maqsadi: Talabalarni bosim ostida ishlash jihozlari va asbob-uskunalari bilan tanishtirish.

    Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarni laboratoriya sharoitida oladigan bilimlarini yanada rivojlantirish.

    Dars uslubi: Aqliy hujum, suhbat, savol - javob.

    Darsning jihozi: uslubiy ko‘rsatma bosim bilan ishlash moslamalari qizdirish qurilmalari , ko‘rgazmali qurollar, plakatlar, elektron slaydlar.

    Darsning borishi.


    1. Tashkiliy qism: salomlashish, yo‘qlama qilish, xona tozaligiga e’tibor berish, talabalarni nazariy va amaliy daftarlarini mavjudligini nazorat qilish.

    2. Kichik guruhlarga bo‘lish.

    3. Aqliy hujum (Dunyo yangiliklari bilan tanishish, o‘tgan mavzuni takrorlash)

    4. O‘qituvchi tomonidan o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

    5. Yangi mavzu bayoni

    6. Talabalar tomonidan laboratoriya ishini bajarish

    7. Nazorat savollariga javob berish.

    8. Yangi mavzu asosida guruhlar o‘rtasida musobaqa tashkil etish.

    9. Xulosa

    10. Talabalarni baholash, uyga vazifa berish.

    Bugungi darsni sizlarga noananaviy usulda 1 - guruh talabalari bilan birgalikda yoritib bermoqchimiz. Tashkiliy qismdan so‘ng talabalarni kichik guruhlarga bo‘lib olamiz.

    1.Guruh

    2.Guruh

    3.Guruh


    Mana guruhlar bilan tanishib oldik. Ular dars davomida beriladigan savol - javoblarga, laboratoriya ishini bajarishga faol ishtirok etib, o‘zaro musobaqada qatnashadi. Ular baholash mezoni asosida baholanadi. Baholashda baholarni ranglar bilan tasvirlangan kartochkalar yordamida belgilaymiz. Qizil kartochka bilan "5" bahoni, ko‘k rangdagi kartochka bilan "4" bahoni va sariq rangdagi kartochka bilan "3" bahoni belgilab olamiz.

    1. Shart. Savol -javob

    2. Bunda 1 guruh - 2 va 3 guruhga savol beradi.

    3. guruh - 1 -3 guruhga

    4. guruh - 1-2 guruhlarga 2 tadan savol berish imkoniyatiga ega. To‘g‘ri javob bergan guruhga rag‘bat kartochkasi, noto‘g‘ri javob bergan guruhga jarima kartochkasi beriladi.

    Keyingi shart har 3 ta guruhga masala beriladi qaysi guruh to‘g‘ri va aniq yechgan bo‘lsa rag‘bat kartochkasi beriladi.

    Sardorlar bahsida har uchala guruhning sardori ko‘zlari yumuq holatda elementlarni ushlab ko‘rib, nomlarini aytishlari lozim bo‘ladi

    Natijalarni hisoblab g‘olib e’lon qilinadi.

    1-o‘rin 1.Guruh

    2- o‘rin 2.Guruh

    3–o‘rin 3.Guruh

    Bugungi laboratoriya ishini bajarishga menga Ermatov SHermat yordam beradi. Laboratoriya ishini bajarishga kerakli asboblar va uskunalardan foydalanamiz.

    Tayyorlab qo‘yilgan asbob va jihozlar yordamida talabalar laboratoriya ishini bajaradilar. Albatta xavfsizlik texnikasi qoidasiga rioya qilishlari lozim.


    Natijalar olingandan so‘ng qo‘llanmada berilgan nazorat savollariga javob beramiz.

    Laboratoriya ishini bajarib bo‘lgandan so‘ng talabalar o‘qituvchi tomonidan berilgan krossvord va tezkor savollarga javob berishadi.

    Endi biroz ma’naviy dam olish o‘tkazamiz, talabalar she’rlar va texnik atamalarni aytishadi.

    Metallar texnologiyasi darsiga yanada qiziqtirish maqsadida o‘qituvchi tomonidan talabalarga “Metallarni bosim bilan ishlash” to‘g‘risida elektron darslik qo‘yib beriladi.

    Darsni mustaxkamlash


    1. Metallarni bosim ostida ishlashni mohiyati.

    2. Bosim ostida ishlash turlari.

    3. Bosim ostida ishlashda metal ichidagi o‘zgarishlar.

    4. Elastik va plastik deformatsiyalar.

    5. Zagotovkani qizdirish uchun pechlar.

    6. Struktura o‘zgarishi.

    7. Zagotovkani qizdirish darajasini aniqlash.

    8. Olovli va kamerali pechlar.

    9. Kontaktli elektr pechlar.


    Uyga vazifa

    1. Tezkor savollar tuzib kelish

    2. Metallarni bosim bilan ishlash mavzusini konspekt qilish.


    III. Metalsozlik (metallurgik) va mashinasozlik korxonalarida hayotiy faoliyat xavfsizligi
    Metalsozlik (metallurgik) va mashinasozlik korxonalarida ishlovchilarning zararli (xavfli) ishlab chiqarish omil(faktor)larning xavfli ta’siridan himoya qilish zarur. Zararli ishlab chiqarish omili (faktori) deb, ma’lum sharoitlarda ishlovchilarga ta’sir etib, ularning kasal bo‘lishiga va ish qobiliyatini pasaytirishga olib keladigan omil (faktor)ga aytiladi.

    Zararli ishlab chiqarish omil(faktor)larning ishlovchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini oldini olish maqsadida, mashina va jihozlar bilan ishlashda, texnologik jarayonlarni amalga oshirishda, ishlab chiqarish binolari va inshootlarida mehnat qilayotganlarida xavfsizlik texnikasining me’yori va qoidalarini hisobga olgan holda eksplutatsiya qilinishi talab qilinadi. Ko‘p hollarda, quyidagilar:



    • Ishlab chiqarish sexlaridagi himoya moslamasi bilan jihozlanmagan mashinalar va jihozlar bilan ishlash;

    • Texnologik jarayonlar amalga oshiriladigan yopiq ishlab chiqarish xonalarida mehnat qilish;

    • Ishlab chiqarish binolaridan tashqaridagi atrof muhit ham inson hayotiy faoliyati uchun xavfli hisoblanadi;

    Shu maqsadda, ishlab chiqarish mashina va jihozlaridagi ishlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar ko‘zda tutiladi:

    1. Mashinalarning konstruktiv sxemalari va ish prinsiplarini tanlash orqali (agar elektr toki urishi xavfi yuqori bo‘lgan hollarda elektryuritmalilar o‘rniga gidro- yoki pnevmoyuritmali mashinalar qo‘llaniladi) amalga oshiriladi.

    - vibratsiyaning yuqori darajalarida – krivoship-shatunli va kulachokli mexanizmlar o‘rniga bir tekis aylanuvchi detallar bo‘lgan mexanizmli mashinalardan foydalaniladi;

    - oson alangalanuvchan, portlash xavfi bo‘lgan va ionli moddalar bilan ishlaganda – masofadan turib boshqariladigan mashinalar va boshqalardan foydalaniladi;

    2. Yuqori darajadagi mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ishlarni bajaradigan mashinalarni qo‘llash yo‘li bilan (po‘latlarni uzluksiz quyish qurilmalari, avtomatik yoyli payvandlash qurilmalari, raqamli dastur bilan boshqariladigan stanoklar, bunda inson asosan naladchik (sozlovchi) yoki ta’mirlovchi funksiyani bajaradi; listli shtamplashda ko‘p pozitsiyali press; avtomatlashtirilgan prokat stanlari va boshq.) amalga oshiriladi.

    3. Mashina konstruksiyalarida himoya vositalarini qo‘llash orqali (himoyalovchi, saqlovchi va tormoz qurilmalari; signalizatsiya va avtomatik nazorat vositalari; xavfsizlik belgilari va h.k.).

    4.Mashina konstruksiyalarida ekspluatatsiya sharoitlariga mos keluvchi materiallardan foydalanish ( portlash xavfiga ega bo‘lgan muhit hosil qilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarda uchqun hosil qiluvchi materiallardan foydalanmaslik lozim; bosim ostida ishlov beradigan qurilmalarda maxsus xossalarga ega materiallardan foydalanish zarur; yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishda konstruksion oson alangalanuvchan materiallar, masalan, magniy qotishmalaridan foydalanmaslik kerak) lozim.

    5.Mashinalarning montaj qilishda, ekspluatatsiyasi jarayonida, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tavsiya qilingan texnika shartlari hujjatlariga xavfsizlik texnikasi talablarini ham qo‘shish hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash uchun muhim o‘rin tutadi.

    Ishlab chiqarish xonalarida insonning hayotiy faoliyati uchun normal zaruriy sharoitlarni ta’minlashda normal mehnat sharoitini yaratish muhim ahamiyatga ega, ya’ni ishlab chiqarish omil(faktor)lari (gazlar, ortiqcha issiqlik, bug‘lar, aerozol (juda mayda suyuq va qattiq zarrachalar bo‘lgan havo)ni insonga zararli ta’sirini me’yor talablari darajasigacha tushirish yoki butunlay yo‘qotish lozim bo‘ladi.

    Metalsozlik (metallurgik) sexlarining ishlab chiqarish xonalaridagi havoda uglerod oksidlari, azot, xlor, ftor, metall birikmalari, chang va boshqalar bo‘ladi.

    Mashinasozlik ishlab chiqarish sexlarining ishlab chiqarish xonalaridagi havoda esa qo‘yidagi zararli moddalar bo‘lishi mumkin:


    • Temirchilik-presslash sexida uglerod oksidi, azot, chang, suv bug‘lari va boshq.;

    • Quymakorlik sexlarida uglerod oksidi, azot, oltingugurt, chang, fenol, formaldegid va boshqa zaharli moddalar;

    • Termik ishlov berish sexlarida esa uglerod oksidi, azot, chang, moy bug‘lari, suv va boshq.;

    • Payvandlash sexlarida zaharli (toksik) gazlar, metal bug‘lari va birikmalari chang va boshq.;

    • Laklash-bo‘yoqlash sexlarida erituvchilarning bug‘lari, bo‘yavchi aerozollar va boshq.;

    Mexanik ishlov beruvchi sexlarida esa moy tumani i emulsiyalar, abraziv chang, erituvchilar bug‘lari va boshq.

    Zaharli va zararli moddalarni insonlar organizmiga ta’siri oqibatida o‘tkir va xronik shakllarda kechadigan mahalliy va umumiy zaharlashga sabab bo‘lishi, bundan tashqari zararli muhitda uzoq vaqt ishlash esa kasbiy kasalliklar (nafas olish organlari, ovqat hazm qilish trakti, teri va ko‘z kasalliklari)ni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

    Ishlab chiqarish xonalaridagi mikroklimat parametrlari va tarkibini normallashtirish, me’yor talablariga keltirishning asosiy yo‘nalishlari qo‘yidagilar hisoblanadi:


    • Ishchi zonada sovuq va issiq havoni, gazlarni, chang, aerozollarni kirishi va hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan texnologik jarayonlar va jihozlarni qo‘llash;

    • Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va masofadan boshqarish tizimini qo‘llash;

    • Ventilyatsiya, isitish, konditsionirlashni qo‘llash;

    • Issiqlik nurlanishidan himoyalanish vositalaridan foydalanish;

    • Individual himoya vositalarini qo‘llash va boshqarish.

    Ishlab chiqarish xonalarida va ishchi o‘rinlarida yoritish ham sezilarli rol o‘ynaydi. To‘g‘ri loyihalangan va ratsional yoritilganlik mahsulot sifatini va ish unumdorligini oshirishga, uni xavfsizligini ta’minlashga, ishlovchilarni travma(jarohat) olishi va charchashini kamaytiradi.

    Ishlab chiqarish korxonalari atrof-muhit (ishlab chiqarish xonalaridan tashqaridagi hudud)ga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Metallurgiya korxonalari atmosferaga gazsimon holatda oltingugurt vodorodli, oltingugurt uglerodli, xlor, ftor, uglerod oksidlari, azot, fosfor birikmalari, turli metall birikmalari va zarrachalari, shu jumladan sog‘liq uchun zararli bo‘lgan simob va mish’yaklarni chiqaradi.

    Metallurgik korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarida neft mahsulotlari, kislotalar, ishqorlar, og‘ir metall zarrachalari bo‘ladi.

    Mashinasozlik korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarida moy, emulsiyalar, fenollar, metall zarrachalari va abrazivlar uchraydi.

    Galvanik sexlardan chiqadigan oqova suvlari sianli va tarkibida xrom bo‘lgan birikmalar bilan zaharlangan bo‘ladi.

    Payvandlash va lak-buyoq sexlarining oqova suvlari tarkibida kislotalar, moy mahsulotlari, eritgichlar, mexanik aralashmalar uchraydi.

    Ishlab chiqarish jarayonida metal-lom, qirindi, shlak, kul, changlar, musor ko‘rinishida qattiq sanoat chiqindilari hosil bo‘ladi.

    Bular qatorida atrof-muhitga issiqlik, radiatsiya, elektromagnit va nurlanishning boshqa xillari ta’sirini ortib borishini ham ko‘rsatish mumkin.

    Hozirgi paytda metallurgik va mashinasozlik korxonalarining atrof-muhitga ta’siri shunday masshtabga yetdiki, yer sharining bir qator mintaqalarida, ayniqsa yirik sanoat markazlarida atrof-muhitning ifloslanishi ruxsat etiladigan me’yor darajasidan sezilarli oshgan.

    Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.

    Ekologik muammolarni yechimini muhim yo‘nalishi sifatida yangi ekologik toza texnologik jarayonlarni va mavjudlarini takomillashtirish (issiqlayish bosim bilan ishlov berish o‘rniga sovuqlayish ishlov berishni qo‘llash, domnasiz po‘lat olish usulini qo‘llash, metalni olov bilan qizdirish o‘rniga elektr usullaridan foydalanish; metallurgiyada metal olishda ko‘proq gidrometallurgik usullarini qo‘llash va boshqa).

    Ekologik muammolarning hal qilishning faol metodlari bilan bir qatorda atrof-muhit muhofazasining passiv metodlarini qo‘llash ham dolzarb bo‘lib qolmoqda:



    • ventilyatsion va texnologik chiqindilardan zararli aralashmalarni tozalash uchun qurilmalardan foydalanish;

    • atmosferaga gazsimon chiqindilarni asta-sekin tarqalishini ta’minlash;

    • oqova suvlarni tozalash;

    • infratovush, ultratovush va vibratsiya ta’siridan shovqinni so‘ndirish.

    • Atrof-muhitni energetik ifloslanish manbalarini ihotalash va to‘sish;

    • Foydali mahsulotlar va boshqa shunga o‘xshashlar tarkibidagi xavfli va qattiq chiqindilarni qayta ishlash yoki xavfsiz saqlanishini ta’minlash.

    Sanoat korxonalari chiqindilaridan atrof-muhit himoyasini eng effektiv shakllaridan biri kam chiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi.

    Chiqindisiz texnologik jarayonlarni yaratishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagi ko‘rsatish mumkin:

    Oqova suvlarning mavjud va istiqbolli tozalash usullari bazasida suv aylanadigan siklsiz va oqovasiz texnologik tizimni ishlab chiqish va qo‘llash;

    Barcha chiqindilarni to‘liq qayta ishlash;

    Chiqindilarning asosiy miqdorini hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan, prinsip jihatidan yangi texnologik jarayonlarni yaratish va joriy etish (po‘latlarni uzluksiz quyish, sovuqlayin o‘tqazish, markazdan qochma qo‘yma, sovuqlayin siqish, kukun metallurgiyasi va h.k.) hisoblanadi ;

    Xulosa

    KHK da o‘quv – tarbiya jarayonini takomillashtirish, ta’lim jarayonida yangi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash vazifasi qo‘yildi.

    Bu vazifani hal qilish uchun BMI da: 1. Materialshunoslikning vazifalari va rivojlanishining ilmiy nazariy asoslari, texnika – texnologik jarayonlar atroflicha o‘rganildi, tahlil qilindi.

    2. Metallarni bosim bilan ishlash mavzusini – texnologik ma’lumotlaridan KHK o‘quvchilarining saviyasiga mos, kichik mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha DTS talablariga mos o‘quv materiali belgilab olindi.

    3. Tanlab olingan o‘quv materiali pedagogik, psixologik jihatdan tahlil qilinib, uni KHK da o‘qitish metodikasi ishlab chiqildi.

    4. KHK da “Metallarni bosim bilan ishlash” mavzusini o‘qitishda qo‘llanilgan “Aqliy hujum” metodi va ulardan foydalanish usullari ishlab chiqildi.

    5. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan usullar KHK da ta’lim jarayonida sinab ko‘rildi va shunga asosan metodik tavsiyalar tayyorlandi.

    “Aqliy hujum” metodi asosida “Metallarni bosim bilan ishlash” ni o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar KHK da maxsus fan o‘qituvchilari, o‘quv ustalariga amaliy yordam beradi va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.


    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    1. Karimov I. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-

    Toshkent: “O‘zbekiston”. – 1998.

    1. Karimov I. Barkamol avlod orzusi. -Toshkent: “O‘zbekiston”. – 1999 .

    2. Progessivniye pedagogicheskiye texnologii. –Moskva: Prosvesheniye. – 1989.

    3. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse. – Tashkent, 1989.

    4. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. “Nasaf”. – 2000.

    6. Sidiqnazarov Q.M. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi.- Toshkent:

    «Voris – nashriyot» .- 2008.

    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.



    7. Ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari.- Toshkent, 2002.
    Internet ma’lumotlari:

    1. www.ziyonet.uz

    2. www.google.uz

    3. www.google.ru

    4. www.pedagog.uz




    Download 283.52 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 283.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarqatma materiallarni tayyorlash

    Download 283.52 Kb.