www.pedagoglar.uz
45-son 9–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 37
QATTIQ JISMLARNING XOSSALARI
Andijon viloyati Izboskan tumani 45-maktabning fizika fani oʻqituvchisi
Kiyikboyeva Rohatoy Qosimovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qattiq jismlarning tuzilishi, Amorf va kristall
jismlar, qattiq jismlarning mexanik xossalari haqida yoritiladi.
Kalit so’zlar: Qattiq jismlar, Amorf jismlar, kristall jismlar, mexanik
xossalar, cho`yan, marmar, chinni, qahrabo.
Uzoq vaqtlargacha fizikada eng qiziqarli narsa – bu mikrodunyo va
makrokosmosni tadqiq qilishdan iborat deb hisoblanardi. Aynan shu sohalarda bizni
qurshagan dunyoning tuzilishini izohlashga oid eng muhim savollarga javob
topishga harakat qilinardi. Lekin mikro dunyo va makrokosmosni tadqiq qilish
uchun ishlatiladigan qurilmalar qattiq jismlardan iborat.
Shuning uchun qattiq jismlarni o`rganishga kirishildi.
Qattiq jismlarni o`rganishning muhimligi nimada?
Qattiq jismlar – bular metallar va dielektriklar bo`lib , ularsiz elektrotxnikani
tasavvur qilib bo`lmaydi.Bular hozirgi zamon elektronikasi asosidagi yarim
o`tkazgichlar, magnitlar, o`ta o`tkazgichlar va kundalik hayotimizda ishlatadigan
materiallardir. Xullas ilmiy texnika taraqqiyoti ko`p jihatdan qattiq jismlardan
foydalanishga asoslangan. Qattiq jismni o`zaro ta`sirlashuvchi behisob zarralar
tashkil qiladi. Bu hol sistemada muayan tartibning vujudga kelishiga olib keladi
hamda mikrozarralar kollektivining alohida xossalarini belgilaydi.Masalan,
elektronlarning
xossalari
qattiq
jismlarning
elektr
o`tkazuvchanligini
belgilaydi,jismlarning issiqlik yutish qobiliyatlari-issiqlik sig`imi issiqlik harakatda
|