• Mavzu: Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo’llash darslarida amaliy darslarni tashkil qilish metodikasi
  • Referati topshirdi: Sh. Xujaniyazov Qabul qildi: Баҳолаш




    Download 245.36 Kb.
    Sana01.11.2023
    Hajmi245.36 Kb.
    #92540
    TuriReferat
    Bog'liq
    kasb tanlashga yollash Referat
    Ortalıq hám ekologiyalıq faktorla1, 2222222222222222222222222222222222222222, Oliy ta\'lim pedogogikasi, 1MUSTAQIL IW.., mehnat shartnomasini o zgartirish tartibi va usullari, QO\'SHIMCHA MA\'LUMOT, COMPARATIVES AND SUPERLATIVES SO,SUCH,ENOUGH,TOO .., DUNYO VA O\'ZBEKISTON ISLOM DININING MOVQE, kafolat xati, O\'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi muammolari, Integral test uzb, 1. Бибиширин МФЙ - бандлик дастури (4), Boshlang’ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tas-fayllar.org, SLAYD (3)

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    Urganch davlat universiteti sirtqi bo’lim Texnologik ta’lim yo’nalishi 5 - bosqich 191 - guruh talabasi Xujaniyazov Shavkatning Texnologiya ta’lim metodikasi fanidan
    REFERATI
    Topshirdi: ___________ Sh. Xujaniyazov
    Qabul qildi: ___________

    Баҳолаш : ___________


    Mavzu: Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo’llash darslarida amaliy darslarni tashkil qilish metodikasi
    O'zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida bo'layotgan o'zgarishlar davlatim izning istiqbol ini ta’m inlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e'tirof etilmoqda. 0‘z navbatida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib tarbiyalashga asosiy e ’tibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda o'quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo'lga qo'yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim omil vazifasini o'taydi. Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim modelining asosiy g'oyasi va mazmuni «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o'z ifodasini topgan.

    Respublikamizda umumiy o'rta ta’lim muassasalari oldiga qo'yilgan o'quvchilarni xalq xo'jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo'yicha ijtimoiy buyurtm asini bajarishda mehnat ta’limi o'qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun mehnat ta’limi o'qituvchisidan umum - mehnat bilim, ko'nikma va malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinamik ravishda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo'yicha mukammal bilim hamda ko'nikmalarni egallashni taqazo etadi. Shu munosabat bilan, mehnat ta’limi o'qituvchisining bilim, ko'nikma hamda malakalari ko'lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy o'rta ta'lim DTS talablari asosida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha erishgan yutuqlari va yo'l qo'ygan kamchiliklari, kasbiy mahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va ko'p qirrali faoliyatini takomillashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish, bu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilaoytgan barcha tadbirlarni ilmiyuslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda. Mazkur darslik ta’lim tizimi to'g'risida bo'lajak mehnat ta’limi o'qituvchilariga mehnat ta’limi jarayoni bo'yicha tushuncha berish orqali yosh avlodni tarbiyalash, shaxsni kamol toptirish, e'tiqod va maslaklarini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» bo'yicha darslik fanning dasturiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining mehnat ta'limi yo'nalishi talabalariga mo'ljallab yozilgan. Darslikda umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-9 -sinf o'quvchilari uchun mehnat ta’limining maqsadi va vazifalari, Davlat ta'limi standartlari mazmuni va tamoyillarining uzluksiz holati yoritilgan. Umumiy ta’limmaktablarida asos qilib tanlangan «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» va «Qishloq xo'jaligi asoslari» yo'nalishlari ishlab chiqarish bilan uyg'unlashtirilgan holatda o'z aksini topgan. Darslikda mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash fanining maqsad va vazifalari, tarixiy taraqqiyoti metodologik asoslari hamda ilmiy-tadqiqot metodlari kabi masalalar dastlabki boblarda yoritilgan. Shuningdek, darslikning asosiy mazmunini fanning didaktik asoslari, fanni o'qitish metodikasi, rejalashtiruvchi hujjatlar, o'qituvchining darsga hamda o'quv yiliga tayyorgarlik masalalari va kurs ishi hamda bitiruv ishlarini bajarish metodikasi kabi masalalar tashkil etadi. O'quvehilarni kasb tanlashga yo'naltirish masalalari alohida mavzular ko'rinishida berilgan.
    2. «Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» fanining maqsad va vazifalari. O'quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning har xil yo'llari orasida «Mehnat ta’limi» fani muhim o'rin tutadi. Uning metodikasini takomillashtirish orqali fan uchun moddiy jihozni mustahkamlash, maktabni o'z atrofidagi sanoat va qishloq xo'jaligi sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy iqtisodiy samaradorligini oshirish, uni ta ’lim bilan qo'shib olib borish, o'quvchilarni mehnatga tayyorlashni yaxshilash bo'yicha ishlar yo'lga qo'yiladi. Mehnat darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik tamoyillarni qo'llasada, uning o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud. O'quvchilar bilish faoliyati bilangina emas, balki yaratish faoliyati bilan ham shug'ullanadilar. Mehnat fanlari, qurollari, jarayonlari oddiy o'rganish obyekti sifatida emas, balki 5 o'quvchilar ishlarini faollashtiruvchi ko'rsatmalilik vositasi, didak tik material, ta’limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. Fanni o'qitishdan maqsad — o'quvehilarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta ’lim -tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g'ovasi, milliy va um insoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta'lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchisi sifatida shakllantirishdir. Mazkur kursning maqsadi talabalarga umumiy o'rta ta’lim maktablarining 5—9-sinflari uchun mehnat ta’limi o'qituvchisi bo'lib yetishishlarida tegishli metodik tayyorgarlik ko'rishlarini ta’minlashga xizmat qilishdir.
    Fanning vazifasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
    — o'quvchilarda pedagogik-psixologik bilimlarni umum - mehnat, kasb tanlashga yo'llash va umum kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoniga tatbiq etish;
    — pedagogik-psixologik bilimlarni bevosita tanlangan sohalariga tatbiq eta olish va yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish;
    — maktablarda mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo'llash darslarini o'qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o'rgatishdan iborat.
    3. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida bakalavr egallashi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar yig‘indisi.
    «Mehnat t a ’limi o'qitish m etodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
    — m ehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llash yo'nalishlari bo'yicha t a ’lim mazmunining uzviyligi va o'zaro bog'liqligi; o'quv moddiy bazasining tashkil etilishi (o'quv materiallari va moslam alar bilan ta’minlanishi); Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqish mezonlari va unga qo'yiladigan talablarni, kasb tiplari, kasbga yaroqlilik, kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillarni bilishi kerak;
    — o'quvchilarning mehnat tayyorgarligi bo'yicha o'quv rejasi va dasturlar mazmunini; o'quv jarayonini tashkil etish va mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llashga oid rejalashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqish, mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo‘llash darslarini olib borish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;
    — ta'lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida aloqalar o'rnatishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo'llay olishi; mashg'ulotlarni o'tkazish, o'quv jarayonini rejalashtirish; tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazish; bandlik xizmati bilan ishlash; o ’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash bo'yicha turli testlardan foydalanish; ota-onalar va jamoat tashkilotlari bilan ishlash malakalariga ega bo'lishi kerak. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» umumkasbiy fan hisoblanib, 6 va 7-semestrlarda o'qitiladi. Dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (fizika, matematika, axborotlar texnologiyasi, chizmachilik, radioelektronika’ va h.k.), umum kasbiy (pedagogika, pedagogik mahorat, psixologiya, mehnat va muhandislik psixologiyasi va h.k.) va ixtisoslik (materiallar texnologiyasi, mashinasozlik fanlari, o'quv ustaxonalarida amaliy ishlar, kasb ta’limi praktikumi fanlari, texnika xavfsizligi va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlik talab etiiadi. O'quvchilar fanni o'zlashtirish jarayonida ishlab chiqarish bilan bog'Iiq bo'lgan barcha sohalar, ularda qo'llaniladigan texnologik jarayonlar hamda ishlab chiqarish munosabatlari to'g'risida to'liq tassavurga ega bo'ladilar. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilarni mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash tarkibida kasbga yo'naltirish ularning zamonaviy va milliy kasb-hunarlarni o'zaro uyg'unligini ta’minlagan holda bilim, ko'nikma, malakalarni egallashlarini ta’minlaydi. Mazkur dastur bo'lajak mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchilarining mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llashni o'qitish metodikasi asosida kasbga yo'naltirish ishlarini xalq xo'jaligi tarmoqlari istiqbolini hamda kasb-hunar kollejlari sohalashtirilganligini hisobga olgan holda bajarishiga xizmat qiladi.
    Mehnat va kasbiy tayyorgarlik tizimi bevosita yoshlarning mehnat va kasb tarbiyasini kasbiy axborotlar, kasb tanlash, kasbga yo'naltirish ishlarini amalga oshiradigan ulkan ishlardan biri bo'lib. o'z o'tmish taraqqiyotiga egadir. Xalqimizning millat, elat bo'lib shakllanishini mehnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Odamzod paydo bo'lishidan boshlab mehnat bilan shug'ullangan. Dastlab faqat kun kechirish uchun qilingan mehnat keyinchalik, kattaroq maqsadni, moddiy manfaat ko'rish uchun amalga oshirilib hatto, X asrlarda yirik harbiy qo'shinlarni, millionlab xalqlarni buyumlar, anjomlar bilan ta’minlay oladigan ishlab chiqarish sohalari darajasigacha taraqqiy etgan.
    X II—XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda hunar ilmi, ko'lami rivojlanishi eng yuqori pog'onaga ko'tarilgan. Har bir xalq ota-bobosidan meros bo'lib, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan o'zining tarixiy-madaniv birligi bilan ajralib, o'ziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan. O'zbeklar ham shular jumlasidandir. Respublikamiz hududida o'tkazilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, hunarmandchilik bu yerlarda ikki ming yiliar oldin rivojlangan. Bu davrda sinfiy jamiyat paydo bo'lib, yirik mehnat taqsimoti negizida hunarmandchilik mustaqil soha bo'lib ajralib chiqqan. IX—XII asrlarda hunarmandchilik keng rivojlanib, xalqim izning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, 32 xil hunar turi mavjud bo'lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. 1897-yili birinchi aholi ro'yxati vaqtida katta shaharlarda aholining ko'pchilik qismi hunarmandlar hisoblangan.
    4. «Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash» o‘quv fanini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o'ziga xos jihatlari.
    O'quvchilarni mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash fanini o'zlashtirishlari uchun o'qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o ‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan:
    — o'quv faniga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan, blits-so'rov, insert texnikasi, frontal ishchi guruhlarda ishlash, «Bumerang», musobaqa, «Aralash mantiqiy zanjirlar», muammoli dars, «6x6x6» kabi pedagogik texnologiyalaridan; — fan bo‘yicha o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarida og‘zaki bayon qilish, fikrlar hujumi, suhbat-munozara, charxpalak, B-BB, rolli o'yinlar, muammoli dars, kichik guruhlarda va jamoada ishlash pedagogik texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutilgan. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» kursini o‘rganish, umumiy o’rta ta’lim maktabidagi mehnat ta’limining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta’lim, kasbga yo'llash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo‘vicha o'quv jarayonining tashkiliy tamoyillarini va uning mazmunini anglab olishi, maktab ustaxonalarida ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar tizimi sifatida o'rganilishi lozim. Pedagogika fanining tarmog'i sifatida «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» kursi oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo'yiladi, ya’ni mehnat ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy aham iyatini ochib berish. Mehnat ta’limi vazifalarini belgilashda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar metodologik asos bolib xizmat qiladi. Mehnat ta’limi o'quvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga, mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga, o'quvchilarda ongli dunyoqarashning shakllanishiga, ularni xalq xo'jaligida mehnat qilishga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» fani ustaxonada o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan boshqa o'quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy va matematik) o'qitishning o'zaro didaktik bog'liqligini ochib beradi, shuningdek, boshlang'ich, o'rta va yuqori sinflardagi mehnat ta’limining izchilligini ta’minlash yo'llarini ko'rsatadi. Mehnat ta’limi jarayonida o'quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga imkon beradi. Bu sifatlar og'zaki tushuntirish bilan emas, balki o'quvchilarni unumli mehnatga qatnashtirish yo'li bilan shakllantiriladi.
    5. Buyuk mutafakkirlarning mehnat ta’limi, kasb tanlashga yollash va tarbiyaga oid fikrlari.
    Sharqning buyuk mutafakkirlari, allomalar deyarli barcha davrlarda o'z asarlarida, she'r va g'azallarida, adabiv meroslarida halol mehnatni, kasb-hunar egallashning muqaddasligini va zarurligini ta’kidlab, ulug'lab o'tganlar. Ulug' bobokolonimiz A.Navoiy o'z g'azallarida yoshlarni ilm-hunar egallashga chaqiradi:
    Ilm kasbini qildi to joni bor,
    Hunar o'rgandi onga ki imkoni bor.
    X asrda yashab ijod etgan ulug' bobokalonimiz Abu Nasr al-Forobiy ham kishilarni halol mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga chaqiradi. Forobiyning fikricha:
    «Inson ojiz banda, hech narsaga qodir bo'lmagan mavjudod emas, balki u eng oliy kamolot natijasi bo'lib o'z aql-idrok ziyosiga ega, o'zi uchun zarur bo'lgan hamma narsani yaratishga qodir borliqdir». Forobiy mehnat va kasb-hunar ko'nikmalarini, axloqiy fazilatlarni hosil qilish lozimligini ta ’kidlab: «Agar kasb -hunar fazilati tug'ma bo'lganda, podshohlar ham o'zlari istab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo'lgan, tabiat talab qilgan tabiiy bir majburiyat bo'lib qolar edi. Kasbhunar fazilati tug'ma bo'lmas ekan, xalqlar va shahar ahllarida, odob-axloq, rasm-rusm, kasb-hunar, odat va irodani hosil qilishi insondan zo'r kuch va qudrat talab qiladi. Bu ikki yo'l bilan, ya’ni ta ’lim va tarbiya yo'li bilan hosil qilinadi. Ta’lim degan so'z xalqlar va shaharlar o'rtasida nazariy fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so'zdir», — degan edi.
    Kasb-hunar egallashning ahamiyati to'g'risida qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980—1037)ning asarlarida ham ko'ramiz. Uning fikricha bolaga yoshligidan biror kasb-hunarni o'rgatish lozim. Bola kasb-hunarni ma’lum darajada o ‘zlashtirib bo'lgandan so'ng o'z kasb-hunaridan hayotda foydalanishi, ya'ni halol mehnat bilan mustaqil hayot kechirishiga o'rgatish kerak.
    «Yoshlarga ilm bera borib, ularga hunar o'rgatmoq muhim mas’uliyatli ishdir. Hunar o'rganish birla yoshlar har qanday nojo'ya xatti-harakatlardan xoli bo'ladilar», deb ta ’kidlaydi Abu Ali Ibn Sino.
    Uning hunarli bo'lishga qaratilgan nasihatlari hozirgi kunda ham muhim ahamiyatga ega:
    Oltin olmagin-u o'rgangin hunar Hunarni oldida xasdir oltin zar. Sharqlik, markaziy osiyolik mutafakkirlar hamda o'zbek ma’rifatparvar shoirlari ham kasb-hunar egallashning ahamiyati to'g'risida o'z asarlarida qimmatli maslahatlarini qoldirganlar, bu meros hozirgi kunda ham yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishda muhim ahamiyatga ega. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotida Sharq-u G'arbda ham yoshlarni kasb-hunar egallashlariga alohida e ’tibor bilan qaralgan. Ularning kasb-hunar egallashlarida otalik, ustozlik maslahatlarini, yo'l-yo'riqlarini muntazam berib kelganlar. Rasman kasbga oid maslahat idoralari asrimiz boshlarida paydo bo'la boshlagan
    Download 245.36 Kb.




    Download 245.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referati topshirdi: Sh. Xujaniyazov Qabul qildi: Баҳолаш

    Download 245.36 Kb.