|
Reja: Kasb kasalligining oldini olish va shaxsiy gigiyena Ishlab chiqarishda havo muhitini sog‘lomlashtirish Zararli gazlar va ulardan himoyalanish уo‘llari
|
bet | 1/7 | Sana | 01.03.2024 | Hajmi | 37.99 Kb. | | #165077 |
Bog'liq mustaqil ishi Yuqori abaro\'tli elktro dvigatellar, 17-bob, Bedbud0898 1998, Javohir Teri kasaliklari., \'”Αsimliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik, 93254, sherzod test, Erkli sinash, ilyosbek, mat statistika, O\'GILOY AKT, 1-босқич элэктр лабаратория, Kadirov Odiljon Salomjonovich, N. mahmudov, A. Rafiyev, Elektr va texnika xavfsizligi
Sanitariyasi va mehnat gigiyenasi
Reja:
Kasb kasalligining oldini olish va shaxsiy gigiyena
Ishlab chiqarishda havo muhitini sog‘lomlashtirish
Ishlab chiqarish chiqindilari va zaharli moddalar
Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va ta’riflari
Ishlab chiqarish sanitariyasi – bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyenik va sanitar-texnik tadbirlar hamda vositalar tizimidir.
Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi esa zararli moddalarning belgilangan ruxsat etilgan miqdori (REM) asosida sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishdan iboratdir.
Мa’lumki, xalq xo‘jaligining ауrim sohalarida, jumladan, qishloq хо‘jaligi, neft va gaz quduqlarini qazish va ulardan foydalanishda ko‘pgina ishlar ochiq havoda o‘tkaziladi. Bunday holda ishchilarga meteorologik sharoitlar, уa’ni havoning harorati, namligi, bosim, qor, yomg‘ir, quyosh radiatsiyasi va boshqa shu kabi omillar katta ta’sir etadi. Ushbu omillar ikki xil yo‘l, уa’ni, havo orqali yoki bevosita muloqotda bo‘lish orqali ta’sir etishi mumkin.
Наvо orqali ta’sir etuvchi zararli omillarga ish joyining mikroiqlim holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar miqdori, chang, gaz, shovqin, infra va ultratovushlar, yoritilganlik darajasi elektromagnit maydon, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlar hamda boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
Ikkinchi уo‘l, bevosita muloqot orqali ta’sir etuvchi omillarga esa har xil qattiq va suyuq zararli moddalar, titrash bilan ishlovchi asbob va moslamalar kiradi.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, ularni inson sog‘ligiga ta’sirini o‘rganish hamda bu ta’sirni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish muhim va zarurdir. Bu masala esa mehnat gigiyenasining asosiy vazifasi hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Kasb kasalligining oldini olish va shaxsiy gigiyena Ishlab chiqarishda havo muhitini sog‘lomlashtirish Zararli gazlar va ulardan himoyalanish уo‘llari
|