• PAXTA TOLASIDAN КIMYOVIY USULDA OLINADIGAN MAHSULOT TURLARI
  • TYPES OF PRODUCTS OBTAINED FROM COTTON FIBER BY CHEMICAL METHOD
  • Rejabov M. Ch magistrant Toshkent




    Download 16.65 Kb.
    bet1/2
    Sana28.01.2024
    Hajmi16.65 Kb.
    #147457
      1   2
    Bog'liq
    paxta-tolasidan-kimyoviy-usulda-olinadigan-mahsulot-turlari
    axborot texnologiyalri, amaliyot topshirig'i, 1 1 1.Graduation Book-9.22 NEW

    Rejabov M.Ch. magistrant
    Toshkent davlat agrar universiteti
    Iskandarov Z.S.
    professor Toshkent davlat agrar universiteti


    PAXTA TOLASIDAN КIMYOVIY USULDA OLINADIGAN MAHSULOT TURLARI




    Annotatsiya: Dunyo miqyosida g’o’za o’simligi asosan tolasi uchun ekib kelinadi. Paxtani qayta ishlash jarayonida undan tola, chigit va lint ishlab chiqiladi. Bu mahsulotlar kundalik hayotimizda, sanoatda, medisinada va texnik maqsadlarda keng foydalaniladi.
    Kalit so’zlar: Paxta, tola, mahsulot, chigit, g’o’za, ishlab chiqarish.


    Rejabov M.Ch. graduate student
    Tashkent State Agrarian University
    Iskanderov Z.S.
    professor Tashkent State Agrarian University


    TYPES OF PRODUCTS OBTAINED FROM COTTON FIBER BY CHEMICAL METHOD




    Annotation: Globally, cotton is grown mainly for its fiber. In the process of processing cotton, fiber, seeds and lint are produced from it. These products are widely used in our daily life, industry, medicine and technical purposes.
    Keywords: Cotton, fiber, products, seeds, cotton, manufacturing.

    Paxta eng arzon va keng tarqalgan mahsulot hisoblanadi. Har yili butun dunyoda tayyorlanadigan barcha to’qimachilik tolalarining qariyb yarmini paxta tolasi tashkil qiladi. Paxtani qayta ishlab (tozalab), tola (30-40 %), chigit (60-70


    %) va momiq olinadi. Chigit tarkibida esa 22-28 % gacha moy bo’ladi.
    G’o’za bargi, poyasi va po’stlog’idan 100 dan ortiq, paxta tolasidan 50 ga yaqin, chigitidan 45 dan ortiq turli xil mahsulotlar olinadi. Paxta mahsulotlaridan sanoatning ko’pgina tarmoqlarida (to’qimachilik, aviasiya, ximiya, medisina, avtomobil va boshqa sohalarda) keng foydalaniladi.
    Bir tonna chigitli paxtadan 350-380 kg tola, 550-570 kg chigit, 50-120 kg momiq olinadi. Bir kilogramm toladan 5 m gazlama yoki 140 ta g’altak ip ishlab chiqariladi. Bir gektar erda etishtirilgan paxtadan o’rtacha hosildorlik 30 sentner bo’lganda shuncha mahsulotdan 7-8,5 ming metr gazlama, 270 kg paxta moyi,

    730 kg kunjara, 47 kg sovun, 108 kg momiq, 240 kg chigit va boshqa mahsulotlar olinadi.
    Shunday ekan, paxta etishtirishni rivojlantirish bilan birga paxta sanoatida paxtani ishlash texnologiyasini mukammallashtirish va yangi texnika, texnologiya bilan qurollantirish, ko’p mexnat talab qiladigan ishlarni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish sohasida katta ishlar qilinmoqda.
    To’qimachilik sanoatida qo’llaniladigan tolali xomashyo asosan ikki turga bo’linadi, bular: tabiiy va kimyoviy.
    Tabiiy tolalarga - tabiatdan hosil etilgan, o’simlik, mineral tolalar va jonivorlardan olingan jun tolalari kiradi. Ya’ni, paxta, kanopdan va boshqa o’simliklardan olinadigan tolalar, jun tolasi jonivorlardan olinadi. Mineral tolalarga esa asbest kiradi.
    To’qimachilik sanoati o’z ichiga salkam 15 ga yaqin tarmoqlarni qamrab olgan. Ishlov berilayotgan xom ashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga qarab, quyidagi tarmoqlarga bo’linadi:
    -paxta tolasiga ishlov beruvchi, kanopni qayta ishlovchi, junga ishlov beruvchi, ipakni qayta ishlovchi va boshqalar.
    Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash natijasida olinadigan mahsulotlarga:
    -paxta tozalash korxonasida chigitli paxtadan olinadigan mahsulotlarga, ya’ni tola, chigit, momiq va tolali chiqindilar kiradi.
    -kanopni qayta ishlash korxonasida kanopdan olinadigan mahsulotlar, chunonchi uzun tola, kalta tola, kanop samoni va chiqindilar, yog’och qismi kiradi.
    Кimyoviy tolalar molekulyar birikma ta’sirida kimyoviy yo’l bilan olinadigan tolalardir. Ular ikki guruhga bo’linadi, ya’ni sun’iy va sintetik tolalar guruhi.
    Кimyoviy tolalar tabiatda uchraydigan ba’zi mineral materiallardan olinadi. Viskoza, mis-ammiak, asetat, pollinoz tolalari sun’iy tolalardir. Sintetik tolalar (kapron, lavsan, nitron, anid, xlorin va boshq.) yuqori polimer birikmalardan kimyo zavodlarida olinadi.
    Кimyoviy tolalar uzluksiz uzun va juda ham ingichka iplar tarzida olinadi. Bunday uzluksiz ipni qisqa-qisqa (34-40 mm li)bo’lakchalarga qirqib, shtapel tolasi hosil qilinadi. Bu qirqimlarning uzunligi paxta tolasidan yasalgan shtapelning uzunligiga yaqin bo’lgani uchun shtapel tola deb atalishi qabul qilingan.
    Кimyoviy tolalarning afzalligi shundaki, qanday xossalarga ega tolalar kerak bo’lsa, shunday tolalar hosil qilish mumkin. Shuning uchun ham kimyoviy tolalar ishlab chiqarish borgan sari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
    Ip yigiruv fabrikalarida kimyoviy tolalarning o’zini va ularni paxta tolasiga aralashtirib ip yigirish mumkin.
    Ip yigiruv fabrikalarida ishlatiladigan kimyoviy shtapel tolalarning uzunligi 34-40 mm, yo’g’onligi 400-133 m/teks (№ 2500-7500) bo’ladi. shtapel tolalardan yigirib olingan ip shtapel ip deb ataladi.
    Odatda, kimyoviy tolalarni paxta tolasini yigirishda qabul qilingan oddiy (karda) ip yigirish tizimidagi mashinalarda yigirish mumkin. Bunday ipdan rang-barang shtapel gazlamalar ishlab chiqariladi.
    Кimyoviy tolalarning asosiy kamchiliklaridan biri shundaki, ular haddan tashqarii silliq, kam jingalak, ishlash jarayonida elektrlanish (zaryadlanish) xususiyatiga ega. Bunday kamchiliklar yigiruv fabrikalarining normal ishlashiga halal beradi. Elektrlanish tufayli tolalar mashina qismlariga yopishib qoladi, chiqindilar ko’payadi, ipning chiqishi kamayadi, natijada ish unumi ham pasayib ketadi.
    Viskoza-to’qimachilik sanoatida viskoza tolasi boshqa kimyoviy tolalarga qaraganda ko’proq ishlatiladi. Bu tola junga qaraganda taxminan 1,5 marta pishiqroq, uzilishdagi uzayishi esa paxta tolasinikiga qaraganda ikki marta ortiq (15-18 km). Bunday tola yaltiroq paxta tolasiga o’xshash bo’lib, bo’yoqni yaxshi oladi, yaxshi yigiriladi, mikroorganizmlar va kuya ta’siriga yaxshi chidaydi. Shuning uchun viskoza shtapel ipidan chiroyli shtapel gazlamalar to’qiladi. Ho’llangan paytda pishiqligini bir oz yo’qotishi va boshqa tolalarga qaraganda ko’proq elektrlanishi uning kamchiligidir.

    Download 16.65 Kb.
      1   2




    Download 16.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rejabov M. Ch magistrant Toshkent

    Download 16.65 Kb.