• Allayorova Shaxnoza Quvondiqovna
  • Kalit soʻzlar
  • Rixsiyev Samandar Jamshid oʻgʻli «m and f holding»




    Download 78 Kb.
    bet1/9
    Sana19.03.2021
    Hajmi78 Kb.
    #13302
      1   2   3   4   5   6   7   8   9

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TEXNOLOG KADRLAR SALOHIYATINI OSHIRISH VA ISHLAB CHIQARISH SOHALARINI MILLIYLASHTIRISHDA BELARUS MODELIDAN FOYDALANISH

    Rixsiyev Samandar Jamshid oʻgʻli

    «M AND F HOLDING» MCHJ Xalqaro munosabatlar boʻlimi boshligʻi

    O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri

    Allayorova Shaxnoza Quvondiqovna

    Magistrant, K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

    O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
    ANNOTATSIYA
    Texnolog kadrlar salohiyatini oshirish deyilganda inson koʻz oldiga jamiyatda turli ishlab chiqarish sohalarida faoliyat olib borayotgan kadrlarning ilmiy koʻnikmalarini mukammal darajada shakllantirish, ularga oʻz sohalarini mustahkam egallashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, soha boʻyicha muntazam taʼlim olib, oʻz koʻnikma va bilimlarini oshirib borish tushuniladi.

    Ishlab chiqarish sohalarini milliylashtirish va shu bilan bir qatorda bu jarayonni amalga oshirishda qariyb yuz yillik tajribaga ega Belarus modeli bilan hamkorlikni aloqalarini oʻrnatish va ushbu tajribadan foydalanish orqali quyida keltirib o`tilgan bir qator sohalarni mamlakatimizning istiqboli uchun qoʻshiladigan salmoqli hissalar qatoriga kiritish mumkin: mobil va texnologik mashinalarning gidropnevmatik tizimlarini ishlab chiqaarish, mashinasozlikda materialshunoslik, biotexnik va tibbiy uskunalar va tizimlar ishlab chiqarish, past haroratda ishlovchi texnikalar ishlab chiqarish, yuklovchi transport, qurilish, yoʻl mashinalari va jihozlarini ishlab chiqarish, konchilik mashinalari va uskunalarini ishlab chiqarish va boshqalar.



    Kalit soʻzlar: mobil va texnologik mashinalarning gidropnevmatik tizimlari, mashinasozlikda materialshunoslik, biotexnik va tibbiy uskunalar va tizimlar, qurilish, yoʻl mashinalari va jihozlari, konchilik mashinalari va uskunalari, ichki yonuv dvigateli, elektro va avtonomtransport.

    Kirish. Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

    «Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.

    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.



    Download 78 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rixsiyev Samandar Jamshid oʻgʻli «m and f holding»

    Download 78 Kb.