• “o’n qo’shchiga bir boshchi”
  • Bizning qat’iy fikrimiz shuki, bunday kishilar yo tanqiddan zarur xulosa chiqarib, tez orada o’z fikr va saviyalarini o’zgartiradilar, yoki biz ularning butunlay bahridan o’tamiz” 4 .
  • Sanoat korxonalarida boshqaruv tizimi va reajalashtirishning uyg’unligi




    Download 1.58 Mb.
    bet9/61
    Sana24.06.2021
    Hajmi1.58 Mb.
    #15171
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
    Sanoat korxonalarida boshqaruv tizimi va reajalashtirishning uyg’unligi.

    Har qanday ijtimoiy mehnat jarayoni u xoh kichik doirada, xoh katta doirada bo’lsin, boshqaruvni talab qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsad qo’yishi, vazifalarni taqsimlashi, uning bajarilishini nazorat qilish, kishilarni mehnat qilishga undashi, ularning harakatini muvofiqlashtirishi lozim. Xalqimiz “o’n qo’shchiga bir boshchi”, degan iborani bejiz yaratmagan.

    Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimov shunday deb ta’kidlagan edi: “Bugungi kunning eng muhim vazifasi,— hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo’g'inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda masuliyatni o’z zimmasiga olabiladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir” 3.

    Zamonaviy rahbar ham a’lo mutaxassis, ham haqiqiy tadbirkor, tashkilotchi, ayni paytda o’z haq-huquqini tanigan-bilgan kishi bo’lmog’i darkor. Shu o’rinda bugungi hayotimizdagi muayyan bir nomutanosnblikni ochiq e’tirof etib, birinchi Prezidentimiz quyidagilarni kuyinib bayon etgan: “Boshqaruvning quyi qatlamlarida, ayniqsa, ishlab chiqarish sohasida yangilikka intilish, yangilikni joriy etishga sa’y-harakatlar bor, lekin bu olijanob mayl va harakatlar o’rta va yuqori bo’g'inlarda, xususan, mamlakat vazirliklari va idoralari darajasida o’tirgan, to’rachilikni o’zlariga kasb etib olgan, loqayd, eskicha fikrlaydigan, o’zini xon, ko’lankasini maydon hisoblaydigan, yangilikka yo’l bermaydigan noshud kimsalarning qarshichiligiga duch kelmoqda.

    Bizning qat’iy fikrimiz shuki, bunday kishilar yo tanqiddan zarur xulosa chiqarib, tez orada o’z fikr va saviyalarini o’zgartiradilar, yoki biz ularning butunlay bahridan o’tamiz” 4.

    2017-yil 18-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 14-yanvarida respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2017-yilgi iqtisodiy dasturning ustuvor vazifalari bajarilishini so’zsiz ta’minlash bo’yicha qo’shimcha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bag’ishlangan majlisi bo’lib o’tdi.

    Majlisda mamlakatni rivojlantirishning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari, tarmoqlar va hududlarni yanada kompleks rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari va mintaqalarning eksport salohiyatini rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlikning roli va ahamiyatini kuchaytirish, aholining daromadlari va turmush darajasini yanada oshirishga qaratilgan dasturiy choralar har tomonlama va mufassal ko’rib chiqildi.



    Xususiy mulkni ishonchli himoya qilishni yanada ta’minlash va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi tadbirkorlik faoliyati faollashishining sezilarli darajada o’sishiga va joriy yilning birinchi choragida kichik biznesning 13,6 mingdan ortiq yoki 2016 yilning xuddi shu davridagiga qaraganda 64 foiz ko’p yangi sub’yektlari tashkil etilishiga ko’maklashdi. Kichik biznes sub’yektlariga 4,6 trillion so’m miqdorida kreditlar ajratildi, bu 2016 yilning birinchi choragidagiga qaraganda 1,3 baravar ko’pdir5.

    Faol investitsiya siyosati amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyotiga o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 9,7 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 10,5 foizga o’sdi. Yil boshidan buyon 9 ta yirik korxona, shuningdek, 4 mingdan ortiq ishlab chiqarish ob’yektlari foydalanishgatopshirildi. Yangidan tashkil etilgan «Urgut», «G’ijduvon», «Qo’qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

    Tarmoqlar va mintaqalarning eksport salohiyatini safarbar etish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar eksportga mahsulot yetkazib berishning o’sishini va tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosini ta’minladi. Yil boshidan buyon ilgari o’z mahsulotini eksport qilmagan 258 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, tovarlarning 117 ta yangi turini eksport qilish, shuningdek, 28 ta yangi tashqi sotish bozori o’zlashtirildi 6.

    Ko’rinib turibdi-ki, bugungi kunda boshqaruvning hamda uning elementlarining takomillashuvi yanada dolzarb mavzuga aylanmoqda.





    Download 1.58 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




    Download 1.58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoat korxonalarida boshqaruv tizimi va reajalashtirishning uyg’unligi

    Download 1.58 Mb.