Ishlab chiqarish
Boshqaruv
Boshqaruv vazifasi
Boshqaruv qoidalari
Boshqaruv qonunlari
Boshqaruv munosabati
1.1.1-chizma.Boshqaruvvazifalari.
Bu boshqaruv vazifalarini amalga oshirish tarkibini quyidagi 1.1.2-chizmada ko’rish mumkin.
1.1.2-chizma. Boshqaruv vazifalarini amalga oshirish sxemasi.
Boshqaruv jarayoni deganda biz turli tuman takrorlanib turuvchi sikllarni birlashishini va o’zaro harakatda bo’lishini tushunamiz. Bularga boshqaruv apparati xizmatchilari tomonidan bajariladigan kasbi vazifasi va malakasi, operatsiya texnologiya asosidan taqsimlangan masala, operatsiya, protsedura (muolaja) va elementlar kiradi. Bu holatda biz – boshqaruv texnologiyasi bilan tanishamiz.
Yuqorida keltirilgan boshqaruv texnologiyasi tushunchasi bilan to’laroq tanishib chiqamiz. Ushbu tushunchani birinchi qismida boshqaruv texnologiyasini tarkibiy elementlari haqida so’z ketgan edi.
Hozir esa boshqaruv texnologiyasi jarayoni ikkinchi qismiga tushuncha beramiz. Biz yuqorida keltirilgan kasb, vazifa, malaka va operatsiyalar mehnat taqsimoti asosida bajariladi deb ta’kidlab o’tdik. Bu yerda boshqaruvni samarali jarayoni haqida so’z yuritdik. Uning bir necha shartlari mavjud bo’lib ular quyidagichadir:
Birinchi shart - mehnatni kasb bo’yicha taqsimlash. Bu mehnatiing kasb bo’yicha taqsimi: buxgalter (muxosib), iqtisodchi, inspektor, moliyachi va boshqalar.
|