Ikkinchi shart - mehnatni vazifaviy taqsimlash. U o’z ma’nosi bilan birinchiga yaqinlashadi va har bir xizmatchi o’zining aniq ishini bajaradi.
Masalan, sanoat korxonalarida rahbar umumiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni nazorat qiladi, sex boshlig’i esa korxonadagi ishlab chiqarish bilan bog’liq ishchilarni ishini boshqaradi, sex inspektori o’z ob’yektida nazorat vazifasini bajaradi.
Uchinchi shart - boshqaruv texnologiyasining samaradorligi - boshqaruv mehnatini malaka asosida taqsimlash. Masalan, uch-to’rtta vazifa toifasiga ega
iqtisodchilar oddiy iqtisodchi, birinchi va ikkinchi toifadagi iqtisodchilar (bosh iqtisodchilar), yetakchi iqtisodchi.
Va nihoyat boshqaruv mehnatining to’rtinchi taqsimot turi - texnologiyani operatsiyalari bo’yicha ajratishdir. Bu keng tushunchaga ega bo’lib, boshqaruvchi mehnatni aniq daqiqalar davomida aniq jarayonlarga taqsimlab berishi
lozim. Boshqaruv masalasi deganda bie aniq ish turini tushunamiz. Bu mehnat jarayonini bir qismi bo’lib boshqaruv qarorini qabul qilish bilan bog’liq, bitta yoki
bir necha xizmatchi tomonidan bajariladigan va ma’lum maqsadga erishishga ko’maklashadigan jarayondir.
|