|
Boshqaruv operatsiya va protseduralarining solishtirma og’irligi
|
bet | 17/61 | Sana | 24.06.2021 | Hajmi | 316,69 Kb. | | #15171 |
Boshqaruv operatsiya va protseduralarining solishtirma og’irligi
Operatsiya va protsedura turlari
|
Ish hajmi sarfi % da umumiy xarajat hisobidan
|
|
Rahbar
|
Mutaxassis
|
Texnik bajaruvchi
|
Axborotli
|
30
|
60
|
80
|
Boshqaruvqarorlarinitayyorlashvaqabulqilish (qarorlarniqabulqilishdavainjuringqilishda)
|
30
|
25
|
20
|
Tashkiliy ish
|
40
|
15
|
-
|
Jami:
|
100
|
100
|
100
|
Manba: G’ulomov S.S. “Menejment asoslari ” kitobi asosida tayyorlandi.
Ob’yektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. Har ikkisi ham doimo rivojlanishda va harakatda bo’ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir. Shunga binoan boshqaruv ham ikki asosiy turga bo’linadi:
jonsiz tabiatni boshqarish;
jonli tabiatni boshqarish.
Boshqarishning bu turlaridan har biri, o’z navbatida, bir necha xillarga bo’linadi. Masalan, jonli tabiatni boshqarish:
jamiyatni boshqarish;
jamoat tashkilotlarini boshqarish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
xodimlarni boshqarish kabilarga bo’linadi.
Boshqaruv ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob’yektiv zaruriy unsuridir. Binobarin, har qanday nisbatan katta miqyosda amalga oshiriladigan bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat idora qiluvchiga ma’lum darajada muhtojdir. Bu idora qiluvchi yakka ishlar o’rtasida uyg’unlik o’rnatadi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun ishlab chiqarish organizmining harakatidan kelib chiqadigan funksiyalarni bajaradi.
|
| |