|
Sirtni tayyorlash
|
bet | 1/3 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 20,79 Kb. | | #136495 |
Bog'liq Bosma plata tayyorlash metodlarni o
Bosma plata tayyorlash metodlarni o’rganish
Reja.
Sirtni tayyorlash.
Bosma platalarni tayyorlash usullari.
Bosma plataning o‘tkazuvchi tasvirini olish.
Bosma platalarni kimyoviy tayyorlash.
Foydanilgan adabiyotlar.
Sirtni tayyorlash.
Bosma plataning sirtini tayyorlash surtiladigan qatlamlarning yopishishi bog‘liq bo‘lgan muhim operatsiya hisoblanadi. Tagliklardan ifloslantiruvchi moddalarni to‘liq olib tashlamaslik elektr zanjirlarning qisqa tutashuviga, metallarning korroziyasiga, yupqa qatlamning yopishqoqligining yomonlashishiga va namlik o‘tkazuvchanligini oshishiga olib kelishi mumkin. Kimyoviy tozalash usulini tanlash uchun sirtda qanday ifloslanishlar borligini bilish kerak. Baholash faqat vizual bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, BPlar tayyorlashda kimyoviy tozalash usuli empirik tarzda tanlanadi. Turli sirtlarni tayyorlash turli yondashuvlarni talab qiladi. Folganing sirti marshalit va silliqlash ohak aralashmasi bilan mexanik ishlov beriladi va yuviladi. Keyin sirtni kimyoviy tayyorlash qaynoq ishqorli eritmada (soda, Na3PO4 + SAM (sirt aktiv moddasi)) yoki organik erituvchilarda (spirt, aseton) yog‘sizlantirish, xrom angidrid yoki ammoniy persulfat eritmasida kimyoviy tozalash va suv bilan yuvishdan iborat. Quritish 80 - 1000C haroratda 10 daqiqa davomida amalga oshiriladi. H2SO4 va SAM asosidagi maxsus tozalagichda platalar bir vaqtning o‘zida yog‘sizlantiriladi va qisman tozalanadi. Burg‘ulashdan keyin teshiklar burmalarni olib tashlash uchun gidroabraziv ishlov beriladi va bor karbid yoki elektrokorundning suvli eritmasi purkagichlari yordamida epoksid smola tozalanadi. Oksidlarni olib tashlash uchun bir vaqtning o‘zida suv berilishi bilan abraziv material bilan to‘yingan to‘qilmagan neylondan yasalgan aylanadigan cho‘tkalar yoki doiralar qo‘llaniladi. Tozalikni nazorat qilish folgani suv bilan to‘liq namlash orqali amalga oshiriladi. Misni kimyoviy o‘tqazish uchun dielektrikning sirtiga qum bilan yoki Al2O3 kukuni bilan gidroabraziv mexanik ishlov beriladi, keyin platalar cho‘tka bilan 43 artish orqali iliq suv bilan yuviladi. Mikrog‘adir-budurliklar (mis qatlamini yaxshiroq yopishish uchun) olish va bog‘lanish tezligini oshirish (funksional guruhlarni oshirish) uchun kimyoviy modifikatsiyalash - tarkibida Na2Cr2O7 va konsentratsiyalangan H2SO4 ga ega bo‘lgan Cr6+ eritmalarda ishlov berish amalga oshiriladi. Dielektrikning sirt qatlami - OH4 va - OSO3H guruhlarni qo‘shilishi bilan qisman buziladi. Keyin platalar yuviladi, neytrallanadi va yana yuviladi. Burg‘ilash paytida qoplangan epoksid smolani olib tashlash uchun H2SO4 va HF kislotalar aralashmasida kimyoviy tozalash qo‘llaniladi, eritmaga o‘tadigan ortosulfonik kislota hosil bo‘ladi. Neytrallash uchun KOH yoki 10%li Na2CO3 ishlatiladi. Hosil bo‘lgan tuzlar issiq va sovuq suvda yuvish yo‘li bilan chiqariladi. Zarurat bo‘lsa, gidroabraziv va ultratovushli ishlov berish takrorlanadi.
|
| |