• Takrorlash uchun savollar
  • 14-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLARNING XUSUSIY KAPITALI TAHLILI O’rganadiladigan savollar
  • 1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining xususiy kapitalini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
  • Xususiy kapital tahlilining vazifalari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi
  • 2. Xususiy kapital tarkibi, o’zgarishi va dinamikasining tahlili
  • Likvidlilik koeffitsiyentlariga
  • Xususiy kapital rentabelligi
  • Jami investitsiyalar rentabelligi
  • Jami aktivlarning o’rtacha qiymati
  • Bir aksiya uchun daromadni h
  • Xususiy kapitalning jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsiyenti. Xususiy kapital qiymatini
  • 3. Xususiy kapitalni ko’paytirish omillarini aniqlash
  • 3. Rezerv kapitali
  • 5. Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
  • Mavzu bo’yicha tayanch iboralar
  • Mavzu bo’yicha tayanch iboralar




    Download 0.78 Mb.
    bet14/14
    Sana04.04.2017
    Hajmi0.78 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

    Mavzu bo’yicha tayanch iboralar

    • pul mablag’lari xarakati hisobotini tahlil etishdan maqsad, uning strukturasi va yo’nalishi;

    • pul oqimi;

    • pul mablag’lari kirimi;

    • pul mablag’lari chiqimi;

    • pul mablag’lari xarakati to’g’risidagi hisobotdan foydalanish yo’llari;

    • joriy faoliyatdagi pul mablag’larini kirimi va chiqimini tahlili;

    • investitsiya faoliyatidagi pul oqimlarini kirimi va chiqimini tahlil etish uslubi;

    • moliyaviy faoliyatdagi pul oqimlarining kirimi va chiqimini tahlil etish;

    • pul oqimini tahlil etishning to’g’ri usuli;

    • pul oqimini tahlil etishning egri usuli;




    Takrorlash uchun savollar


    1. Pul oqimi atamasiga izoh bering?

    2. Pul ekvivalentlari deganda nima tushuniladi?

    3. Pul mablag’larini tahlil etishning ahamiyati nimadan iborat?

    4. Pul mablag’larining harakatini o’rganishda tahlilning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    5. Korxonaning xo’jalik faoliyatidan bo’lgan pul oqimlari qanday tahlil etiladi?

    6. Soliq to’lovlari qanday tahlil etiladi?

    7. Investitsiya faoliyatidan pul mablag’lari oqimi qanday tahlil etiladi?

    8. Moliyaviy faoliyatdan bo’lgan pul mablag’lari oqimi qanday tahlil etiladi?

    9. Valyuta mablag’lari qanday tahlil etiladi?

    10. Valyuta mablag’larini tahlil etishdan maqsad nima?

    11. Valyuta mablag’lari bo’yicha kurs o’zgarishlarini qanday bashorat etish mumkin?

    12. Pul mablag’larining harakatini qanday bashoratlash mumkin?

    13. Pul oqimini tahlil etishni to’g’ri usulining mohiyatini tushuntirib bering?

    14-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLARNING XUSUSIY KAPITALI TAHLILI
    O’rganadiladigan savollar:
    1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining xususiy kapitalini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari

    2. Xususiy kapital tarkibi, o’zgarishi va dinamikasining tahlili

    3. Xususiy kapitalni ko’paytirish omillarini aniqlash
    1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining xususiy kapitalini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
    Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Negaki, uning holatiga qarab jami mablag’lar tarkibidan kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga baho beriladi. Bu biznesni boshqarish, faoliyatni kengaytirish va sheriklik faoliyatini yo’lga qo’yishda o’ta muhim masala hisoblanadi.

    Xususiy kapital korxonaning o’z mablag’lari manbaining asosini tashkil etuvchi ko’rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga korxona ustav kapitali, zahira kapitali, qo’shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kiradi.

    Buxgalteriya hisobi fanidan ma’lumki korxona, tashkilot va firmalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash manbai bo’lib quyidagilar hisoblanadi:


    • O’z mablag’lar manbai;

    • Qarz mablag’lari.

    Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag’lar manbaiga byudjetdan ajratmalar ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o’tganimizdan keyin bu mablag’lar manbai bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo’q qilinishi Respublikamizdagi boqimandalik tizimini tugatishni ta’minladi.

    Endilikda esa yuqorida sanab o’tganlarimiz korxonalarni mablag’lar bilan ta’minlash manbai bo’lib kelmoqda.

    Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o’z mablag’larini belgilab olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag’larni qaysi manbaa xisobiga qoplash kerakligini ko’rib o’tiladi. Agarda korxonaning o’z mablag’lari yetarli bo’lsa o’z mablag’lar manbai hisobiga aks holda esa qarz mablag’lari hisobiga qoplaydi.

    Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir korxona o’z moliyaviy ehtiyojlarini o’zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta’minlash manbai bo’lib, uning foydasi, qimmatbaho qog’ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to’lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari hamda qonundan tashqari bo’lmagan holda kirim qilingan mablag’lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag’lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi.

    Xususiy kapital xisobi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudratining darajasini qay darajada ekanligini bildiradi. Bunday taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6-sessiyasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunda ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16- moddasiga ko’ra1 moliyaviy hisobotlar tarkibida 5- shakl «Xususiy kapital to’g’risida hisobot» deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.

    Xususiy kapital tahlilining vazifalari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:


    • xususiy kapitallardan samarali foydalanganlikka baho berish;

    • xususiy kapitalda mavjud bo’lgan imkoniyatlarni aniqlash;

    • uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va hakozolar kiradi.

    Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbai bo’lib, «Buxgalteriya balansi»ning passiv 1- bo’limi va «Xususiy kapital to’g’risida»gi hisobot shakllari kiradi. Bu hujjat shakllaridan foydalangan holda biz tahlil ishlarini olib boramiz. Mazkur mavzuning hisobi 12- «Jurnal orderi» da yuritilib, ushbu hujjat formasi ham manbalar sifatida ko’rilishi mumkin.
    2. Xususiy kapital tarkibi, o’zgarishi va dinamikasining tahlili
    Xususiy kapital hisobi o’z ichiga bir qancha ko’rsatkichlarni olib, ular quyidagi tartibda tashkil etiladi:

    • Ustav kapitali;

    • Qo’shilgan kapital;

    • Rezerv kapitali;

    • Taqsimlanmagan foyda;

    • Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.

    Korxonaning ustav kapitali o’z mablag’lar manbaining asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo’yilgan pay to’lovlarini, aksiyalarining nominal qiymatini o’zida saqlaydi. Uning hisobi esa hukumat qarorlari va ta’sischilarning yig’inida qabul qilingan qarorlar asosida yuritilib boriladi.

    Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mulkni ko’rsatadi. Mulkning kelishi vaqtiga esa bu summa ustav kapitalida ko’rsatiladi.

    Korxonalar amalda qo’llanilayotgan qonunlarga ko’ra har yili erishgan foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda ko’rsatilgan tartibda mablag’ chegirilib boriladi.

    Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:

    1. Ko’rilgan zararlarni qoplash uchun;

    2. Korxona hisobot yilida foyda olmagan bo’lsa imtiyozli aksiyalar uchun dividend berish;

    3. Boshqa to’lovlarni amalga oshirish uchun.

    Taqsimlanmagan foyda - bu korxonaning hisobida turgan sof foydasini ko’rsatadi. U ham xususiy kapital tarkibiga kiruvchi eng asosiy ko’rsatkichlardan sanaladi. Lekin faoliyat yurituvchi korxonalar har safar ham foyda bilan chiqmasligi mumkin. Bu holda uning zarari xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar deb yuritiladi. Mazkur ikkala qiymat ham 8710- «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hamda 8720 – “Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotlarida yuritilib, ularning farqi ishoralari orqali aniqlanib olinadi.

    Moliyaviy tahlilni olib borishda koeffitsiyentlar usuli eng ilg’or metodlardan xisoblanib, bizning o’rganayotgan mavzuimizni ham ularsiz tasavvur etib bo’lmaydi.

    Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida turli xil moliyaviy koeffitsiyenlar o’rganiladi va ularni shartli ravishda to’rtta katta guruhlarga ajratiladi:



    1. Rentabellik koeffitsiyentlari;

    2. Likvidlik koeffitsiyentlari;

    3. To’lov qobiliyati koeffitsiyentlari;

    4. Bozor indikatorlari.

    Bu ko’rsatkichlar ham o’z tarkibiga bir qancha koeffitsiyentlarni oladi:

    Demak, birinchi ko’rsatkich tarkibiga:



    • Xususiy kapital rentabelligi;

    • Korxonaning jami investitsiyalar rentabelligi;

    • Leveridj;

    • Sotish rentabelligi.

    Likvidlilik koeffitsiyentlariga:

    A) Tez likvidlanadigan koeffitsiyentlar;

    B) Debetorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti;

    V) Ishlab chiqarish zahiralarini aylanishi koeffitsiyenti;

    G) Qiyin likvidlanish koeffitsiyenti.

    To’lov qobiliyatini izohlovchi koeffitsiyentlarga quyidagilar kiradi:



    • Qarz va hususiy kapital nisbati koeffitsiyenti;

    • Xususiy kapitalning jami mulkda tutgan ulushi koeffitsiyenti;

    • Qarz mablag’larining jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsiyenti.

    Bozor indikatorlariga esa bozor qiymati va buxgalteriya xisobida aks etgan baho (nominal qiymat, tannarx) orasidagi farq summalari o’rganiladi.

    Bu koeffitsiyentlar ichida bizning mavzuga taaluqli bo’lgan koeffitsiyentlar ham mavjud bo’lib, ular quyidagicha aniqlanadi:



    Xususiy kapital rentabelligi. Bu rentabellik turi har bir so’mlik xususiy kapitalimiz hisobiga to’g’ri kelgan sof foyda qiymati o’rganiladi. Buning uchun,
    Sof foyda




    Xususiy kapitalning yillik o’rtacha qiymati
    ko’rinishida hisob - kitob ishlarini bajarishimiz kerak.

    Xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatini topish uchun yil boshidagi va yil oxiridagi summalarini yig’indisini ikkiga bo’lib aniqlaymiz.



    Jami investitsiyalar rentabelligi. Bu ko’rsatkichni aniqlashimiz uchun,
    Sof foyda Q (Kreditlar uchun foiz*foyda solig’ining korektirovka qilingan stavkasi)QRezervlar uchun ajratma.




    Jami aktivlarning o’rtacha qiymati
    kabi hisoblashish ishlarini bajarishimiz lozim.

    Bu yerda aktivlarning o’rtacha qiymati jami mablag’larning yil boshiga va yil oxiriga bo’lgan qiymatini yig’indisini ikkiga bo’lgan holda topamiz. Bu yerda rezervlar uchun ajratma, kredit uchun soliqlar va foyda solig’ining korrektirovkasi sof foyda hisobidan bo’lganligi uchun bu qiymatlarning yig’indisi hisobot yilining yakuniy moliyaviy natijasi sifatida keladi.



    Leverdj. Bu xususiy kapitalning o’sgan qismini ko’rsatib, u quyidagicha aniqlanadi, ya’ni xususiy kapital rentabelligi koeffitsiyenti bilan jami investitsiyalar orasidagi farq koeffitsiyenti olinadi. Kelib chiqqan natija qanchalik yuqori bo’lsa korxonaning xususiy kapitalini shunchalik o’sganligini beradi.

    Bir aksiya uchun daromadni hisobot yilida olingan foydani chiqarilgan aksiyalar soniga bo’lish bilan aniqlanadi.

    Qarz va xususiy kapital o’rtasidagi nisbat koeffitsiyenti.

    Bunda uzoq va qisqa muddatli qarz mablag’larini o’z mablag’lari manbaiga bo’lib topamiz. Bunday nisbatlar har bir davr uchun aniqlanadi.

    Agarda hisobot yili boshidagi aniqlangan koeffitsiyent yil oxiriga nisbatan katta bo’lsa A1>A2 u holda korxonaning to’lov qobiliyati oshgan bo’ladi. Aks holda esa korxonaning to’lov qobiliyati pasaygan bo’ladi.

    Xususiy kapitalning jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsiyenti.
    Xususiy kapital qiymatini




    Jami mablag’lar
    formulasi orqali topiladi. Bu koeffitsiyent qanchalik birga yaqinlashib borsa korxonaning mustaqilligi shunchalik oshib boradi. Bizning respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar bu koeffitsiyentning kamida 50% ga ega bo’lishlari lozim.
    3. Xususiy kapitalni ko’paytirish omillarini aniqlash
    Xususiy kapital tahlili uning tarkibidan joy olgan ko’rsatkichlar hisobiga o’zgarib boradi. Har bir tarkibning o’zgarishi ham o’z mazmuniga ko’ra ma’lum ko’rsatkichlarni o’zgarishi orqali amalga oshadi.


    1. Ustav kapitali;

    Bu schyot xususiy (hissador) kapitalining qiymati, qimmatbaho qog’ozlarning emissiyasi va joriy yil foydasi va zarari hisobiga o’zgarishi mumkin.

    1. Qo’shilgan kapital.

    Bu schyot quyidagi hollarda o’zgarishi mumkin:

    • xususiy (hissador) kapitali qiymatining o’zgarishi;

    • muomalaga qo’shimcha aksiyalarning chiqarilishida;

    • asosiy vositalarni qayta baxolanishida;

    • foyda va zararlarni hisobiga.

    3. Rezerv kapitali ham yuqorida keltirilgan o’zgarish sabablari hisobiga amalga oshadi. Faqatgina bu o’zgarishlar tarkibiga foyda hisobidan rezervlarga ajratilgan summalar.

    4. Taqsimlanmagan foyda. Bu ko’rsatkich korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi, hissador kapitalining ko’payish yoki kamayishi, qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi, rezerv uchun ajratmalar hisobiga o’zgarishi mumkin.

    5. Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.

    • xisobot davrida olingan zarar;

    • qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi;

    • hissador kapitalining ko’p yoki kam bo’lishi

    kabi ko’rsatkichlar hisobiga o’zgarishi mumkin.

    Bu o’zgarishlar 5- shaklda ham yaqqol ko’zga tashlanib turadi.




    Mavzu bo’yicha tayanch iboralar

    • xususiy kapital to’g’risida tushuncha va uni tahlil etish maqsadi;

    • xususiy kapitalni tarkibi, tuzilishi va yil boshiga nisbatan o’zgarish sabablari;

    • ustav fondi;

    • rezerv kapitali;

    • qo’shilgan kapital;

    • taqsimlanmagan foyda (zarar);

    • balans passivi moddalarini qarzni uzish muddatlari bo’yicha 4 guruhga bo’linishi;

    • joriy likvidlik koeffitsiyenti;

    • istiqbolli likvidlik koeffitsiyenti;

    • bankrotlik alomatlari va ularni tahlil etish uslublari;

    • kreditga lag’qatlilikni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi va ularni tahlil etish uslubi;

    • qaramsizlik koeffitsiyenti;

    • qarz va o’z mablag’larini nisbati;




    Takrorlash uchun savollar


    1. Xususiy kapital deganda nimani tushunasiz?

    2. Xususiy kapital nima uchun tahlil etiladi?

    3. Xo’jalik sub’ektlarining xususiy kapitalini tahlil qilishdan maqsad va tahlil vazifalari nimalardan iborat?

    4. Xususiy kapital tarkibiga nimalar kiradi?

    5. Xususiy kapital qanday tahlil etiladi?

    6. Xususiy kapitalni ko’paytirish yo’llarini ko’rsatib bering?



     M.K.Pardayev “Iqtisodiy tahli nazariyasi” 20-22-betlar..

    O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonuni 25 may 2000 yil

     I.A.Karimov O’zbekisron oqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. Т.: «O’zbekiston» 1996 yil. 34-35 betlar.

     Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маћкамасининг «Маћсулот (ишлар, хизматлар) ни ишлаб чиќариш ва сотиш харажатларининг таркиби ћамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўѓрисида Низом» 1999 йил 5 февралдаги 54- сон ќарори

    A.V.Vahobov., A.T.Ibrohimov, Y.F.Ishonqulov «Moliyaviy boshqaruv tahlili» 2005 yil .169-170 betlar

     O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moliyaviy hisobot shakllari va ularga berilgan sharh» 1997 yil 15 yanvar.

     O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS). «Asosiy vositalarni hisobga olish» 2003yil 9 oktyabr.

     Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 iyuldagi Farmoni “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish borasidagi qo’shimcha chora tadbirlar to’grisida”

    1 O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuni, 1996 yil 30 avgust


    Download 0.78 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0.78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu bo’yicha tayanch iboralar

    Download 0.78 Mb.