• Таянч иборалар
  • Ta'lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish




    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/12
    Sana11.10.2022
    Hajmi1.89 Mb.
    #27036
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    7-mavzu
    1-Ma\'ruza, 3, 3, Asosnoma-SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI


    Ta'lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish
    Reja: 
    1. Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi tahrirlagichlar(dasturlar) haqida; 
    2. Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayillarni yaratish; 
    3. Windows muhitida ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlar va ulardan foydalanish; 
    4. Sound Forge – ovoz tahrirlagichi oynasi elementlari; 
    5. Videofayllar. Analogli va raqamli video 
    6. Corel VideoStudio Pro video tahrirlagichi 
    7. Ma’lum bir mavzu bo’yicha senariy tuzish. 
    Таянч иборалар: Audio va video fayllarni, WAVE (.wav), AU (.au, .snd), MPEG-3 (.mp3), MIDI 
    (.mid), MOD (.mod), IFF (.iff), AIFF (.aiff), RealAudio (.ra, .ram), Sound Forge – ovoz 
    tahrirlagichi, menyular paneli, standart instrumentlar paneli, oshqarish paneli, kanallar indikatori, 
    videofayllar, analogli va raqamli video, television standartlar, video-ma’lumotlarni saqlash 
    formatlari, videopotokni siqish, simmetrik va asimmetrik siqish, videomontaj texnologik 
    jarayonlari, Windows Movie Maker dasturi, Video konverterlar, Any Video Converter, Corel 
    VideoStudio Pro video tahrirlagichi. 
     
    Kundalik turmushda ovozli(audio) yoki video ma’lumotlardan keng foydalanamiz. Ya’ni 
    musiqa eshitamiz, kino, kliplar va biror bir dasturni, yangiliklarni tomosha qilamiz. Bunday 
    axborotlar aniq bir ssenariy asosida audio va video tahrirlagichlar yordamida yaratilgandir. Shu 
    singari chet tillarini o’qitishda, o’rgatishda yoki o’qitish jarayonini samarali olib borishda ham 
    ko’pincha bunday ma’lumotlarga murojaat qilamiz. Chunki audio va video uyg’unlashgan holda 
    yaratilgan materiallarni qo’llash ya’ni elektron resurslardan foydalanish til o’rganish va til 
    o’rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi.
     
    Interaktiv vositalar axborotni taqdim qilishning turli xil vositalarini – tekst, statik va dinamik 
    grafiklar, video va audio yozuvlarni bir butun majmuaga birlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu esa 
    ta’lim oluvchini o’quv jarayonida faol ishtirokchi bo’lishiga yo’l beradi, modomiki, axborotlarni
    taqdim qilish ta’lim oluvchining harakatiga muvofiq javob sifatida yuz beradi.
    Multimediadan foydalanish axborotni o’zlashtirishning o’ziga xos hususiyatlarini maksimal
    darajada hisobga olishga imkon beradi, bu pedagog tomonidan ta’lim oluvchiga komypyuter
    vositasida o’quv axborotlarini etkazib berishda juda ham muhimdir. Yaratilayotgan ko’pchilik 
    elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli-tuman tiplari bilan ishlashga yo’naltirilgan. Ular 
    fotosur’atlar, tovushli fragmentlar va albatta, animatsiya va video bo’lishi mumkin. 
    Audio va video fayllarni yaratish yoki qayta ishlash ya’ni ularga ishlov berish uchun maxsus 
    dasturlar(tahrirlagichlar) kerak bo’ladi. Hozirgi kunda bunday dasturlarning turi juda ko’p. Quyida 
    biz ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
    Odatda audio fayillar – WMA Audio (.wma), WAVE Audio (.wav), MPEG-
    4 Audio (.m4a), Free Lossles Audio Codec (.flac), Digital Surround Audio (.dts), SUN AU 
    Format(.au), Monkey’s Audio Format (.ape), Apple Lossles Audio (.m4a), AIFF Audio (.aiff), AC3 
    Audio (.ac3), AAC Audio (.aac), OGG Vorbis Audio (.ogg), MP3 Audio (.mp3), MP2 Audio(.mp2) 
    va hakazo kengaytmadan iborat bo’lishi mumkin. Maxsus daturlar (“video convertor” lar yoki audio 
    tahrirlagichlar) yordamida bir kengaytmadan boshqasiga o’tkasish mumkin bo’ladi. 

    Download 1.89 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta'lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish

    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish