• Television standartlar Hozirgi kunda uchta asosiy rangli televidinie standarti mavjud: - NTSC
  • Raqamli video haqida qisqacha ma’lumot
  • Analogli video haqida qisqacha ma’lumot




    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/12
    Sana11.10.2022
    Hajmi1.89 Mb.
    #27036
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    7-mavzu
    1-Ma\'ruza, 3, 3, Asosnoma-SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI, tarix-seminar-test-javoblari, 4-topshiriq-4, fiziologiya(1), Elektr va magnetizm (YaDAK u-n test), 1- Darsga havola, 1 (2), 11 (22), 309928d4b100a5d75adff48a9bfc1ddb, 1-mavzu, 9
    Analogli video haqida qisqacha ma’lumot 
    Analogli video – Televidenieda qo’llaniladigan video tipi. Ekrandagi tasvir lyuminofor 
    material bilan qoplangan, ma’lum to’lqin uzunligida, ya’ni aniq bir rangda nur tarqatuvchi ekran 
    bo’ylab elektron nurlarning harakati davomida hosil qilinadi. Bu jarayon skanerlash deb ataladi va 
    qatorlar (gorizontaliga) hamda kadrlar (vertikaliga) bo’yicha o’tkaziladi. Harakatli video hosil 
    bo’lishi uchun sekundiga bir nechta kadrni skanerlash zarur. Televizorlarda kadrlar sekundiga bir 
    necha o’nlab chastotada almashadi.
    Television standartlar 
    Hozirgi kunda uchta asosiy rangli televidinie standarti mavjud: 
    - NTSC (National Television Standard Committee – milliy television standartlar komiteti) 
    amerika standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastotota 60 GGs; 
    PAL (Phase Alternation Line – o’zgaruvchan fazali satrlar) nemis standarti, kadrdagi satrlar 
    soni 625. chastota 50 GGs; 
    - SECAM (Séquentiel couleur avec mémoire – xotirali ranglar ketma-ketligi) fransuz 
    standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastota 50 GGs. 
    Standartlar qo’llanilayotgan modulyatsiya va chastota qiymatlari bilan bir-biridan farq qiladi. 
    Raqamli video haqida qisqacha ma’lumot 
    Raqamli video – ma’lumot raqamli ko’rinishda saqlanuvchi tasvir yoki tasvirlar to’plami. 
    Unda raqamli signallar va xalqaro television va analogli videoda qo’llaniladigan tasvirni ekranga 
    chiqarish standartlardan farq qiluvchi standartlar qo’llaniladi. Raqamli video analogli videoga 


    nisbatan quyidagi ustunliklarga ega: bu texnologiya tasvir namoyishidagi to’siq va buzilishlarni 
    minimallashtirib, tasvirlardan nusxa olishdagi sifatni saqlaydi, sifatli ovoz yozadi, tasvirdagi 
    piksellar miqdori ikki marta ko’proq bo’ladi, videoyozuvlarni tezkor va oson tahrirlash imkoniyatiga 
    ega va hk. 
    Zamonaviy texnikalarda qabul qilingan videoni raqamlashtirishni 10 bitli raqamlash, 13.5 
    MGs chastotali yorqin signallar diskretizatsiyasi, 6.75 MGs chastotali ikkita xilma-xil rangli kanallar 
    diskretizatsiyasi tashkil qiladi. Oxirgi vaqtlarda television va kompyuter videolarini birlashtirish 
    tendensiyalari kuzatilmoqda. Analogli videotasvirlarni raqamli shaklga o’tkazish maxsus platalar 
    yordamida amalga oshirilmoqda. Raqamli va analogli videoning bir-biriga yaqinlashtirilishi analogli 
    signalarning multimedia kompyuterlari bilan o’rin almashishiga olib keladi. Dastlab video analogli 
    formatdan raqamli formatga o’tkazilib, kompyuterning xotira qurilmalaridan biriga yoziladi. Bu 
    qattiq disk, CD, DVD yoki ixtiyoriy boshqa qurilma bo’lishi mumkin. Bunda videoni kompyuterdagi 
    dasturlar yordamida namoyish etish imkoniyati paydo bo’ladi. Raqamli videoga qo’yilgan oxirgi 
    qadamlar ham aynan raqamli va analogli videolar yaqinlashtirilishini ta’minlovchi DVD-Video va 
    HDTV (High Definition TV – yuqori rezresheniedagi televidenie, bir qator davlatlar tomonidan ishlab 
    chiqilayotgan yangi format) standartlarining yaratilishi bo’ldi.

    Download 1.89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Analogli video haqida qisqacha ma’lumot

    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish