SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA




Download 1.63 Mb.
bet5/17
Sana29.12.2019
Hajmi1.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17



SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA

AMALGA OSHIRISH USULI:

Tayanch kompetensiyalar:

  1. Kommunikativ kompetensiya

  2. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

  3. Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi

  4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. Umummadaniy kompetensiyasi

  6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi

Fanga oid kompetensiyalar:

1._____________________________ _______

2._____________________________ _______

3._____________________________ _______

Amalga oshirish usullari:

Mal‘umotnoma, darslik,

lug‘at, jadval, ensiklopediya,

internetdan mavzuga oid axbo-rotni ola bilish interaktiv testlar,

didaktik materiallar b/n ishlash

Nutqda matematik terminlarni savodli qo‘llay olish.

Guruhlarda va juftliklarda ishlash.




DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI

ISHNING NOMI

BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI

VAQT

1-bosqich: Tashkiliy qism

Salomlashish. Davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi.

3 min

2-bosqich: Refleksiya. Extiyojlarni aniqlash.

Mavzuga ta’luqli lig’atlar.

6 min

3-bosqich: Yangi mavzu bayoni

Amaliy va nazariy tushuntirish, Test savollari. Slayd.

20 min

4-bosqich: Mustahkamlash

“Aqliy hujum”

11 min

5-bosqich: Baholash.

Dars yakuni.



Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish

3 min

6-bosqich: Uyga vazifa

Nazariy ma’lumotlarni yodlab, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish

2 min


Mavzu: Kompozitsion yaxlitlik. Хаlq hunаrmаndchiligiga oid tanlangan

bitta kasb-hunar turini tavsiflash.

Darsning maqsadi:

Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga kompozitsion yaxlitlik. Хаlq hunаrmаndchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida kompozitsion yaxlitlik. Хаlq hunаrmаndchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.

Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

I dars:K o m p o z i t s i ya - lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, to‘qish, bir-biriga ma’lum tartibda joylashtirish, solishtirish, ya’ni badiiy asar shaklining barcha elementlarini mazkur asarning obrazli g‘oyaviy-badiiy mazmunini ifoda etuvchi uzviy bir butunlikka birlashtirish. Xalq hunarmandchilig asosida yaratilgan buyum kompozitsiyasi – buyum shakli barcha elementlarini? uning mazmunini ifoda etadigan birlikni barpo etish vositalari yordamida tuzib chiqish. Xalq hunarmandchiligi asosida yaratilgan kiyimning mazmuni uning nimaga mo‘ljallanganiga qarab belgilanadi. Kiyim shaklining kompozitsiyasi uning mazmunini ochib berishga olib kelishi kerak. Har qanday badiiy asarda uni tashkil etgan barcha elementlar o‘rinli bo‘lishi kerak. Ortiqcha yoki muallif fikrini yetarlicha yaxshi ifoda etmaydigan nimaiki bo‘lsa? hammasi olib tashlanishi kerak. Kompozitsiya maxsus badiiy tildan iborat bo‘lib? uning yordamida san’atkor borliqni aks ettiruvchi g‘oya va tuyg‘ularni tasvirlab beradi. Xalq hunarmandchiligi asosida yaratilgan kiyimning badiiy obrazi bu kiyimning konkret vazifasini va borliqni aks ettiruvchi asosiy g‘oyani ifodalovchi modelning umumiy qiyofasidir. San’atkor yaratgan har bir modelning obrazi insonga ta’sir etishga qodir emosional va ta’sirchan bo‘lishi kerak. Xalq hunarmandchiligi asosida yaratilgan kiyim har yerda va hamma vaqt odam bilan birga bo‘lib, unga ishonch,qadr- qimmat, milliy qadriyat tuyg‘ularini baxsh etishi yoki aksincha, uni tushkunlik va xafalik holatiga duchor qilishi mumkin. Shunday qilib, kiyimning obrazli ifodaviyligiga kompozitsiya san’ati vositasida, ya’ni kiyimni tashkil etuvchi hajmlar, ranglar, chiziqlar, detallar va bezak elementlarini yagona uzviy bir butun qilib birlashtirish vositasida erishiladi. Kompozitsiya san’ati san’atkorning qiziq va muhim jihatlarni ko‘ra bilish va alohida

tarqoq komponentlarni bir butunlikka uyushtira bilish mahoratidan iborat. Modelyer-rassom o‘z ishida uning tasavvuri va fantaziyasini ozuqa berib boyitadigan turli ijodiy manbalarga murojaat etadi. Xalqning tarixiy o‘tmishi va hozirgi jamiyat hayoti, atrof- tabiatning xilma-xilligi,tarixiy kiyimlar va xalq kiyimlarining boyligi, badiiy adabiyot, musiqa, kino, teatr va hokazolar hozirgi zamon rassomi ijodining manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Rassomoylarini yetishtirishga va aniqlashtirishga yordam beradigan ayrim motivlardan foydalanib, ana shu manbalardan o‘z g‘oyalari va obrazlarini to‘plab boradi. Kiyimning kompozitsiyasi ustida ishlovchi mutaxassisning asosiy vazifasi kompozitsiyaelementlarini kompozitsion vositalar yordamida uyg‘unlashtirib, kiyimning aniq vazifasi va maqsadini ifodalaydigan birikma hosil qilishdir. Demak, kiyim kompozitsiyasi – kiyimning tuzilishi hamda bichimni hosil qiluvchi detallarning birlashmasi bo‘lib? uning mazmunini ifodalaydi. Kompozitsiyadan maqsad - funksional, texnik va texnologik jihatdan takomillashtirilgan zamonaviy forma hosil qilish bilan birga, chiroyli, uyg‘un, hamma qismlari o‘zaro mutanosib? majoziy? atrof-muhitga uslubiy jihatdan bog‘liq bichim hosil qilishdir. Kiyim kompozitsiyasining asosiy belgilari: mutanosiblik, siluet, chiziqlar, ritm, material va bezak, rang, illyuziya, simmetriya va asimmetrik. Mutanosiblik – bu kiyim qismlarining o‘lchamlariga binoan bir-biriga va odam gavdasiga taqqoslangan nisbatlari. Kiyimning boyi? eni ko‘krak qismi bilan yubkasining, yenglarining, yoqasining, bosh kiyimining, detallarining hajmi, uzunligi, kiyim kiyilgan qad-qomatni ko‘rib idrok etishga?uning o‘lchamlari monandligini fikran baholashga ta’sir ko‘rsatadi. Kiyim shaklining tekislikka tushirilgan eng ifodali proyeksiyasi kiyimning silueti deb ataladi. Bu fransuzcha so‘z bo‘lib? har qanday predmetning tashqi chiziqlari, uning soyasi shunday ataladi. Aniqroq tasavvur etish uchun siluetni geometrik shakllarga (to‘g‘ri to‘rtburchak, trapesiya, ovalga) nisbatan berib qaraladi. Kiyimning konturlarini, kiyim alohida qismlarining va detallarining konturlarini chiziqlar deb olsa bo‘ladi. Kiyim kompozitsiyasi to‘g‘ri, egri va siniq chiziqlardan tuziladi. Kiyimda quyidagi asosiy chiziq guruhlari bo‘ladi:



  • siluet chiziqlari – shaklning tashqi konturlarini chegaralovchi chiziqlar;

  • konstruktiv chiziqlar – kiyim shaklini hosil qilishdagina qatnashadigan chiziqlar: yelka choklari, yon choklar, vitochkalar, yeng o‘tkazish choklari va hokazo;

  • konstruktiv-dekorativ chiziqlar – ham shakl hosil qiluvchi, ham dekorativ vazifalarni bajaruvchi chiziqlar: bo‘rtmalar, koketkalarni ulash choklari, qirqmalar, mayda taxlamalar, taxlamalar, bo‘rtma burmalar, drapirovkalar, burmalar va hokazo.

  • dekorativ chiziqlar – dekorativ vazifalarnigina bajaruvchi chiziqlar: qoyma burmalar, ikki tomonlama qoyma burmalar, tasmalar, to‘rlar, bezak detallar, furnitura, kashtalar, bantlar va hokazo.

Ritm tushunchasi umumiy ko‘rinishda bu shakl elementlarining navbatma-navbat qonuniy almashinib turishi. Kostyum kompozitsiyasidagi ritm kostyumini tashkil etgan shaklning hamma qismlarini bir-biriga bog‘lovchi vositalardan biri hisoblanadi. Ritm har qanday asarga musiqiylik baxsh etadi, uni harakatga soladi. Ritm sababli bosh kompozitsion g‘oyaning jarangdorligi ortadi, muayyan tartib va ravonlik kiritiladi. Kiyim gazlamasi. Kiyimga hajmiy forma deb qarab? uni qanday materialdan (gazlama, trikotaj, charm, sun’iy va tabiiy moyna?to‘qilmay tayyorlangan material va hokazolardan) tikish maqsadga muvofiqliligini bilish kerak. Har bir materialning faqat o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi: gigiyenik xususiyatlar (nam havo o‘tkazuvchanlik, gigroskopiklik? issiqdan himoyalash va boshqalar) va fizik-mexanik xususiyatlar (dag‘allik, Qoliplanuvchanlik, g‘ijimlanish, elastiklik, kirishish, cho‘ziluvchanlik va boshqalar) shular jumlasidandir. Bu xususiyatlar mazkur materialdan qanday maqsadlarga mo‘ljallangan va qanday formadagi kiyimlar tikish mumkinligini aniqlab beradi. Kiyimni modellash tajribasida ishlatiladigan bezak turlari xilma-xil bo‘lib, ular kompozitsiyadagi asosiy g‘oya bo‘lishi yoki kostyumdagi mo‘ljallangan badiiy-obrazli niyatni kuchaytiradigan va boyitadigan bo‘lishi mumkin. Bezakdan kiyim shaklini yoki uning bir qismini bo‘rttirib, shaklni bo‘laklarga ajratib ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Dekorativ bezakning dekorativ va konstruktiv ahamiyati (drapirovka, bo‘rtma Burma, mayda taxlama, gofre, plisse va hokazo), dekorativ va utilitar ahamiyati (belbog‘lar, qoplama cho‘ntaklar, tugmalar, furnitura va shu kabilar) va faqat dekorativ ahamiyati (kashtalar, qoyma burmala, applikasiya va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Rang kompozitsiyaning eng jonli, ifodali elementlaridan biridir. Ranglar yoshdagi farqni bildiradigan vosita bo‘lib ham hisoblanadi. Ranglar his-tuyg‘uga juda katta va har xil ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi ranglar kishiga taskin beradi (tinchlantiradi), ko‘ngilni ko‘taradi, ko‘zni quvontiradi; boshqalari - hayajonlantiradi, mayuslantiradi va tashvishlantiradi. Jami ranglar xromatik (boyalgan) va noxromatik (boyalmagan, ya’ni tussiz) ranglarga ajratiladi (oq, kul rang va qora rang noxromatik rang hisoblanadi). Kiyimni loyihalashda ikki-uch (kamdan-kam hollarda to‘rt) rangga murojaat qilinadi, chunki ranglar ko‘payib ketsa, ularning uyg‘unligi va birligi buziladi. Ranglar birligiga boyoqlar tusining xilma-xilligi, yorqinligi va toyinganligi xosdir.

Kostyum kompozitsiyasida simmetriya masalalari muhim rol oynaydi. Kostyumlarda kiyimning alohida qismlari, uning detallari, rangi, bezagi, furniturasi va shu kabilarni simmetrik joylashtirilishi mumkin. Asimmetrik kompozitsiya ham simmetrik kompozitsiya singari funksional vazifani hal etishning obyektiv natijasi bo‘ladi. Lekin asimmetrik shakl ustida ishlash murakkabroq, u kompozitsion muvozanatni nozik his etishni, badiiy butunlikni ta’minlash darjasida taraqqiy topgan intuisiyani talab qiladi.

Ko‘zning aldanishi (illyuziya) deganda? buyumni ko‘rishdan hosil bo‘lgan taassurot tushuniladi; lekin bu taassurot buyumning boshqa sezgi organlari orqali idrok qilinishidan boshqacha bo‘ladi va mazkur buyum to‘g‘risidagi bilimimizga mos kelmaydi. Gavdaning tuzilishidagi nuqsonlarni niqoblash (ko‘zga chalinmaydigan qilish): boyi pastroq yoki balandroq?jussasi semizroq yoki ozg‘inroq? tananing ayrim qismlarini yo‘g‘onroq yoki ingichkaroq qilib ko‘rsatish maqsadida kiyimda ayni ko‘zning aldanish xususiyatidan foydalaniladi. Demak, odam gavdasidagi ayrim nuqsonlarni: to‘lalikni, ozg‘inlikni, novcha boylilikni, past boylilikni va hokazolarni kiyimni ko‘rish illyuziyalari orqali chalg‘itish mumkin, ya’ni kiyimdagi mutanosiblik, chiziqlar, gazlama rangi, fakturasi, gullari orqali gavda ko‘rinishini o‘zgartirib ko‘rsatish mumkin.


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Kompozitsiya deb nimaga aytiladi?

2. Kompozitsiya san’ati san’atkorning qanday mahoratini o‘zida namoyon etadi?

3. Kiyimning kompozitsiyasi ustida ishlovchi mutaxassisning asosiy vazifasi nimalardan

iborat?

4. Kiyim kompozitsiyasining qanday asosiy belgilari bor?

5. Mutanosiblik deb nimaga aytiladi?

6. Siluet va ritm deb nimaga aytiladi?

7. Kiyimda chiziqlarning vazifasini aytib bering.

8. Simmertriya va asimmetriya deb nimaga aytiladi?

9. Kiyimda gazlama va bezaklar qanday rol oynaydi?

10. Rang va illyuziya to‘g‘risida ma’lumot bering.




  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.

  2. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.




Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘

(Imzo)


1








______________

2







3







4







5







DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

MAVZU: KOMPOZITSION YAXLITLIK. ХАLQ HUNАRMАNDCHILIGIGA OID TANLANGAN BITTA KASB-HUNAR TURINI TAVSIFLASH.

TAYANCH SO’ZLAR: GIGIYENA, TIKUV MASHINASI, XAVFSIZLIK QOIDALARI, JIHOZLAR.

MAVZUNING QISQACHA TA’RIFI:

Amaliy, nazariy o’rganish va amalda qo’llay bilish, Qoidalar, atamalar, tushunchalarni yodlash



O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI:

Metod: interfaol.

Shakl: nazariy, amaliy.

Vositalar:Tikuv mashinasi va qurollari, o’lchov asboblari, kompyuter, proektor, ekran, plakat, tarqatma material, test savollari.

Baholash: reyting ball.

DARS AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:

MAQSADLAR:

Ta’limiy: Mavzuni o’rgatish; dars jarayonida o’rganganlaridan foydalanib, mustaqil amalda bajarish ko’nikmasini hosil qilish.

Tarbiyaviy: Mavzu davomida o’quvchi fanga qiziqishini oshirish; boshqa fanga va hayotga bog’lash; ma’naviy, estetik tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: Mavzu orqali kasbga yo’naltirish. Test bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish; erkin fikrlashga o’rgatish.


SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA

AMALGA OSHIRISH USULI:

Tayanch kompetensiyalar:

  1. Kommunikativ kompetensiya

  2. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

  3. Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi

  4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. Umummadaniy kompetensiyasi

  6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi

Fanga oid kompetensiyalar:

1._____________________________ _______

2._____________________________ _______

3._____________________________ _______

Amalga oshirish usullari:

Mal‘umotnoma, darslik,

lug‘at, jadval, ensiklopediya,

internetdan mavzuga oid axbo-rotni ola bilish interaktiv testlar,

didaktik materiallar b/n ishlash

Nutqda matematik terminlarni savodli qo‘llay olish.

Guruhlarda va juftliklarda ishlash.




DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI

ISHNING NOMI

BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI

VAQT

1-bosqich: Tashkiliy qism

Salomlashish. Davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi.

3 min

2-bosqich: Refleksiya. Extiyojlarni aniqlash.

Mavzuga ta’luqli lig’atlar.

6 min

3-bosqich: Yangi mavzu bayoni

Amaliy va nazariy tushuntirish, Test savollari. Slayd.

20 min

4-bosqich: Mustahkamlash

“Aqliy hujum”

11 min

5-bosqich: Baholash.

Dars yakuni.



Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish

3 min

6-bosqich: Uyga vazifa

Nazariy ma’lumotlarni yodlab, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish

2 min


Mavzu: Kompozitsion yaxlitlik. Хаlq hunаrmаndchiligiga oid tanlangan

bitta kasb-hunar turini tavsiflash.

Darsning maqsadi:

Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga kompozitsion yaxlitlik. Хаlq hunаrmаndchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida kompozitsion yaxlitlik. Хаlq hunаrmаndchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.

Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

II dars: Zardo‘zlik hunari

Har qanday kasb-hunar – o‘ziga xos bo‘lgan faoliyatdir. Ana shu kasb-hunarni egallash uning faoliyat usullarini o‘zlashtirish demakdir. Zardo‘z faoliyati zar iplar va choklar yordamida hosil qilingan zardo‘zi naqshlar orqali reallikni tasvirlashning o‘ziga xos usullari va ularning o‘zaro kombinasiyalaridan iborat bo‘ladi. Zardo‘zlik – qiziqarli va ijodiy ish bo‘lib, u insonga ko‘p quvonch keltirishi, bo‘sh vaqtida ermak bo‘lishi, insonni nafosat olamiga olib kirishi mumkin. Zar tikish usullarini o‘zlashtirayotganda hamma narsa birdaniga yaxshi chiqmasligi mumkin, chunki zardo‘zlik sabr-toqatli, e’tiborli, tartibli bo‘lishni talab etadi. Chidamli bo‘lish lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin ish asta-sekin osonlasha boradi. Zardo‘z faoliyati asosini tashkil etuvchi zardo‘zi usullarini texnologik jarayonida bajaradigan vazifasi hamda qo‘llanilish o‘rniga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:

1. Tikish usullari.

2. Bezatish usullari.

Bu usullar zardo‘zlik buyumlari tayyorlash texnologiyasida o‘ziga xos o‘ringa, usullar yig‘indisiga va bajarish uslubiyatiga egadir. Mohir zardo‘z bo‘lishni xohlagan har bir hunarmand quyidagi uch hunarni bilishi zarur bo‘lgan:

1. Rasm solish va naqsh chizish;

2. Naqshlarni tushirish va qirqish;

3. Qirqilgan naqshlarni zar ip bilan tikish va bezatish.

Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan zardo‘zi buyumlar inson atrofidagi narsalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, insonga estetik zavq bag‘ishlash va uning ijtimoiy mavqeini ko‘rsatishga xizmat qilgan. Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan zardo‘zi buyumlarning quyidagi turlari mavjud: choy xaltai zardo‘zi, muxr xaltai zardo‘zi, pul xaltai zardo‘zi, jildi soat, g‘ilofi zardo‘zi, tumorchai zardo‘zi, so‘zanai zardo‘zi, chimildiki zardo‘zi, joynomozi zardo‘zi, choynakpo‘shaki zardo‘zi va hokazo. Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan zardo‘zi buyumlarni bichish usullari hamda bichimining tuzilishiga qarab uch turga ajratish mumkin:

1. Bichimi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan kichik xajmli zardo‘zi uy-ro‘zg‘or buyumlar;

2. Bichimi ma’lum shaklga ega bo‘lgan kichik xajmli uy-ro‘zg‘or buyumlari;

3. Bichimi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan katta xajmli uy-ro‘zg‘or buyumlari.

Xalq amaliy bezak san’atida, jumladan, zardo‘zlikda ham naqshlar muhim o‘rin tutadi. Chunki, zardo‘zlik xalq amaliy san’atining qo‘l choklari orqali hosil qilingan naqshlar asosidabadiiy ishlov berish turidir. «Naqsh» arabcha so‘z bo‘lib, «gul», «tasvir» degan ma’nolarni anglatadi. Naqsh – qush,hayvon, o‘simlik, novda va boshqa elementlarning ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Naqsh elementlari tabiatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinmasdan, qayta ishlash asosida hosil qilinadi. Qayta ishlash – o‘simlik va hayvonot dunyosidagi tabiiy shakllarni ramziy shakllarga aylantirishdir. O‘zbek xalq amaliy bezak san’atida ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi to‘rt guruxga ajratiladi:

1. Islimi (o‘simliksimon) naqshlar – egri chiziqli o‘simlik elementlaridan iborat.

2. Geometrik (girix) n aqshlar – to‘g‘ri chiziqli elementlaridan tashkil topgan.

3. Murakkab (gulli girix) n aqshlar - islimi va girix elementlarining

chatishmasidan iborat.

4. Ramziy naqshlar (xayvonot va odamzot olamidagi shakllarni qayta ishlab hosil qilingan naqshlar)

Zardo‘zlikda naqshlar tikish usullari va ularning tasnif i. Zardo‘zlar naqshlar o‘sti va tagini tikish usullarida to‘ldirib tikishgan bo‘lsa-da, baribir zardo‘zi buyum naqshlarning ayrim o‘rinlari bo‘sh qolgan. Shunda ular naqshlarni bezatish usullarini kashf etishgan. Bu usullar o‘ziga hos ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ular tabiatdagi o‘simliksimon elementlarni qayta ishlash orqali hosil qilingan. Naqshlarni bezatish usullarining vazifasi bir xil, lekin vositalari har xil bo‘lgan ikkita turga ajratish mumkin:

1. Tof ta ip yordamida bezatish turi. Bunda tofta ip tikiladigan bezatish usullining ko‘rinishini hosil qiluvchi chiziq ustidan tikib boriladi. Ularni tikishda halqasimon choklar qo‘llaniladi. Halqasimon choklar o‘zak qism mavjud bo‘lib, chok ana shu o‘zakni kerakli o‘rniga Mustahkamlab turadi. Bu yerda o‘zak qism - tofta ip hisoblanadi. Bunda igna tofta ipning bir tomonidan chiqarib ikkinchi tomonga sanchiladi. Chok uzunligi o‘zak qismining qalinligiga bog‘liq bo‘ladi.

2. Bezaklar bilan bezatish turi. Bu bezatish turi zardo‘zligimizga XX asr boshlarida kirib kelgan bo‘lib, hozirda juda tez rivojlanmoqda. Bezaklar bilan bezatish usullar ham bezaklarning turiga qarab bo‘linadi. Bu usullarning ham o‘ziga xos o‘rni va tikishning o‘ziga xos yo‘llari mavjud bo‘lib, bu zardo‘zlar fantaziyasining maxsulidir.

Bezaklar kerakli o‘rinlarga joylashtirishda to‘g‘ri choklardan foydalaniladi. Chok uzunligi va ular soni hosil qilinadigan bezak naqshning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Zardo‘zlikda 30 xil klassik tikish usullari mavjud. Bu usullar o‘ziga xos tomonlarining nomlari bilan bir–biridan farq qiladi. Zardo‘zlik umuman ikkiga bo‘linadi: birinchisi – zamindo‘zi, ikkinchisi – guldo‘zi. Zamindo‘zi tikish turi. «Zamindo‘zi» forscha «zamin» - yer osti, tagi, «do‘zi» - «tikmoq» degan ma’nolarni anglatadi. So‘zning ma’nosidan ko‘rinib turibdiki, zardo‘zi tikish usullari naqshlar tagini yoppasiga zar iplar bilan to‘ldirib tikish, ya’ni bunda zar tikilayotgan buyum

gulnaqshining zamini yoppasiga zar bilan tikiladi va turli naqshlar hosil qilish vazifasini bajaradi. Bu usulda tikkanda buyumning hamma joyi zar ip bilan naqshlar hosil qilib tikib chiqiladi. Zamindo‘zi qadimda qimmatbaho to‘nlarda ishlatilgan bo‘lib, hozir zardo‘zi do‘ppilarning jiyagidagina qo‘llanib kelinadi. Guldo‘zi –bunda tikilayotgan naqshning tagi ochiq qolib faqat gul naqshlarning o‘zi zar bilan tikiladi. Guldo‘zi tikish usuli o‘ziga xos bo‘lib bu quyidagi bosqichda bajariladi. Naqqosh tomonidan naqsh chiziladi. Naqsh nusxasi qalin qog‘oz karton yoki teridan qirqib andazasi

tayyorlanadi. Sidirg‘a baxmal matoga qadab chiqiladi, ya’ni omonat tikib chiqiladi yoki yelimlanadi. Karton nusxani zar ip bilan qoplab tikib chiqiladi. Biroz bo‘rtma naqsh gul hosil bo‘ladi. Bu usulda tikkanda naqshlarning tagi tikilmasdan qoladi. Zardo‘zlik maxsulotlari ishlab chiqarishning yakuniy bosqichi. Zardo‘zlik maxsulotlari ishlab chiqarishning yakuniy bosqichi yarim tayyor mahsulotlarini p ardozlash va tayyor holga keltirish texnologiyalarini o‘z ichiga oladi. Yarim tayyor mahsulotlarinip ardozlash jarayonini ikki bosqichga ajratish mumkin:

1. Abraning yuza qismini pardozlash.

2. Abraning teskari qismini pardozlash.

Abrani yuza qismida naqshlar tikish ishlari tugagach, butun yuzani ko‘zdan kechirish, tikish va bezatish jarayonida yo‘l qoyilgan kamchiliklarni aniqlash va ularni tuzatish. Abraning teskari tomonidagi oddiy iplarni, ya’ni zar iplarni Mustahkamlab turgan pechak iplarni ko‘zdan kechirish, ulardagi kamchiliklarni tuzatish, uzunligicha qolib ketgan iplarni 2-3 sm qoldirib kesib tashash. Zar iplarni mustahkamlab turgan oddiy iplarni yelimlash. Yarim tayyor zardo‘zlik mahsulotlarini tayyor holga keltirish texnologiyasi ham muhimo‘rin tutadi. Zardo‘zlik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi buyumlarni bo‘laklarga, ya’ni andozalarga ajratib amalga oshirilar ekan, jarayon oxirida, albatta, ularni birlashtirish zarur bo‘ladi.



  1. Download 1.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 1.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA

Download 1.63 Mb.