Mavzu: Zаmоnаviy ishlаb chiqаrishning bоzоr munоsаbаti bilаn uzviyligi.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga zаmоnаviy ishlаb chiqаrishning bоzоr munоsаbаti bilаn uzviyligi haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida zаmоnаviy ishlаb chiqаrishning bоzоr munоsаbаti bilаn uzviyligi haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, ichki va tashqi savdo sharoitining muttasil o‘zgarib borishi bozor munosabatlariga o‘tish shart sharoitini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha o‘rganishni taqozo etmoqda. Shu sababli olim va mutaxassislarning marketing nazariyasi xamda amaliyotiga, ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirishning yangi shakl xamda usullariga qiziqishi tobora ortmoqda. Pirovard maqsadda bozorni, tayin bir iste’molchini ko‘zlash, raqiblar va raqobat usullarini puxta o‘rganish yutuq va barqarorlik garovi bo‘lib bormoqda. Bozor talabini yaxshi bilish korxonaga maxsulotni rejalashtirish, loyihalash, yaratish va ishlab chikarishni xaridor talabiga muvofik ravishda anik amalga oshirish imkonini beradi. Bozor sharoiti korxonalarni samarali ishlashga majbur qiladi. Shu talabga javob bera olmagan korxonalar biznes sohasidan chiqib ketishga majbur bo‘ladilar. Bozor sharoitida korxonalarning asosiy maqsadi - foyda olishdir. Buning uchun eng kerakli tovarlar ishlab chiqarish va tegishli xizmatlarni taklif etish kerak bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan ishlar biznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor, ishbilarmon, korxona rahbarlari va menejerlardan katta bilimlarni talab qiladi. Shuning uchun ham ishbilarmon, tadbirkor va korxona rahbarlari o‘z ishini nimadan va qanday boshlash kerak, korxona va firmalarning faoliyat mexanizmlari qanaqa, raqobatning mohiyati, harakatga keltiruvchi kuchi nimadan iborat, tadbirkorlar bilan hamkorlar o‘rtasidagi aloqalar nimalarga asoslanadi, tadbirkor mas’uliyati nimalardan iborat kabi muammolarni oqilona yechish uslublarini bilishlari kerak. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish kishilarning ishbilarmonlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zaro erkin raqobat tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim omili sifatida maydonga chiqadi. Raqobat shunday omilki,u:
- Ishlab chiqaruvchilarni innovatsiyaga, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani joriy qilishga undaydi;
- Ish bilan band bo‘lgan har bir fuqaroning mas’uliyatini, ularning mehnat unumdorligini, ish sifatini oshiradi;
- Qattiq mehnat intizomini o‘rnatadi;
- Iste’mol mahsulotlarini arzonlashtirishda katta rol oynaydi.
Tadbirkorlik faoliyatining o‘ta muhim jihati – bu ishlab chiqarishdir. Bu jarayonda iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida dehkon xo‘jaligini tarkibidagi uy xo‘jaligini rivojlanishiga ham alohida ahamiyat berilmokda. Xususan, hunarmandchilik, qandolatchilik, nonvoylik, uy – bog‘cha va yaslilarni ko‘paytirish shular jumlasidandir. Chunki, bu soha qo‘shimcha inshootlar qurishni, qo‘shimcha mablag‘larni sarflashni talab qilmaydi. Shuning bilan bir qatorda, kishilar o‘z vaqtlarining ko‘p qismini uy xo‘jaliklariga sarflaydilar, mablag‘larni tejaydilar hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, turli chiqindilarni qayta ishlab, axoliga xizmat ko‘rsatadilar. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot bo‘lib, uning asosida tovar-pul munosabatlari mujassamlashgan, axolini ijtimoiy himoya qilishga mo‘ljallangan, iqtisodiy tanho hukmronlikni inkor etuvchi va tartiblashtirib turuvchi iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Bozor iqtisodiyotini subyektlari mavjud va ularga quyidagilar kiradi:
1. Mulk egalari - ular yer egalari, ishlab chiqarish vositalari egalaridan tashkil topadi. Ular o‘z mulkidan daromad topadi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmaydi.
2. Tadbirkorlik, firma, korxona, xo‘jaliklar kiradi. Ular tadbirkorlik bilan shug‘ullanadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga solib, foyda oladilar.
3. Davlat – ishlab chiqarish bilan hamda iste’mol bilan shug‘ullanadilar. Ularga davlatning barcha tashkilotlari va muassasalari kiradi. Ular bozor va unda qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat kiladilar.
Bozorni va bozor iqtisodiyotining asosiy tub belgilariga quyidagilar kiradi:
1. Xo‘jalik yuritishning turli shakllari.
2. Mulkchilikning turli shakllari.
3. Xususiy mulkni ustivorligi.
4. Erkin iqtisodiyotni mavjudligi.
5. Narxlarning erkinlashuvi.
6. Raqobat kurashining mavjudligi.
7. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklanganligi.
8. Tadbirkorlik va tanlovning erkinligi.
9. Korxona va firmalarning ichki hamda tashki shart-sharoitlar o‘zgarishlariga moslashuvchanligi.
10. Daromadlarning cheklanmaganligi.
Bozor iqtisodiyoti turli mulkchilikka asoslanganligi tufayli, xo‘jalik yuritish shakllari ham turlicha bo‘ladi, ya’ni yakka tartibda, jamoa-uyushmaga birikkan holda, sherikchilik yoki aktsionerlik asosida, o‘z mablag‘iga yoki qarzga olingan mablag‘ga tayanib xo‘jalik yuritish, yer va boshqa vositalarni ijaraga olish va boshqarlar. Erkin iqtisodiyot – kishilarning mulk egasi bo‘lishi, mulkdorlarni iqtisodiy faoliyatining mustaqil bo‘lishidir. Bozor iqtisodiyotida narx-navo erkinlashadi. Narxni davlat yuqoridan turib belgilab bermaydi, balki talab va taklifga qarab, sotuvchi bilan sotib oluvchining savdolashuviga binoan yuzaga keladi. Raqobat bozor iqtisodiyotining harakatlanitiruvchi asosiy vositasi hisoblanadi. Raqobat – tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, sifatini yaxshilaydi, jamiyat uchun kerak bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqaradi, resurslardan tejab foydalanadi, bozorni muvozanatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyotini shakllantirish davrida va undan keyin ham davlatning ijtimoiy siyosati faqat odamlarni ijtimoiy himoya qilish bilan chegaralanib qolmasdan, ularni ish bilan ta’minlashni ham o‘z tarkibiga oladi. Respublikada bu sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
1) Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish. Qishloq xo‘jaligidagi xom-ashyoni qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom-ashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarning faol rivojlanishini rag‘batlantirish.
2) Xizmat sohasini rivojlantirish, ya’ni ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, xususan qishloq joylariga alohida e’tibor qaratish.
3) Qishlokda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infra tuzilmasini yaratib, yangi ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlarini yaratish.
4) Ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish.
5) Vaqtincha ishga joylashish imkoni bo‘lmagan mehnatga yaroqli axolini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash.
Demak, aytilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, bu muammoli vazifalar ko‘p qirralidir, uning yechimi davlat va bozor mexanizmlarini vujudga keltirish, yangi sohalarni ochish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, talabni o‘rganib taklif qilish, zarur bo‘lganda iqtisodiyot tarmoqlarida va sohalarida ish kuchini qayta taqsimlashni talab qiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Bozor sharoitida korxonalarning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
2. Tadbirkorlikni rivojlantirishda raqobatning omillari nimalardan iborat?
3. Bozor iqtisodiyotining subyektlarini nimalar tashkil etadi?
4. Bozorni va bozor iqtisodiyotining asosiy tub belgilarini aytib bering.
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
Tartib raqam
|
Sinf
|
Sana
|
O‘TIBDO‘
(Imzo)
|
1
|
|
|
______________
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
MAVZU: GАZLАMАGА ISHLОV BЕRISH TЕХNОLОGIYASI VА PАZАNDАCHILIK АSОSLАRI YO‘NАLISHLАRIDА ISHLАB CHIQАRISH VА UNING MОHIYATI.
TAYANCH SO’ZLAR: Gigiyena, tikuv mashinasi, xavfsizlik qoidalari, jihozlar.
|
MAVZUNING QISQACHA TA’RIFI:
Amaliy, nazariy o’rganish va amalda qo’llay bilish, Qoidalar, atamalar, tushunchalarni yodlash
|
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI:
Metod: interfaol.
Shakl: nazariy, amaliy.
Vositalar:Tikuv mashinasi va qurollari, o’lchov asboblari, kompyuter, proektor, ekran, plakat, tarqatma material, test savollari.
Baholash: reyting ball.
|
DARS AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:
|
MAQSADLAR:
Ta’limiy: Mavzuni o’rgatish; dars jarayonida o’rganganlaridan foydalanib, mustaqil amalda bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy: Mavzu davomida o’quvchi fanga qiziqishini oshirish; boshqa fanga va hayotga bog’lash; ma’naviy, estetik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: Mavzu orqali kasbga yo’naltirish. Test bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish; erkin fikrlashga o’rgatish.
|
SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA
AMALGA OSHIRISH USULI:
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Umummadaniy kompetensiyasi
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi
Fanga oid kompetensiyalar:
1._____________________________ _______
2._____________________________ _______
3._____________________________ _______
|
Amalga oshirish usullari:
Mal‘umotnoma, darslik,
lug‘at, jadval, ensiklopediya,
internetdan mavzuga oid axbo-rotni ola bilish interaktiv testlar,
didaktik materiallar b/n ishlash
Nutqda matematik terminlarni savodli qo‘llay olish.
Guruhlarda va juftliklarda ishlash.
|
DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI
|
ISHNING NOMI
|
BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI
|
VAQT
|
1-bosqich: Tashkiliy qism
|
Salomlashish. Davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi.
|
3 min
|
2-bosqich: Refleksiya. Extiyojlarni aniqlash.
|
Mavzuga ta’luqli lig’atlar.
|
6 min
|
3-bosqich: Yangi mavzu bayoni
|
Amaliy va nazariy tushuntirish, Test savollari. Slayd.
|
20 min
|
4-bosqich: Mustahkamlash
|
“Aqliy hujum”
|
11 min
|
5-bosqich: Baholash.
Dars yakuni.
|
Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish
|
3 min
|
6-bosqich: Uyga vazifa
|
Nazariy ma’lumotlarni yodlab, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish
|
2 min
|
|