Yangi mavzu bayoni:
II dars:Amaliy mashg‘ulot:. Zamonaviy kiyimni modellashtirish va bichish.
Zamonaviy kiyim sifatida olingan xalat uy kiyimi turlaridan biri bo‘lib, bichimi, hajmi, uzunligi jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Taqilmasi bir bortli yoki ikki bortli, tugma chatilgan yoki belbog‘ bilan bog‘lanadigan bo‘lishi mumkin. Xalatlar turli shakldagi yoqali yoki yoqasiz, cho‘ntaklari chokda yoki qoplama bo‘lishi mumkin. Ular shakli, qo‘shimchalari va bezaklari hisobiga o‘ng‘aylik, bemalollik tuyg‘usi hosil qiladigan bo‘lishi kerak. Bezaklari shakliga va gazlamasiga mos ravishda turli qoyma burmalar, beykalar, mag‘izlar, to‘rlar va tasmalardan, kashta va applikasiyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Xalat uchun ishlatiladigan gazlamalar gigiyenik talablarga javob beradigan, yumshoq, yuvilishi va dazmollanishi oson, ranglari ochiq, mayda va sipo gulli bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Model tavsifi. Bahor-kuz mavsumiga mo‘ljallangan antanalarda kiyiladigan klassik uslubdagi xalat, yopishib turadigan bichimli, uchma-uch taqilmali, boldirgacha uzunlikda, yelkadan tushgan relyef chokli, yoqasi old bo‘lagi bilan yaxlit bichilgan. Yenglari to‘g‘ri bichimli va uzun, pastki qismiga bezak sifatida to‘rdan burma bilan ishlov berilgan. Atlas, adras, velvet kabi ip gazlamalardan yoki velyurdan tikilishi mumkin. Kerakli o‘quv-jihoz va ashyolar: stol, stul, andoza tayyorlash uchun qog‘oz, rangli va qora qalamlar, moda jurnallari, turli o‘lchamdagi chizg‘ichlar va lekalolar, santimetr lentasi va o‘tkir qaychi. Xalatni modellashtirish (10-rasm): Modellashtirish – bu turli shakl va bichimdagi kiyim modelining konstruksiyasini ishlab chiqaradigan murakkab ijodiy jarayondir. Bu jarayon amaliy modellash yoki texnik modellash deb ataladi. Texnik modellash konstruksiya asosini yangi model konstruksiyasiga aylantirishdan iborat. Xalatning yangi modelini ishlab chiqishda asosiy e’tibor ko‘krak vitochkasini ko‘chirishga? old va orqa bo‘lakda ko‘krak va yelka vitochkalari yeng o‘mizi chizig‘iga o‘tkaziladi. Vitochkalar berkitilib bo‘ksa chizig‘igacha relyef chizig‘i o‘tkaziladi. Uchma-uch taqilmali bo‘lgani uchun 1 sm qo‘shiladi, old va orqa bo‘laklarga yaxlit tik yoqani modellashtiriladi. Eni 40, 50, 65 santimetr bo‘lgan milliy gazlamalardan bichilganda, xalat uzunligini to‘rtga ko‘paytirib, 25-30 santimetr chok haqi qo‘shilganligi miqdorida gazlama sarf bo‘ladi. Gazlama uzunasiga ikki buklab to‘shaladi va andazalar bir chetdan, tartib bilan joylashtiriladi: avval katta bichiq detallari, so‘ngra orasiga kichik detallar gazlama boy ipining yo‘nalishini hisobga olgan holda joylashtiriladi. Andazalar orasida chok haqlari uchun yetarli joylar qoldirilishi kerak. Andazalarning konturlari boyicha kerakli chok haqlari qoyib, bo‘rlab chiqiladi va detallar bichib olinadi. Bichilayotgan paytda belgilangan joylarga kertimlar berib ketiladi. Bichiq detallari: 01 - orqa bo‘lak – 2 dona, 02 - old bo‘lak – 2 dona, 03 – yeng – 2 dona, 04 - yoqa va bort adipi (yaxlit) – 2 dona, 05 – orqa boyin o‘mizi adipi – 2 dona.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Zamonaviy kiyim modellariga tavsif bering.
2. Xalatga tavsif qanday beriladi?
3. Modellashtirish jarayoni qanday bajariladi?
4. Xalat andozalari qanday tayyorlanadi?
5. Xalatni milliy gazlamadan bichish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
Zamonaviy kiyimni tikish.
Kerakli asbob va moslamalar: Tikuv mashinasi, ish qutichasi, qo‘l ignalari, qaychi, to‘g‘nog‘ichlar, turli rangdagi iplar, bichiq detallari, dazmol, dazmol stoli, xalatni tikish boyicha bajarilgan texnologik xarita va zamonaviy kiyim namunalari. Xalatga ishlov berish ketma-ketligi. Bichiqni ishga tayyorlash uchun detallarning konturlarini, ulardagi nazorat kertimlarini salqi qaviqlar bilan tikib chiqiladi. Old va orqa bo‘laklarning o‘rta chiziqlari, relef chiziqlari sirma qaviq bilan belgilab tikiladi. Xalatga ishlov berish uning relef choklarini va yon choklarini ko‘klashdan boshlanadi, bunda detallardaga kertimlarning bir-biriga to‘g‘ri kelishiga e’tibor berish kerak. Keyin yelka choklar va old bo‘lak bilan yaxlit bichilgan ostki yoqaning o‘rta qirqimlari ko‘klanadi. Ostki yoqaning burchaklari belgilangan chizig‘iga 0,2 – 0,3 santimetr yetkazmasdan 45 daraja burchak ostida qirqib qoyiladi va pastki qirqimi orqa bo‘lakning boyin o‘mizi bilan biriktiriladi. Bunda ostki yoqaning o‘rta choki orqa bo‘lakning o‘rta chizig‘idagi kertimiga mos kelishi kerak. Yengning yon qirqimlari ko‘klab biriktiriladi va yengboshi chizig‘i boylab baxyaqator yuritilib, salgina burma hosil qilinadi. Shundan so‘ng xalat gavdaga kiydirib ko‘riladi va yelka, yon va relef choklari, bel chizig‘i, yaxlit yoqasi, uzunligi to‘g‘riligi aniqlanadi. Xalatning yengi to‘g‘nog‘ichlar yordamida, kertimlari mos ravishda yelka chokiga va yeng o‘mizidagi kertimlarga to‘g‘rilanib, qadab qoyiladi, yengning to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshiriladi. Kiydirib ko‘rilganda aniqlangan kamchiliklar tuzatilib, sirma qaviqlar bilan xalatda belgilanadi, shundan keyin mashinada tikishga o‘tiladi. Relef choklar, yon va yelka choklar, ustki va ostki yoqaning o‘rta choklari, yenglarning yon choklari biriktirib tikiladi, yo‘rmaladi va dazmollanadi. Ostki yoqaning qirqimi orqa bo‘lakning boyin o‘miziga ulanadi va choki yorib dazmollanadi. Bort adiplari bilan yaxlit bichilgan ustki yoqa old bo‘lak ustiga o‘ngini o‘ngiga qaratib qoyiladi va ko‘klanadi, bunda ostki va ustki yoqalarning o‘rta choklari hamda yoqa va adip qismlaridagi kertimlar bir-biriga mos bo‘lishi kerak. Ko‘klash yoqaning o‘rta choklaridan boshlanib adip tarafga, keyin etak tarafga qarab bajariladi. Undan so‘ng mashinada adip tomonidan baxyaqator yuritib tikiladi. Adip xalatning ichkari tomoniga qaratib ag‘dariladi va yoqa qaytarmasining buklanish chizig‘igacha bort adipi tomondan, shu chiziqdan etakkacha old bo‘lak tomondan 0,2 santimetr kant hosil qilib ko‘klab chiqiladi. Yoqa ostki tomonidan dazmollanadi. Bort adipining ichki qirqimini 0,8 santimetrga bukib, mashinada baxyaqator yuritiladi, dazmollanadi va sirma qaviqlar bilan xalatga biriktiriladi. So‘ngra bort adipining ichki qirqimlari old bo‘lak boyin o‘mizi qismida zichroq qaviqlar bilan, boshqa qismlarida siyrak qaviqlar bilan yashirin chok solib, xalatga biriktirib chiqiladi. Yengning yon qirqimlari biriktirib tikiladi, yo‘rmaladi va yotqizib dazmollanadi. Yengning etak qismiga to‘rni bir oz burma qilib biriktiriladi, choklar yo‘rmalanadi va yeng tomonga qaratib dazmollanadi. Yengni yeng o‘miziga o‘tqaziladi, choklari yo‘rmaladi va yeng tomonga qaratib dazmollanadi. Xalatning etak qismi belgilangan chok haqi boyicha bukib, yashirin chok bilan qo‘lda tikiladi. Xalatga uzil-kesil ishlov beriladi: havoyi petlyalar yo‘rmalanadi, tugmalari qadaladi hamda vaqtinchalik qaviq iplaridan tozalanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Xalatni birinchi kiydirib ko‘rishga qanday tayyorlanadi?
2. Xalatga ishlov berish ketma-ketligini izohlab bering.
3. Xalat yengiga qanday ishlov beriladi?
4. Xalatga uzil-kesil ishlov berish jarayonini aytib bering.
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
Tartib raqam
|
Sinf
|
Sana
|
O‘TIBDO‘
(Imzo)
|
1
|
|
|
______________
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
MAVZU: ZАMОNАVIY ISHLАB CHIQАRISHNING BОZОR MUNОSАBАTI BILАN UZVIYLIGI.
TAYANCH SO’ZLAR: Gigiyena, tikuv mashinasi, xavfsizlik qoidalari, jihozlar.
|
MAVZUNING QISQACHA TA’RIFI:
Amaliy, nazariy o’rganish va amalda qo’llay bilish, Qoidalar, atamalar, tushunchalarni yodlash
|
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI:
Metod: interfaol.
Shakl: nazariy, amaliy.
Vositalar:Tikuv mashinasi va qurollari, o’lchov asboblari, kompyuter, proektor, ekran, plakat, tarqatma material, test savollari.
Baholash: reyting ball.
|
DARS AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:
|
MAQSADLAR:
Ta’limiy: Mavzuni o’rgatish; dars jarayonida o’rganganlaridan foydalanib, mustaqil amalda bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy: Mavzu davomida o’quvchi fanga qiziqishini oshirish; boshqa fanga va hayotga bog’lash; ma’naviy, estetik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: Mavzu orqali kasbga yo’naltirish. Test bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish; erkin fikrlashga o’rgatish.
|
SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA
AMALGA OSHIRISH USULI:
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Umummadaniy kompetensiyasi
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi
Fanga oid kompetensiyalar:
1._____________________________ _______
2._____________________________ _______
3._____________________________ _______
|
Amalga oshirish usullari:
Mal‘umotnoma, darslik,
lug‘at, jadval, ensiklopediya,
internetdan mavzuga oid axbo-rotni ola bilish interaktiv testlar,
didaktik materiallar b/n ishlash
Nutqda matematik terminlarni savodli qo‘llay olish.
Guruhlarda va juftliklarda ishlash.
|
DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI
|
ISHNING NOMI
|
BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI
|
VAQT
|
1-bosqich: Tashkiliy qism
|
Salomlashish. Davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi.
|
3 min
|
2-bosqich: Refleksiya. Extiyojlarni aniqlash.
|
Mavzuga ta’luqli lig’atlar.
|
6 min
|
3-bosqich: Yangi mavzu bayoni
|
Amaliy va nazariy tushuntirish, Test savollari. Slayd.
|
20 min
|
4-bosqich: Mustahkamlash
|
“Aqliy hujum”
|
11 min
|
5-bosqich: Baholash.
Dars yakuni.
|
Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish
|
3 min
|
6-bosqich: Uyga vazifa
|
Nazariy ma’lumotlarni yodlab, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish
|
2 min
|
|