DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
MAVZU: KАSBNI TO‘G‘RI TАNLАSHNING MОHIYATI VА ISTIQBОLI. KАSB TАNLАSHDА SHAXS, KASBIY QIZIQISH, MOYILLIK VA QОBILIYATLАRINI E’TIBORGA OLISH. O‘SMIRVAMUOMALAPSIXOLOGIYASI.
TAYANCH SO’ZLAR: Gigiyena, tikuv mashinasi, xavfsizlik qoidalari, jihozlar.
|
MAVZUNING QISQACHA TA’RIFI:
Amaliy, nazariy o’rganish va amalda qo’llay bilish, Qoidalar, atamalar, tushunchalarni yodlash
|
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI:
Metod: interfaol.
Shakl: nazariy, amaliy.
Vositalar:Tikuv mashinasi va qurollari, o’lchov asboblari, kompyuter, proektor, ekran, plakat, tarqatma material, test savollari.
Baholash: reyting ball.
|
DARS AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:
|
MAQSADLAR:
Ta’limiy: Mavzuni o’rgatish; dars jarayonida o’rganganlaridan foydalanib, mustaqil amalda bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy: Mavzu davomida o’quvchi fanga qiziqishini oshirish; boshqa fanga va hayotga bog’lash; ma’naviy, estetik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: Mavzu orqali kasbga yo’naltirish. Test bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish; erkin fikrlashga o’rgatish.
|
SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA
AMALGA OSHIRISH USULI:
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Umummadaniy kompetensiyasi
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi
Fanga oid kompetensiyalar:
1._____________________________ _______
2._____________________________ _______
3._____________________________ _______
|
Amalga oshirish usullari:
Mal‘umotnoma, darslik,
lug‘at, jadval, ensiklopediya,
internetdan mavzuga oid axbo-rotni ola bilish interaktiv testlar,
didaktik materiallar b/n ishlash
Nutqda matematik terminlarni savodli qo‘llay olish.
Guruhlarda va juftliklarda ishlash.
|
DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI
|
ISHNING NOMI
|
BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI
|
VAQT
|
1-bosqich: Tashkiliy qism
|
Salomlashish. Davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi.
|
3 min
|
2-bosqich: Refleksiya. Extiyojlarni aniqlash.
|
Mavzuga ta’luqli lig’atlar.
|
6 min
|
3-bosqich: Yangi mavzu bayoni
|
Amaliy va nazariy tushuntirish, Test savollari. Slayd.
|
20 min
|
4-bosqich: Mustahkamlash
|
“Aqliy hujum”
|
11 min
|
5-bosqich: Baholash.
Dars yakuni.
|
Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish
|
3 min
|
6-bosqich: Uyga vazifa
|
Nazariy ma’lumotlarni yodlab, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish
|
2 min
|
Mavzu: Kаsbnito‘g‘ritаnlаshningmоhiyativа istiqbоli. Kаsbtаnlаshdа shaxs, kasbiyqiziqish, moyillikvaqоbiliyatlаrinie’tiborgaolish. O‘smirvamuomalapsixologiyasi.
Darsningmaqsadi:
Ta‘limiymaqsad: O‘quvchilarni kаsbnito‘g‘ritаnlаshningmоhiyativа istiqbоli. Kаsbtаnlаshdа shaxs, kasbiyqiziqish, moyillikvaqоbiliyatlаrinie’tiborgaolish. O‘smirvamuomalapsixologiyasihaqidagapiribberish.
Tarbiyaviymaqsad: O‘quvchilarnitozalikka, mehnatsevarlikkao‘rgatish. Turmushdagiehtiyojlarvaulardanfoydalanishnitushuntirish. Texnikaxavfsizligiqoidalari, isho‘rninitashkilqilishqonunqoidalarinitushuntirish, sanitariyagigiyenatalablarigato‘liqrioyaetishnio‘rgatish.Tехnоlоgik hujjatlar va ulardan ishlab chiqarishda fоydalanish bo‘yicha ekologik tarbiyani shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida kаsbni to‘g‘ri tаnlаshning mоhiyati vа istiqbоli. Kаsb tаnlаshdа shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qоbiliyatlаrini e’tiborga olish. O‘smir va muomala psixologiyasi haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni: Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e’tiborga olish. Qiziqish va mayllar. Qiziqish deganda odamning u yoki bu predmetga qaratilgan aktiv bilish faoliyati tushuniladi. Kasb tanlashga nisbatan olganda qiziqishlar bu odamning muayyan mehnat sohasiga ijobiy munosabati, uning bilishga va faoliyat ko‘rsatishga bo‘lgan intilishidir. Qiziqishlar o‘zining mazmuni, ko‘lami, uzoq davom etishi va teranligiga qarab bir- biridan farq qiladi. Qiziqishlarning mazmuni va ko‘lami odamning bilim darajasini hamda har narsaga qiziquvchanligini aks ettiradi. Qiziqishlarning teranligi va uzoq vaqt davom etishi ularning barqarorligini ko‘rsatadi. Qiziqishlar o‘z taraqqiyoti mobaynida bir nechta bosqichdan o‘tadi. Dastlab ular vaqtincha, epizodik xarakterda bo‘ladi hamda muayyan bir predmetga nisbatan ijobiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Bunday qiziqishlar rivojlantirib borilmasa, ular tez orada susayib ketadi yoki mutlaqo so‘nadi. U yoki bu predmetning chuqur va muntazam ravishda o‘rganib borilishiga, mehnat faoliyatining qiziqqan sohasiga sinchkovlik bilan kirishib ketilishiga qarab qiziqishlar mustahkamlanib, kuchayib borishi va asta-sekin barqaror qiziqishga aylanib qolishi mumkin. Bunday qiziqishlar ko‘pincha o‘sib, ulg‘aya borib, maylga — kishining muayan faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan intilishiga hamda mazkur faoliyat turiga muvofiq keladigan mahorat va malakalarni takomillashtirib, doimiy ravishda o‘z bilimini oshirib borish uchun intilishiga aylanadi. Agar qiziqishlar «bilishni istayman» degan formula bilan ifodalanadigan bo‘lsa, mayllar «bajarishni istayman» degan formula bilan ifodalanadi. Hayvonlar to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qishga bo‘lgan qiziqish hayvonot bog‘iga borib turishni yaxshi ko‘rish, «Hayvonot olamida» deb ataladigan televizion ko‘rsatuvning birortasini qoymay ko‘rib borish boshqa-yu, hakiqiy jonivorlarni har kuni parvarish qilish natijasida xosil qilinadigan bir olam quvonch boshqadir. Faoliyat ko‘rsatish mobaynida kishining mayllari faqat namoyon bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga uning mayllari shakllanib ham boradi. Shuning uchun mehnatning har xil turi tasodifan duch kelishini kutib o‘tirmay, u ishlarga ongli ravishda kirishib ketaverish kerak. Faqat turli yo‘nalishda olib borilgan aktiv faoliyatgina sizga o‘z mayllaringizni bilib olish va sinab ko‘rish imkonini beradi. Shunday qilib, kasbni barqaror qiziqish, maylga muvofik tanlash kerak ekan. Qobiliyatlar. Bular qiziqish va mayllar bilan mahkam bog‘liq bo‘ladi hamda odamning kasbga layoqatini ko‘rsatuvchi belgilarning ajralmas qismi hisoblanadi. Xo‘sh, qobiliyatning o‘zi nima? Odamning biror faoliyat sohasida muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradigan har qanday individual psixologik xususiyatni qobiliyat deb hisoblash mumkin. Qobiliyatni faqat bilim va malakalardan iborat deb hisoblab bo‘lmaydi. Masalan, agar odam hidlarning bir-biridan farqini yaxshi bilsa va ularni esda saqlab qola olsa, u holda bunday fazilat ximik uchun, degustator uchun, oshpaz va boshqa shunga o‘xshash kasbdagi kishilar uchun juda zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi. Basharti, kishining xotirasida juda ko‘p raqamlar, harflar, so‘zlar yoki tashqi alomatlar yaxshi (mustahkam) saqlanib qoladigan bo‘lsa, u kishi mana shu o‘z xotirasidagi ma’lumotlarni kerak paytda ishlata olsa, u holda bu ham juda zarur fazilat, matematika, dasturchiga, konstruktorga va boshqa shunga o‘xshash kasbdagi kishilar uchun zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi. Har qanday faoliyat muayyan qobiliyatlar jamini ishlatishni taqozo etadi. Masalan, veterinariya feldsheri yoki shifokor kuzatuvchan yoki tashabbuskor kishi bo‘lishi, chuqur aql idrokka ega bo‘lgan chaqkon-epchil odam bo‘lmog‘i, o‘z ishiga g‘oyat halol munosabatda bo‘lishi kerak. Hamma uchun zarur bo‘lgan umumiy qobiliyatlar (masalan, ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyat) yoki juda ko‘p kasblar va faoliyat turlari uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar (tashkilotchilik qobiliyatlari) ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlar bo‘ladi, elektromexanik releni regulirovka qiluvchi kishining qo‘llarida sezuvchanlik juda yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak, bir xil ohangdagi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan bardoshlilik — transport vositalarini haydovchi kishi uchun zarur, chizmalarga qarab murakkab buyumlar tayyorlaydigan kishilar uchun esa jismlarning fazodagi holatini tasavvur qila olish qobiliyati yaxshi rivoj-langan bo‘lmog‘i kerak. Har qanday kasbda ham umumiy va maxsus qobiliyatlar birga qo‘shilib kelgan takdirdagina ishning muvaffaqiyati ta’minlanishi mumkin. Xo‘sh, agar kishida tanlangan kasb uchun zarur qobiliyatlarning hammasi bo‘lmasachi? Bunday holda ikki yo‘l bo‘lishi mumkin: yo tanlangan kasbni o‘zgartirish yoxud etishmayotgan yoki kam namoyon bo‘lgan qobiliyatlar o‘rnini qoplash yo‘llarini qidirib ko‘rish kerak bo‘ladi. Masalan, xotirada kamchilik bo‘lsa, muntazam ravishda har xil yozuvlar olib borish, kartoteka tuzish va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar bilan o‘sha etishmovchilik o‘rnini qoplash mumkin. Jismning fazodagi tasvirini tasavvur etishdagi kamchiliklarni to‘ldirish uchun hajmli modellardan foydalaniladi va hokazo. Qobiliyatning bo‘sh rivojlangan o‘rnini qoplash — bu odatdagi va zarur hodisa bo‘lib, agar kishi o‘z ishi sohasida chindan ham yuksak mahoratni egallashi kerak bo‘lsa, qo‘shimcha mashg‘ulotlar uning hayotida katta o‘rinni egallashi kerak. Maktabda olib boriladigan aktiv o‘quv faoliyati sizning har biringizga o‘z aqliy qobiliyatingizni va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to‘g‘ri fikrlashni, tafakkurning mustaqil va original bo‘lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilishni, aqliy teranlik va o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishni rivojlantirish imkonini beradi. Irodaviy sifatlarni, ya’ni: dadillik, qat’iyat, intizomlilik, o‘ziga va o‘z kuchiga ishonish, o‘zini idora qila bilish, og‘irvazmin bo‘lish singari fazilatlarni rivojlantiri shga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi birga qo‘shilib mehnatga bo‘lgan qobiliyatni ta’minlaydi. Mayllar. Shunday qilib, har bir kishi konkret faoliyat sohasida o‘z qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlarini shakllantirib hamda rivojlantirib, tanlanadigan kasbga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib bormog‘i kerak.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Kasb tanlashda qiziqishlar, mayllar, qobiliyatlar qanday rol o‘ynaydi?
2. Qobiliyatlar umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi, shularning farqini tushuntirib bering va misollar keltiring.
3. Qobiliyat o‘rnini qoplash deganda siz nimani tushunasiz?
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
Tartib raqam
|
Sinf
|
Sana
|
O‘TIBDO‘
(Imzo)
|
1
|
|
|
______________
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
MAVZU: KАSB TАNLАSHDАGI ОNGLILIK VА MUSTАQILLIK. YAXSHI KO‘RISH VA SEVGI TUSHUNCHALARI.
TAYANCH SO’ZLAR: Gigiyena, tikuv mashinasi, xavfsizlik qoidalari, jihozlar.
|
MAVZUNING QISQACHA TA’RIFI:
Amaliy, nazariy o’rganish va amalda qo’llay bilish, Qoidalar, atamalar, tushunchalarni yodlash
|
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI:
Metod: interfaol.
Shakl: nazariy, amaliy.
Vositalar:Tikuv mashinasi va qurollari, o’lchov asboblari, kompyuter, proektor, ekran, plakat, tarqatma material, test savollari.
Baholash: reyting ball.
|
DARS AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:
|
MAQSADLAR:
Ta’limiy: Mavzuni o’rgatish; dars jarayonida o’rganganlaridan foydalanib, mustaqil amalda bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy: Mavzu davomida o’quvchi fanga qiziqishini oshirish; boshqa fanga va hayotga bog’lash; ma’naviy, estetik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: Mavzu orqali kasbga yo’naltirish. Test bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish; erkin fikrlashga o’rgatish.
|
SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA
AMALGA OSHIRISH USULI:
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Umummadaniy kompetensiyasi
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi
Fanga oid kompetensiyalar:
1._____________________________ _______
2._____________________________ _______
3._____________________________ _______
|
Amalga oshirish usullari:
Mal‘umotnoma, darslik,
lug‘at, jadval, ensiklopediya,
internetdan mavzuga oid axbo-rotni ola bilish interaktiv testlar,
didaktik materiallar b/n ishlash
Nutqda matematik terminlarni savodli qo‘llay olish.
Guruhlarda va juftliklarda ishlash.
|
DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI
|
ISHNING NOMI
|
BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI
|
VAQT
|
1-bosqich: Tashkiliy qism
|
Salomlashish. Davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi.
|
3 min
|
2-bosqich: Refleksiya. Extiyojlarni aniqlash.
|
Mavzuga ta’luqli lig’atlar.
|
6 min
|
3-bosqich: Yangi mavzu bayoni
|
Amaliy va nazariy tushuntirish, Test savollari. Slayd.
|
20 min
|
4-bosqich: Mustahkamlash
|
“Aqliy hujum”
|
11 min
|
5-bosqich: Baholash.
Dars yakuni.
|
Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish
|
3 min
|
6-bosqich: Uyga vazifa
|
Nazariy ma’lumotlarni yodlab, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish
|
2 min
|
Mavzu: Kаsb tаnlаshdаgi оnglilik vа mustаqillik.
Yaxshi ko‘rish va sevgi tushunchalari.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarni kаsb tаnlаshdаgi оnglilik vа mustаqillik. Yaxshi ko‘rish va sevgi tushunchalari haqida gapirib berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.Tехnоlоgik hujjatlar va ulardan ishlab chiqarishda fоydalanish bo‘yicha ekologik tarbiyani shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida kаsb tаnlаshdаgi оnglilik vа mustаqillik. Yaxshi ko‘rish va sevgi tushunchalari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Mehnat faoliyatini boshlash uchun kasb tanlashda bu ishga ongli ravishda yondashmoq
va uni mustaqil ravishda hal qilmoq kerak.
Muayyan iqtisodiy tumanning xodimlarga bo‘lgan ehtiyoji, tanlanadigan kasb talablariga kishining qiziqishi, mayllari, qobiliyati, sog‘lig‘i muvofiq kelishi, konkret mehnat sohasida orttirilgan amaliy faoliyat tajribasi, mehnat sharoiti kabi muhim omillar hisobga olinsagina kasbni ongli ravishda tanlangan deb hisoblash mumkin. Kasb tanlashdagi mustaqillik deganda kishining bu sohadagi makcimal dahlsizligi, o‘zining tashabbuskorligi to‘la namoyon bo‘lishi tushuniladi. Lekin bu, siz ishni yaxshi biladigan, tajribali kishilarning nasihatlariga quloq solmasligingiz kerak, degan ma’noni anglatmaydi, albatta.Bunda eng avvalo oiladagi katta yoshli kishilarning fikrlari nazarda tutiladi. Basharti, kasb tanlash to‘g‘risidagi masalada sizning va ota-onalaringizning fikri bir joydan chiqsa, bu yaxshi, albatta. Mabodo bunday hamfikrlik bo‘lmasa, o‘z imkoniyatlaringizni chamalab, sizdan kattaroq yoshdagi kishilarning fikr mulohazalarini tahlil qilib ko‘ring. Shundan keyin o‘z tanlagan kasbingiz foydasiga ishonchli dalillar keltirib fikringizni o‘zgartirmaysiz yoki sizga bildirilgan etirozlar o‘rinli bo‘lsa, o‘z qaroringizni o‘zgartirasiz — bu masalani hal qilishda, albatta, o‘zingiz mustaqil bir fikrga kelishingiz kerak. Mustaqillikni o‘jarlik bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Mustaqil odam, o‘jar kishidan farqli o‘laroq, kimningdir unga beradigan maslahatlari o‘zini to‘g‘ri yo‘ldan adashtirib qo‘yadi, deb qo‘rqmaydi, u o‘sha maslahatlarning foydasini tushunadi, dono fikrlarni o‘ziga qabul qiladi, shosha-pisha bir xulosaga kelishni oylamaydi. Kasb tanlashda onglilik va mustaqillik odamning o‘z qiziqishi, qobiliyatlari, irodaviy sifatlariga o‘zi realistik baho berishini taqozo etadi. Bunday o‘z-o‘ziga baho berish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Shuning uchun fan o‘qituvchilarning, murabbiylarining fikrlariga quloq solish va amal qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki har bir pedagog sizning xulq- avtoringiz, ish faoliyatingizni kuzatib borib, qiziqishlaringiz, mayllaringiz xarakteringiz, qobiliyatingiz va mehnatga qay darajada tayyor ekaningiz to‘g‘risida hammadan ko‘ra yaxshirok fikr bildirishi mumkin. Ongli ravishda kasb tanlash degan gapning ma’nosi shuki, sizning har biringiz o‘z imkoniyatlaringizni jamiyatimiz ehtiyojlari bilan, uning axloqiy printsiplari bilan taqqoslab ko‘rishingiz kerak. Bunda faqat jamiyatning bugungi kundagi ehtiyojlari va imkoniyatlarinigina hisobga olish bilan cheklanibgina qolmay, shu bilan birga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga qaratilgan tadbirlarini nazardan qochirmaslik muhimdir. Mutaxassislarning bashorat qilishlariga qaraganda, sizning har biringiz o‘z hayotingiz davomida 5-6 marta kasbiy bilim va malakalarni yangilashingizga to‘g‘ri keladi. Buning uchun esa mustahkam poydevor umumiy o‘rta ma’lumot bo‘lishi kerak. Ayni mana shunda bilimlar tizimi har qanday kasbiy faoliyatning negizini tashqil etadi, umumiy qobiliyatlarni hamda kasbiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradi, o‘nlab turli mashg‘ulotlarning tushunarli bo‘lishini, mahoratni tez sur’atlar bilan o‘stirishni ta’minlaydi, agar zarur bo‘lsa faoliyat sohasini o‘zgartirish imkonini beradi.
|