Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Jizzax filiali “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasining
№18 –ilmiy seminari bayonnomasidan
KO‘CHIRMA
3.05.2022 yil. Jizzax shahri.
Qatnashdilar: kafedra professor-o‘qituvchilari S.X.Aliboyev,D.Jomurodov, O.A.Kayumov, J.T.Quvondiqov, M.Tojiyev, Sh.Ulug‘murodov, X.Umarov,A.Tojiyev
Kun tartibi:
1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasining magistranti Sh.Jumanov “9-sinf Informatika va axborot texnalogiyalari fanini o‘qitsh uchun onlayn platforma yaratish va undan foydalanish metodikasi” mavzusida olib borilgan ITI natijalari muhokamasi.
Ilmiy rahbar: p.f.f.d (PhD) Aliboyev Sobir Xolboyevich
ESHITILDI. Kun tartibidagi birinchi masalasi yuzasidan kafedra magistranti Sh.Jumanov so‘zga chiqib, “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan. 9-sinf Informatika va axborot texnalogiyalari fanini o‘qitsh uchun onlayn platforma yaratish va undan foydalanish metodikasi mavzusida ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra "9-sinf Informatika va axborot texnalogiyalari fanini o‘qitsh uchun onlayn platforma yaratish va undan foydalanish metodikasi" mavzu, maktablarda informatika fanini o‘qitishda electron platformalardan foydalanish bo‘yicha muhim ahamiyatga ega. Bu mavzu, maktablarda informatika fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanish va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazish dasturlarni ishlab chiqishga oid. Onlayn platforma yaratishda zamonaviy dasturlash tillaridan va frameworklaridan foydalaniladi.
Bu platforma orqali o‘quvchilar informatika fanidan o‘zlarinig bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yangi bilimlarni egallash uchun foydalaniladi.
Bu mavzu haqida o‘rganish va ishlab chiqarishda, kerakli dasturlarni ishlab chiqish uchun PHP dastrulash tili va Laravel web frameworklarini o‘rganish va ishlatish kerak.
O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish muammolari bo‘yicha rivojlanishining nazariy, nazariy-metodik va ijtimoiy pedagogik asoslari respublikamizning bir qator olimlari tomonidan o„rganilgan.
Jumladan, ta’limda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning nazariyasi va metodik masalalari quyidagi olimlar tomonidan o‘rganilgan: - uzluksiz ta’lim tizimida «Informatika va axborot texnologiyalari»ni o„qitishning ilmiy metodik muammolari M.Ziyaxodjaev, T.Azlarov, A.A.Abduqodirov, M.Aripov, A.B.Ahmedov, N.I.Taylaqov, R.Boqiev, B.Boltaev, U.Yuldashev, M.Mamarajabov, F.Zakirova, A.G’.Hayitov va boshqalar; - zamonaviy ta’lim tizimining metodologik asoslari U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, S.T.Turg’unov, A.R.Xodjabaev va boshqalar;
- pedagogik dasturiy vositalar va elektron o‘quv uslubiy adabiyotlar yaratish muammolari F.Zakirova, N.I.Taylaqov, A.G’.Hayitov va boshqalar. Mazkur ishlarda ta’lim jarayonini axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishda o„ziga xos usullardan foydalanish nazarda tutilgan. Lekin, bugungi kunga qadar mamlakatimizda orttirilgan tajribalardan ayon bo‘ldiki, zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida umumiy o„rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini nnovatsion ta’lim texnologiyalari uslublari va ulardan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar etarlicha deb bo‘lmaydi.
|