• Fanni o‘qitishning vazifalari
  • II. O‘QUV FANINING MAZMUNI (maqsadi va vazifalari)




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/15
    Sana23.05.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #251414
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Ishchi dastur Axb tiz loyiha 2023-2024-2-kurs

    II. O‘QUV FANINING MAZMUNI (maqsadi va vazifalari) 
    Fanni o‘qitishning maqsadi 
    – murakkab axborot tizimlarini yaratish va ularning 
    dasturiy ta’minotidagi hayot siklini boshqarish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash; 
    asosiy tizimli tushunchalar, xalqaro standartlar va amaliyotni o‘zlashtirish; murakkab 
    tizimlarni yaratish uchun tizimli yondoshuvni shakllantirish kabi masalalarni o‘rgatishdan 
    iborat.
    Fanni o‘qitishning vazifalari 
    – murakkab loyihalarni yaratish uchun tizimli 
    yondoshuvning kelajakdagi istiqbollarini hisobga olish uchun magistrantlarning 
    qobiliyatini, ana shu kelajakdagi jarayonlarni hisobga olish nuqtai nazaridan shakllan-
    tirishdan iborat. 
     
    Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan 
    uzviy ketma-ketligi 
    “Axborot tizimlarini loyihalash” fani o‘quv rejaning majburiy fanlar bloki bandiga 
    kiritilgan kurs hisoblanib, 70610201 – Kompyuter tizimlarining dasturiy ta’minoti 
    (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligiga qishki qabul qilingan magistrantlari 



    uchun 3-semestrda o‘qitiladi.
    Mazkur fan bakalavriat bosqichida hamda mutaxassislikda o‘qitiladigan “Kompyuter 
    ta’minoti”, “Kompyuter tizimlari”, “Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari”, 
    “Operatsion tizimlar”, “Axborot xavfsizligi”, “Oracle - berilganlar bazasini boshqarish 
    tizimi”, “Berilganlarning intellektual tahlili”, “Python dasturlash tilining Framework’ki 
    boʻlgan Django’da loyiha qurish”, “ERP tizimlarini maʼmuriy boshqarish” fanlariga 
    tayangan holda o‘rgatiladi, hamda magistrantlarning axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari, loyihalash, dasturlash sohasidagi bilimlarini chuqurroq o‘zlashtirilishida 
    muhim rol o‘ynaydi. Magistrantlarda bu fan bo‘yicha olingan bilim, quyi bosqichda 
    o‘qitilgan “Milliy g‘oya. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” “Fuqarolik jamiyati”, 
    “O‘zbekiston tarixi” hamda mutaxassislikda o‘qitilgan “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”
    fanlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashda samarali vosita bo‘lib 
    xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida predmetlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik va uslubiy 
    jihatdan uzviylik borligini anglatadi. 

    Download 0,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. O‘QUV FANINING MAZMUNI (maqsadi va vazifalari)

    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish