3
Fan/modul kodi
O‘quv yili
Semestr
ECTS - Kreditlar
MKIA1205
2023-2024
III
5
Fan/modul turi
Ta’lim tili
Haftadagi dars soatlari
Majburiy
O‘zbek/rus
4
1.
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaqil
ta’lim
(soat)
Jami
yuklama
(soat)
Axborot tizimlarini loyihalash
60
90
150
I. O‘QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY
TA’LIMDAGI O‘RNI
Ta’lim sohasida tub islohotlarning asosiy maqsadi jahon andozalari asosida bilimlar
berish va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. Magistratura 70610201 –
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
mutaxassisligiga o‘qitiladigan “Axborot tizimlarini loyihalash” o‘quv fani ham,
zamonaviy fanlardan hisoblanib, bo‘lajak malakali kadr egallashi kerak bo‘lgan bilimlar
va ko‘nikmalar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Mazkur Syllabus “Axborot tizimlarini loyihalash” fanining o‘quv dasturi asosida
tuzilgan bo‘lib, bugungi kunning zamonaviy bilimlari bilan yangilangan va qayta
ishlangan dastur bo‘lib, unda fanning nazariy va amaliy jihatlariga alohida e’tibor
qaratilgan.
“Axborot tizimlarini loyihalash” fani magistrantlar uchun, 3-semestrda o‘qitilishi
rejalashtirilgan. Dasturni amalga oshirish bakalavriat bosqichining o‘quv rejasida
rejalashtirilgan dasturlash asoslari, kompyuter ta’minoti, ma’lumotlar bazasi fanlaridan
olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
Axborot tizimlarini loyihalash fanida 15 ta mavzu bo‘lib, 30 soat ma’ruza, 30 soat
seminar mashg‘ulot hamda 90 soat mustaqil ta’lim va mustaqil ish rejalashtirilgan.