• Maqsad: 1)Ta’limiy:o’quvchilarga Slaydlarga musiqa va video joylashtirish haqida tushunchalar berish amaliy topshiriqlar berish va ko’nikmalar hosil qilish;
  • 3)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvur kengaytirish.
  • Dars usuli
  • Facebook kabi Instagramda
  • Instagram sahifalarini ko‘rib chiqish
  • Instagramda nashr etilgan xabarlar bilan tanishish
  • V. UYGA VAZIFA 1. Instagram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tishda Facebook akkauntidan foydalanish mumkinmi 2. Instagram tarmog‘ida brendni tanitish mumkinmi
  • Tasdiqlayman” 100-sonli maktab direktori




    Download 19.25 Kb.
    Sana28.04.2023
    Hajmi19.25 Kb.
    #54577
    Bog'liq
    8-sinf dars ishlanma (2)
    kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika, fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi

    Tasdiqlayman”
    100-sonli maktab direktori:
    ____________ S.A.Parpixodjayeva
    Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli maktabning
    amalyotchi talabasi Yunusov Jo‘raboy Zayniddin o‘g‘lining 8-sinflar uchun
    CMS PLATFORMALARI BILAN TANISHISH.”
    mavzusidagi
    DARS ISHLANMASI


    Maqsad:
    1)Ta’limiy:o’quvchilarga Slaydlarga musiqa va video joylashtirish haqida tushunchalar berish amaliy topshiriqlar berish va ko’nikmalar hosil qilish;
    2)tarbiyaviy:o’quvchilrni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynik kasbiga yo’naltirish;
    3)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvur kengaytirish.

    Dars turi:nazariy va amaliy

    Dars tipi:bilim,ko’nikma,malaka hosil qilish

    Dars usuli:noananaviy.
    Dars metodi:”Gugurt cho’pi ”

    Dars jihozi: electron resurslar, darslik, kompyuter, ekran




    1. Tashkiliy davr

    1. Salomlashish;

    2. Davomatni aniqlash

    1. Takrorlash

    “Gugurt cho’pi” metodidan foydalanib o’tgan mavzular mustahkamlandi.
    “Gugurt cho’pi” metodi quyidagicha olib boriladi:
    Bunda gugurtdan foydalaniladi ya’ni o’quvchilardan gugurt qutisidan o’zlari istagancha gugurt cho’pi olishlari talab etiladi va o’sha olgan gugurt cho’pi soni nechta bo’lsa o’tilgan mavzular bo’yicha shuncha ma’lumot aytishlari kerak bo’ladi.
    III. Yangi mavzuning qisqacha bayoni
    Instagram — foto va videolarni tasvirga olish yoki boshqa platformalar orqali yuklashimkoniyatiga ega ijtimoiy tarmoq. Shuningdek, unda foto va videolarni raqamli filtrlash (sifatini yaxshilash) imkoniyati ham mavjud.
    Instagram Kevin Systrom va Mayk Krieger tomonidan yaratilgan bo‘lib, bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan.
    Facebook kabi Instagramda profil ochgan foydalanuvchi o‘zining yangiliklar tasmasiga ega bo‘ladi. Instagram orqali qo‘yilgan rasm va video foydalanuvchi
    profilida namoyon bo‘ladi va do‘stlaringiz o‘z tasmasida Siz qoldirgan xabarlarni
    ko‘rib, ularga izoh qoldirishlari mumkin. Shuningdek, Instagram tarmog‘ida shaxsiy xabarlarni ham almashish mumkin.
    Ro‘yxatdan o‘tish
    1. Instagramning rasmiy manzili (https://www. instagram.com)ga kiring yoki mobil qurilmada ilovani ishga tushiring.
    2. Maydonlarga telefon raqamingiz yoki electron pochtangiz manzilini (1), to‘liq ismi sharifingizni(2) kiriting.
    3. Tarmoqdan foydalanish uchun login(3) va parolni(4) kiriting va uni eslab qoling.
    4. “Sign up” tugmachasini bosing (5).
    5. Facebook tarmog‘ida profil mavjud bo‘lsa, u orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin (6).
    Tarmoqdan foydalanish
    1. Instagramda ro‘yxatdan o‘tgandan keyin profil tahrir qilinadi, rasm qo‘yiladi, shaxsiy ma’lumotlar tahrir qilinadi, profil xavfsizligi ta’minlanadi va boshqa sozlovlar amalga oshiriladi (1).
    2. Instagramning xabarlar tasmasi orqali oxirgi qoldirilgan xabarlar, xususan, videorolik va tasvirlarni ko‘rib, ularga izoh qoldirish mumkin (2).
    3. Qidiruv maydoni yordamida do‘stlar, sahifalarni qidirib, ularga “Follow” orqali a’zo bo‘lish mumkin (3).
    4. Xabar almashish va shaxsiy xabarlarni yuborish uchun xabar yuboriladigan manzil, so‘ngra xabar kiritiladi (4).
    5. Instagram sahifangizga a’zo bo‘lganlar va “like” bosganlar haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin (5).
    6. Qiziqarli deb hisoblangan tasvir va videoxabarlar to‘plamini ko‘rib chiqish mumkin (6).
    Instagram sahifalarini ko‘rib chiqish
    1. Qidiruv yordamida topilgan sahifaga a’zo bo‘lish uchun “Follow” tugmachasi bosiladi (1).
    2. Instagram sahifasida nashr etilgan xabarlar soni (2), a’zolar soni (3), sahifa bog‘langan sahifalar soni (4) hamda sayt manzili (5) ko‘rsatilgan bo‘ladi.
    3. Instagram sahifasida nashr etilgan xabarlar bilan batafsil tanishish imkoniyati ham mavjud (6).
    Instagramda nashr etilgan xabarlar bilan tanishish
    1. Xabarlar tasmasi yoki sahifadagi xabarlar bilan tanishib, ularga izohlar qoldirish mumkin (5).
    2. Nashr etilgan xabarlarga “Like” (1), izoh (2) qoldirish, do‘stlarga yuborish (3) hamda saqlab qo‘yish (4) mumkin.
    3. Menyu yordamida a’zolikdan chiqish, xabarga qaytish, ulashish, xabar manzili nusxasini olish va boshqa amallarni bajarish mumkin (6).
    IV.AMALIY MASHG‘ULOT
    1. Instagram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘ting.
    2. Instagram tarmog‘ida shaxsiy profilingizga rasm o‘rnating va ma’lumotlar kiriting.
    3. Instagram tarmog‘ida do‘stlaringizni yoki turli loyihalarni yurituvchi sahifalarni qidirib toping, ularga a’zo bo‘ling.
    4. Instagram tarmog‘ining xabarlar tasmasi, qiziqarli tasvir va videoxabarlari bilan tanishib chiqing.
    5. Sizga yoqqan xabarlarga izoh qoldiring.
    V. UYGA VAZIFA
    1. Instagram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tishda Facebook akkauntidan foydalanish mumkinmi?
    2. Instagram tarmog‘ida brendni tanitish mumkinmi?
    3. Instagram tarmog‘ining Facebook, Telegram, Youtubedan farqli jihatlari nimada?
    Download 19.25 Kb.




    Download 19.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” 100-sonli maktab direktori

    Download 19.25 Kb.