• 1. Test topshiriqlarining qo‘llanishi
  • “tasdiqlayman”




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana15.12.2022
    Hajmi0.52 Mb.
    #35023
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    jismoniy tarbiya qo\'l to\'pi
    axborotlashgan, 7.2-Мавзу, Power Point Animatsion Effektlar, O’mir q wipsizligi p ninen o’zbetinshe jum slar temalar mazmun , 1-masala, 4-maruza, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A Fizika, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A, Mavzu Korporativ moliyaviy xatarlarni boshqarish, 1-mavzu- “Iqtisodiyot nazariyasi” faniga kirish. “Iqtisodiyot na, Ma’ruza. Sinxron mashinalarning tuzilishi va ishlash tarzi. Sinx, ariza, BOZOROVA MADINABONU BOBOMURODOVNA, Dilmurodova


    Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 
    faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarni oylik ustamalar to‘lash 
    orqali moddiy rag‘batlantirish maqsadida saralash test sinovini o‘tkazish 
    uchun jismoniy tarbiya fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi 
     
    Mazkur spetsifikatsiyaga amaldagi o‘quv me’yoriy hujjatlarga muvofiq 
    qo‘shimcha, o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilishi mumkin. 
    1. Test topshiriqlarining qo‘llanishi 

      Spetsifikatsiya Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim 
    muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarni jismoniy tarbiya 
    fanidan oylik ustamalar to‘lash orqali moddiy rag‘batlantirish maqsadida saralash 
    test sinovlarini o‘tkazish uchun o‘qituvchilarning bilim darajasini aniqlab berishga 
    mo‘ljallangan. 
     
    2. Test sinovi topshiriqlarining mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar: 
     
     Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlan darsliklar, o‘quv 
    qo‘llanmalar va oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan fan dasturi;
     Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim uchun 
    jismoniy tarbiya fanidan takomillashtirilgan o‘quv dasturi, darsliklar va o‘quv 
    qo‘llanmalar; 
     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi vaziri 
    jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘ridsida” 2022-yil 2-
    avgustdagi VM-425-son qarori;
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada 
    takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-
    noyabrdagi PQ-4884-son qarori. 
     
    3. Test sinovi topshiriqlarining mazmuni va tuzilishi.
    Jismoniy tarbiya fanidan test topshiriqlari tegishli vazirlik va idoralar
    tomonidan tasdiqlangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va fan dasturlari asosida 
    ishlab chiqiladi.
    Test topshiriqlari Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim 
    muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarni oylik ustamalar 
    to‘lash orqali moddiy rag‘batlantirish maqsadida saralash test sinovini o‘tkazish 
    uchun jismoniy tarbiya fani bo‘yicha tayyorgarlik darajasini aniqlab berishga 
    yo‘naltiriladi. Ular o‘qituvchilarda jismoniy tarbiya fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma 
    va malakalarini o‘zlashtirganlik darajasini sinovdan o‘tkazadi. 

    Download 0.52 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish