Pedagogik texnologiya - bu, amaliyotga samarani tadbiq etiladigan, tegishli tamoyillar asosida ishlab chiqilgan o‘quv jarayonning loyihasidir




Download 2.77 Mb.
bet8/121
Sana29.12.2020
Hajmi2.77 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121
Pedagogik texnologiya - bu, amaliyotga samarani tadbiq etiladigan, tegishli tamoyillar asosida ishlab chiqilgan o‘quv jarayonning loyihasidir.
3. Tizimlilik tamoyili

Pedagogik texnologiya, o‘quv jarayonining barcha elementlarini qamrab olishi bilan alohida ajralib turadi. Tizimlilik tamoyilining mohiyati shu bilan ifodalanadi. O‘quv jarayonining barcha elementlari, ularning o‘zaro bog‘liklik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi. Bunda o‘quv jarayonning barcha elementlari tuzilmasi, tashkil etilishi va faoliyati – talabalarni o‘qitishga rag‘batlantiradi.

Bu erda, o‘quv jarayoni va o‘qitish jarayoni tushunchalarini aniq ta’riflash zarurligini qayd etmoq, joizdir. Agar bu tushunchalarni ishlab chiqarish sohasi bilan solishtiradigan bo‘lsak, ular ishlab chiqarish jarayoni va texnologik jarayon tushunchalari bilan mos keladi. (1.3-rasm). Ishlab chiqarish jarayoni ikki qismdan – ishlab chiqarishni tayyorlash va texnologik jarayonlaridan iborat.

Ishlab chiqarishni tayyorlash qismida - ishlab chiqarilishi ilmiy tadqiqot jihatdan asoslash masalalari echiladi, mahsulotlarni tayyorlashning konstruktorlik va texnologik hujjatlari tayyorlanadi, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar bajariladi.

Ishlab chiqarishning texnologik jarayonida - mahsulotni tayyorlash bo‘yicha texnologik operatsiyalar bajariladi.

Ishlab-chiqarish jarayoniga o‘xshab, o‘quv jarayoni ham ikkita qismdan – o‘quv jarayonini tayyorlash va o‘qitish jarayonlaridan iborat.

O‘quv jarayonini tayyorlash qismida – o‘quv jarayoni grafigi va ishchi o‘quv reja ishlab chiqiladi, mashg‘ulotlar jadvali tuziladi, fanning ishchi o‘quv dasturi, o‘quv uslubiy materiallar va boshqalar ishlab chiqiladi. O‘qitish jarayoni qismida – bilimlar, malakalarga ega bo‘lish va ular sifatini baholash amalga oshiriladi.

4. Maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili.

O‘quv jarayoni maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Maqsad ham qonun kabi odamning xarakteri va harakat usulini aniqlashi zarur. Buning uchun o‘rnatiladigan maqsad, aniq va o‘lchaniladigan bo‘lishi shart. Bixeviorizm g‘oyalariga tayangan, pedagogik texnologiya aynan shu bilan farq qiladi. Psixologiyada bu yo‘nalishning xususiyati – organizmni qo‘zg‘atishga bevosita bog‘liqligini shak shubhasiz tan olish va uni bu qo‘zg‘alishga undashdan ibortdir.








Download 2.77 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121




Download 2.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiya - bu, amaliyotga samarani tadbiq etiladigan, tegishli tamoyillar asosida ishlab chiqilgan o‘quv jarayonning loyihasidir

Download 2.77 Mb.