• Texnologik qism
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Texnologik qism




    Download 0.82 Mb.
    bet1/16
    Sana16.12.2023
    Hajmi0.82 Mb.
    #120639
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Ammofos
    Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.




    MUNDARIJA






    Kirish




    I

    Nazariy qism




    1.1

    Ammoniy fosfatlar va ammofos ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy xususiyatlari




    1.2

    Monoammoniyfosfat va diammoniyfosfat ishlab chiqarish




    1.3

    Ammofosfat ishlab chiqarish nazariyasi va texnologiyasi




    II

    Texnologik qism




    2.1

    Ammofos ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemasi




    2.2

    Ammofos ishlab chiqarish jarayonining moddiy balansi




    2.3

    Ammofos ishlab chiqarish jarayonining issiqlik balansi




    III

    Hayot faoliyati xavfsizligi







    Xulosa







    Foydalanilgan adabiyotlar





    KIRISH
    Ayni vaqtda mamlakatiniz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tabora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tanoillarnini ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
    Ushbu qonun xujjatlarida keltirilgan manbalarga asoslanib Markaziy Qizilqum fosforitlari Afrika-Arab xududlardagi yirik fosforit konlariga o’xshash donador turlarga kiradi. Fosfat xom ashyosi zahirasi 100% P2O5 hisobida 40,5 tonnani tashkil etib, O’zbekiston Respublikasini fosforli o’g’itlarga bo’lgan talabini 95 yildan ortiq qondira oladi [1].
    Shuni alohida aytish joizki, Qizilqum fosforitlari tarkibidagi asosiy komponent hisoblanmish fosfor bo’yicha past navli rudalarga tegishlidir. Ruda tarkibida ko’p miqdorda karbonatli birikmalar (kalsiy moduli – CaO:P2O5=2,85), gilli minerallar va organik moddalar mavjud. Qizilqum fosforitlarini qazib olishda undagi asosiy komponent fosforning konsentratsiyasini samosval-radiometrik usul yordamida aniqlashda fosforitlar bir necha navlarga bo’linadi. O’ta past navli ruda bu minerallashgan massa bo’lib, undagi P2O5 miqdori 10-12% tashkil etadi va ayni kunda chiqindi sifatida tashlab yuborilyapti.
    Yuqori konsentratsiyali fosforli o’g’it - ammofos olish uchun Qizilqum fosforitlari boyitilishi zarur. Bugungi kunda Navoiy tog’ - metallurgiya kombinatida fosforitning 19,5-20,5% va undan baland P2O5 tutgan yuqori navli qismi zarrachalari aniq bir o’lchamga keltirilguncha quritiladi va maydalaniladi, so’ngra esa klassifikatsiyalanadi. Keyin fosforit uni quruq boyitish usuli yordamida 21-22% P2O5 gacha kontsentrlanadi. Quruq usulda boyitilib chiqqan fosforit uni o’choq bo’limiga yuboriladi va bu yerda u 850-900oC haroratda kuydiriladi. Natijada uglerod dioksidi 85-90% chiqib ketadi, organik moddalar esa to’liq yonib ketadi. Kuydirish jarayonidan keyin hosil bo’lgan termokonsentratdagi fosfor miqdori 24-25% ga yetadi, biroq CaO: P2O5 nisbati – yuqoriligacha (2,05-2,10) qoladi. 2014 yildan hozirgi kungacha Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida unumdorligi yiliga 716 ming tonna termokonsentrat chiqaradigan kuydirish qurilmasi ishlab turibdi. Boyitish texnologiyasining murakkabligi hamda issiqlik va energetik harajatlarning yuqoriligi sababli fosforit konsentrati, shuningdek undan olinadigan fosforli o’g’itlarning tannarhini sezilarli oshishiga olib kelyapti.
    Bugungi kunga kelib yiliga 716 ming tonna kuydirilgan konsentrat va 200 ming tonna atrofida fosforit uni mos ravishda ammofos, suprefos, ammoniy sulfatfosfat, nitrokalsiyfosfat va oddiy superfosfat o’g’itiga qayta ishlanayapti. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligining fosforli o’g’itlarga bo’lgan talabi 518,27 ming tonna 100% li P2O5 ni tashkil etadi. Kimyoviy korxonalar:
    «Ammofos-Maksam» AJ, «Qo’qon superfosfat zavodi» AJ, «Samarqandkimyo» AJ 146 ming tonna atrofida 100% li P2O5 hisobidagi o’g’it ishlab chiqaradi. Bu miqdor qishloq xo’jaligi talabining 25% ini tashkil qiladi va Olmaliq shahridagi
    «Ammofos-Maksam» AJ kuydirilgan foskonsentratning yetishmasligi sabab to’la quvvatda ishlamayapti.
    Katta miqdordagi mergel va kabonat (minerallashgan massa) jinslari yuqori bo’lgan past navli fosforitlar chiqindi sifatida atrofga yig’ilib bormoqda. Kelajakda Qizilqum fosforit kombinatining kengayishi hisobiga qazib olinayotgan ruda miqdori 4000 tonnaga yetadi. Albatta buning natijasida past sifatli fosforitlar hajmi ortib boradi.
    Ammofos olishda bug’latish uchun katta miqdorda issiqlik sarf qilinadi. EFK ammoniylashda chiqayotgan issiqlikni dastlabki xomashyoni bug’latishga sarflanishi ushbu issiqlikni tejashga imkon yaratadi.
    bo’lib, natijada, tayyor mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi.
    Ma’lumki, fosfatlarni kislotali qayta ishlashning o’ta jadal va istiqbolli usullaridan biri fosforitlarni azot kislotada parchalash hisoblanadi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, fosforitlarni azot kislotali qayta ishlashda undagi vodorod ioni fosfat mineralini parchalashda foydalanilsa, anion esa mahsulot tarkibida azot ko’rinishidagi kerakli ozuqa komponenti sifatida qoladi.
    Qizilqum fosforitlarini azot kislotali parchalashga bag’ishlangan ishlar atigi bir nechadir. Ma’lum bo’lgan usullar yordamida kompleksli o’g’itlar olishda asosan termo- va kimyoviy boyitilgan fosforit konsentratlari va azot kislotasidan foydalaniladi. Azot kislotali eritmadagi CaO:P2O5 nisbatini kamaytirish uchun kalsiy muzlatish yo’li bilan ajratib olinadi.
    Berilgan ushbu ishlarning asosiy kamchiligi texnologiyaning murakkabligi, uchinchi ozuqa komponenti kaliyning yetishmasligi va qimmatli fosforit konsentratining qo’llanilishi bo’lib, o’g’it tannarxining oshishiga olib keladi.
    Ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekiston hududidagi qishloq xo’jalik ekinlarining biologik xususiyatlari va tuproq turlarining xilma-xilligi o’g’itlar assortimentlaridagi azot, fosfor va kaliylarning turli xil nisbatlarining zarurligi bilan tushuntiriladi. Bir vaqtning o’zida azot-fosfor-kaliy o’g’itlarini tuproqqa berishda ularni tashishga ketadigan harajatlar kamayadi.




    1. Download 0.82 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.82 Mb.